1-Мавзу: Фаннинг мавзуи, максади ва вазифалари


Download 465.5 Kb.
bet57/94
Sana05.01.2022
Hajmi465.5 Kb.
#230403
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   94
Bog'liq
4-Jarayonlar-menejmenti-2005-oquv-qollanma-A.-Sotvoldiyev-A.-Toxtaboyev


partiyasidan kamrok.

  1. Ishlab chiqarish, sotish, tashish va iste’mol partiyalari teng,

lekin ish tartibi bir – biriga mos emas.

4. Etkazib beruvchi « tayyorla – ber » tartibida ishlaydi.

Mahsulotlar turib kolmasligi uchun bosqichlar bo’yicha partiyalarni tenglashtirish va ish jadvallarini sinxronlashtirish kerak.
8.1. Zaxiralarni boshqarishda kabul kilinadigan karorlar va xarajatlar

Zaxiralarning uch asosiy turi mavjud bulib, ular quyidagilardir:

1. Xom-ashyo, butlovchi qismlar va materiallar zaxiralari. Bu zaxiralarni shakllantirishdan maksad ularni sotib olish xajmi va ishlab chiqarishda foydalanish xajmi orasida zarur tuplam tayyorlash.

2. Ketma-ket ishlab chiqarish operatsiyalar orasida ma’lum tuplam tayyorlash uchun tugallanmagan ishlab chiqarish zaxiralari.

3. Operatsion tizimning unumdorligi va mahsulotni junatish yoki sotish tezligi urtasida zaruriy tuplam (bufer) tayyorlash uchun tayyor mahsulotlar zaxiralari.

Ushbu tuplamlar operativ moslashuvchanlikni ta’minlaydi. Xususan, zaxiralarning mavjudligi tizimning mahsulotlariga talabning yukori bulgan takdirda xam materiallarni sotib olish va tovarlarni ishlab chiqarishni iqtisodiy jixatdan manfaatli xajmlarda amalga oshirish imkonini beradi.

Zaxiralardagi materiallarni sarflash odatda, ularga bulgan talab yoki foydalanish tezligi bilan belgilanadi. Zaxiralarni boshkaruvchi shaxs e’tiborni materiallarni zaxiralarga kelib tushishini boshqarishga karatish lozim.

Xar kanday zaxiralarni boshqarishda doimo ikki xil karor kabul kilishga to’g’ri keladi:

1. Zaxiralarni tuldirish uchun buyurtma berish vakti to’g’risidagi karor.

2. Buyurtmaning mikdori (xajmi) to’g’risidagi karor.

Zaxiralarni boshqarishda kabul kilinayotgan karorlar ishlab chiqarish xarajatlarining turt turiga ta’sir etadi:

1.Sotib olinayotgan ne’matlarning kiymati. Bunda sotib olish baxolaridan chegirib berilishi mumkin (skidka), agar

a) bir buyurtma bo’yicha olinayotgan mahsulotlar mikdori kup bulsa;

b) buyurtma berilayotgan yil mavsumiga karab;

2. Buyurtmani rasmiylashtirishga ketgan xarajatlar.Bularga shuningdek, yuklarni tashtb keltirish va kabul kilish bilan boglik xarajatlar kiradi.

3. Moddiy-texnika zaxiralarini saklash bilan boglik xarajatlar.

4. Zaxiralarning yukligi (tugashi) bilan boglik xarajatlar. Bunga ishlab chikrish uchun zarur material, detallar yoki boshka resursning yukligi sababli yukoilgan ishlab chiqarish vakti va ishdan tashkari vaktlarda ishlash xarajatlari yukotilgan ishlab chiqarish xajmi va mijozlar kiradi.

YUkoridagilardan kurinib turibdiki, moddiy- texnika zaxiralarini boshqarish tashkilot uchun muxim axamiyatga ega. U bevosita marketing, moliyalashtirish va operatsion funksiyaga ta’sir kursatadi.



Download 465.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling