Ishlab chiqarishni donalab tashkil etish usuli quyidagi xususiyatlarga ega: mahsulotlarning kaytarilmas katta nomenklaturasi, nostandart, original detal va buginlarning katta ulushi, ishlar turi xilma-xilligi, yukori mexnattalablik, ishlab chiqarish davri davomiyligi uzunligi, kat’iy urnatilgan va namunalashtirilgan (tipizatsiya) texnologik jarayonlarning yukligi.
Donalab ishlab chiqarishda kuprok universal uskuna va jixozlardan foydalaniladi. Bunda unumdorlik ixtisoslashtirilgan (maxsus) uskunalar unumdorligidan pastrok buladi. Uskunalar stanoklar guruxlari bo’yicha joylashtiriladi va kupincha bir tekisda yuklatilmaydi, tugallanmagan ishlab chiqarish xajmi katta buladi. Bu ishlab chiqarish davrining uzayishiga olib keladi.
Donalab ishlab chiqarish samaradorligini oshirish detallar va birikmalarni unifikatsiyalash, operatsiyalarni ixtisoslashtirish (tiplashtirish), tez kayta sozlanuvchi, yukori unumli jixozlardan foydalanish orkali ta’minlanishi mumkin.
YUkoridagi usullar ishlab chiqarish turi, mahsulot nomenklaturasi, texnologik jarayon xususiyatlari va boshka omillarni xisobga olgan xolda tanlanib kullaniladi. Ishlab chiqarishni tashkil etish usuli pirovard natijada korxonaning texnik- iqtisodiy kursatkichlarini yaxshilashiga, mahsulotlarni reja bo’yicha uz vaktida ishlab chiqarishni ta’minlashga, tugallanmagan ishlab chiqarishni tartibga solish orkali aylanma mablaglar xarakatini nazorat kilishga olib keladi.
Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar:
Ishlab chiqarishni tashkil etish usuli moxiyati va turlari.
Ishlab chiqarishni tashkil etish usuli operatsion tizim quvvatlarini joylashtirishga va mexnatni tashkil etishga kanday ta’sir kursatadi?
Okimli ishlab chiqarishning xususiyatlari va uni tashkil etish.
Okimni tashkil etishni asosiy xisob kitoblari.
Do'stlaringiz bilan baham: |