Korxonada dispetcherlik faoliyatini tashkil etish. Ishlab chiqarishni boshqarish bo’yicha barcha joriy ishlar korxonaning ishlab chiqarish dispetcherlik bulimi (smena dispetcheri va operatorlar) tomonidan amalga oshiriladi. Dispetcherlik xizmatining tashkiliy tuzilishi ishlab chiqarish turi, tavsifi va kulamiga ishlab chiqarish strukrurasiga boglik. Yirik korxonalarda dispetcherlik xizmati ishlab chiqarish bo’yicha direktor urinbosariga buysunishi mumkin. Shuningdek, xar bir tsex yoki boshka struktura birliklarida dispetcherlik apparati bulishi jarayonlarni uz vaktida muvofiklashtirish va tartibga solishni ta’minlaydi.
Dispetcherlik xizmati faoliyatining samaradorligi korxonadagi kommunikatsiyalar samaradorligiga , ya’ni jarayon to’g’risida tezkor, anik va ishonchli ma’lumotlarni uz vaktida va kerakli joyga etkazilishini ta’minlashga boglik. Boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi kullanilayotgan korxonalar samarali dispetcherlik xizmatini tashkil etishlari mumkin.
Xulosa kilib aytish mumkinki, ishlab chiqarish dasturini tula kulamda va belgilangan muddatida bajarilishiga erishish - jarayonlarni doimiy ravishda va tezkor boshqarishni talab kiladi va bu jarayonlar menejmenti samaradorligini ta’minlashda asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |