1-Мавзу: Фаннинг мавзуи, максади ва вазифалари
utish joyi X jarayon R jarayoni V jarayoni utish joyi
Download 465.5 Kb.
|
4-Jarayonlar-menejmenti-2005-oquv-qollanma-A.-Sotvoldiyev-A.-Toxtaboyev
utish joyi
X jarayon R jarayoni V jarayoni utish joyi T jarayoni D jarayoni O jarayoni M jarayoni 5-chizma.Ishlab chiqarishni operatsiyalar bo’yicha joylashtirishning tipik ko’rinishi. Potokli (okim bo’yicha) joylashtirish xar bir mahsulot bir xil ishlov berish jarayonlaridan utadigan ommaviy ishlab chiqarishda yoki uzluksiz ishlab chiqarish tizimlarida kullaniladi. Ishlab chiqarish resurslari tayyor mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur operatsiyalarga mos xolda ishchi urinlari ketma-ketligi ko’rinishida joylashtiriladi(6-chizma). Bunga misol kilib yiguv liniyasini kursatish mumkin. Bu turdagi joylashtirishda asosiy muammo - ishchi joylariga ish xajmini to’g’ri taksimlashdan iborat, aks xolda "tor joylar" yuzaga kelishi mumkin. Ish joyi Ish joyi Ish joyi Ish joyi Ish joyi Ish joyi 1 2 3 4 5 6 6-chizma. Okim bo’yicha joylashtirishning na’munaviy ko’rinishi.
Korxonalarni loyihaliashtirish jarayoni bir necha bir-biriga mantikiy boglik bosqichlardan iborat. Bosqichlarni amalga oshirish ketma-ketligining buzilishi, to’g’rilanishi qimmatga tushuvchi ishlab chiqarish xatolariga olib kelishi mumkin. Bu bosqichlar quyidagilarni uz ichiga oladi: 1. Birlamchi ma’lumotlarni to’plash. Loyihalashtiruvchi quyidagilar bo’yicha tulik va mukammal axborotga ega bulishi shart: a) korxonada joylashtirilayotgan ishlab chiqarish jarayonining planirovkasi (urnatilishi) sxemasi; b) ishlab chiqariladigan mahsulotning berilgan xajmi va assorti- menti;
v) kurilish maydoni va undagi barcha binolar to’g’risida ma’lumotlar g) kurilish me’yorlari xamda xavfsizlik texnikasi, atrof muxitni muxofaza kilishga oid me’yoriy xujjatlar; 2. Kuzda tutilgan unumdorlikni ta’minlash uchun zarur ishlab chiqarish resurslarining turi va mikdorini aniklash. 3. Xar bir ishlab chiqarish uchastkasi uchun zarur pol maydonini aniklash. 4. Uchastkalar orasidagi boglikliklar taxlili, ya’ni kaysi ish uchastkalarini ular urtasidagi materiallar yoki mijozlar xarakatlanishi yunalishiga kura yonma-yon, kaysilarini uzokrokka joylashtirish zarurligini aniklash. 5. 3- va 4-bosqichlar natijalariga asosan xar bir asosiy va yordamchi uchastkaning xajmi va urnini kursatgan xolda bosh komponovka (joylashtirish) ishlab chikiladi. 6. Xar bir uchastkada ishlab chiqarish resurslari, jixoz va asbob-us- kunalarning xar bir birligini anik joyini aniklash. Korxonani joylashtirish jarayoni juda kup omillarni xisobga olgan xolda amalga oshiriladi va kup xollarda "eng optimal" emas, "kelishilgan " echimga (karorga) kelinadi.
Download 465.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling