1-Mavzu: Farmakologiya fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Dori vositalari xaqida tushuncha. Dorilarning boshqa omillar bilan uzaro munosabati. Dorilarni dozalash. Reja


Download 159.51 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.11.2020
Hajmi159.51 Kb.
#143235
Bog'liq
1. maruza


1-Mavzu: Farmakologiya fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Dori  vositalari xaqida 

tushuncha. Dorilarning boshqa omillar bilan uzaro munosabati. Dorilarni dozalash. 

Reja: 

1.1 Farmakologiya fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. 

1.2.Dori  vositalari xaqida tushuncha. Dorilarning boshqa omillar bilan uzaro munosabati. 

1.3.Dorilarni dozalash. 



Tayanch iboralar: Farmakologiya,dori  vositalari, doza 

 

1.1Farmakologiya fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. 

Farmakologiya tibbiy-biologik fan bo`lib, tibbiyot va farmatsiya bo`yicha mutaxassislarni 

tayyorlashda asosiy fanlardan biri xisoblanadi. 

Farmakologiya  lotincha  so`zlardan  olingan  bo`lib,  (pharmacon-dori,  logos-ta'limot,  fan) 

dorilar  to`g`risidagi  ta'limot,  fan  ma'nosini  beradi.  Lekin  xozirgi  zamon  farmakologiyasining 

bunday  ta'riflanishi  mutlaqo  etarli  emas,  chunki  uning  tub  zamirida  keng  ko`lamli  maqsad, 

vazifalar va tushunchalar yotadi. Ular asosan quyidagilardan iborat: 

 farmakologiya turli kimyoviy va boshqa moddalarning, shu jumladan dori vositalarining ham tirik 

hayvonlar  va  odam  organizmiga  ta'sirini,  shu  tufayli  ular  organizmida  sodir  bo`ladigan 

o`zgarishlarni tadbiq etadi, o`rganadi; 

-ushbu o`zgarishlarning kelib chiqish sabablarini yoki kimyoviy moddalar ta'sirining mexanizmini 

aniqlaydi va ilmiy tomondan tushuntiradi; 

- yangi dori moddalarini yaratish, tekshirishdan o`tkazish, o`rganish va ularni tibbiyot amaliyotiga 

joriy etish bilan shug`ullanadi; 

- dori vositalari yordamida bemorlarni davolash va kasalliklarni oldini olish bilan bog`liq bo`lgan 

turli masalalarni (dozasi, yuborish yo`li va boshqalar) xal qiladi. 



 

1.2. Dori  vositalari xaqida tushuncha. Dorilarning boshqa omillar bilan uzaro 

munosabati. 

Dori vositalarining tanaga ta'siri turli tashqi va ichki omillarga ko`p tomondan bog`liq. 

Tashqi  omillarga  dori  moddasining  kimyoviy  tuzilishi,  fizik-kimyoviy  va  farmakologik 

xossalari,  shakli,  dozasi,  yuborish  yo`li,  ovqat  bilan  munosabati  va  xakozolar  kiradi.  Ichki 

omillarga esa odamning yoshi, jinsi, fiziologik yoki patologik xolati  va boshqalar misol bo`la 

oladi.  Ushbu  omillarning  ayrimlari  to`g`risida  so`z  yuritiladi,  chunki  ularning  bir  qismiga 

(doza,  yuborish  yo`li,  ovqat  bilan  munosabati  va  b.)  kitobning  oldingi  bandlarida  to`xtab 

o`tilgan. 

Dori  vositalari  ta'sirining  namoyon  bo`lishida  yoshning  axamiyati  katta.  Yosh  bolalarning 

tanasi  ko`pchilik  dori  vositalariga  o`ta  sezuvchandir.  Ayniqsa,  markaziy  nerv  tizimiga  ta'sir 

etuvchi dorilarning kuchi  yuqori bo`ladi.  Ayrim  dori vositalari (yurak  glikozidlari, atropin  va 

b.) samarasi esa yaxshi bilinmaydi. Bunday xolatlar bolalarning ichki a'zolari va tizimlari to`la 

darajada  shakllanmagani  bilan  tushuntiriladi.  Bu  masalalarni  o`rganish  va  taxlil  etish  bilan 

farmakologiya  fanining  tarmog`i  bo`lgan pediatriya  farmakologiyasi shug`ullanadi.  Bolalar 

uchun  dori  vositalarini  dozalanishi,  ularning  yoshga  qarab  berilishi  va  farmakoterapiyaning 

boshqa tomonlarini ushbu fan yo`nalishi o`rganadi. 



Perinatal  farmakologiya esa  homilaning  24  xaftadan  to  tug`ilguncha,  shuningdek,  4 

haftagacha  bo`lgan  chaqaloqlik  davrida  dori  vositalarining  ta'sir  xususiyatlarini  o`rganadi. 

Chunki  xomiladorlikning  oxirgi  trimestri  va  bir  oygacha  bo`lgan  chaqaloqlarda  dorilarga 

sezuvchanlik boshqalardan keskin farq qiladi. 

Katta yoshdagilarda (60 yoshdan yuqori) ham turli dori vositalariga  sezuvchanlik o`zgaradi. 

Chunki ularning tanasida modda almashinuvi, ichki a'zolar (jumladan, jigarning ham) faoliyati 

va  boshqa  fiziologik  jarayonlar  zaiflashgan  bo`ladi.  Ayniqsa,  uxlatuvchi,  antigipertenziv, 

qustiruvchi dori preparatlarining ta'siri ancha  kuchayadi va turli oqibatlarni keltirib chiqaradi. 

Bu  yoshdagi  shaxslarni  dori  vositalari  bilan  davolash  va  boshqa  masalalar  bilan  geriatrik 

farmakologiya  shug`ullanadi.  Bu  masalalarga  dorilarni  dozalanishi,  katta  yoshlilarga  tavsiya 



etilishi  yoki  monelik  qiluvchi  xolatlar,  dorilarning  asoratlari,  uning  oldini  olish  va  bartaraf 

etish kabilar kiradi. 

Ayrim dori vositalarining ta'sir etish samarasi  ayollar organizmida boshqacharoq tus olishi 

aniqlangan. Umuman olganda ayollar bir qator dori vositalariga (masalan, strixnin, nikotin, etil 

spirti  va  boshqalar)  nisbatan  yuqoriroq  sezuvchanlikka  ega.  Bunday  xolat  dorilar 

metabolizmining sustroq bo`lishi bilan bog`liq deb taxmin qilinadi. 

Yuqorida qayd etilganlardan tashqari, ichki a'zolar va tizimlarning fiziologik yoki patologik 

xolatlari  ham  dori  vositalari  samarasini  namoyon  bo`lishida  ahamiyatlidir.  Shunday  dori 

vositalari  borki,  ularning  farmakologik  ta'siri  fiziologik  faoliyati-qo`zg`aluvchanligi 

susaygandagina aniq  yuzaga chiqadi. Masalan, kofeinning markaziy nerv tizimiga, chunonchi 

nafas markaziga rag`batlantiruvchi ta'siri bu tizim yoki markaz faoliyati susayganda kuchliroq 

namoyon bo`ladi. 

Bir  qator  dori  vositalarining  farmakologik  ta'siri  ko`proq  patologik  xolatlardagina  yuzaga 

chiqadi. 

Masalan, 

yurak 


glikozidlarining 

kardiotonik 

ta'siri 

yurak 


faoliyatining etishmovchiligida,  dekompensatsiya  davrida  (gemodinamikaning  yomonlashishi, 

shishlar paydo bo`lishi va b.) aniqroq bilinadi. Aspirinning isitmani tushiruvchi ta'siri ham tana 

xarorati ko`tarilgandagina namoyon bo`ladi. 

Ayrim  dorilarning  ta'siri  irsiy  omillarga  ham  bog`liq.  Masalan,  tanada  irsiy  kamchilik-

xolinesteraza  fermentining etishmasligi  tufayli  antixolinesteraz  preparatlarning  kor  etishi 

kuzatilmaydi  (prozerin,  galantamin  va  b.),  miorelaksant  (tana  mushaklarini  bo`shashtiradigan) 

ditilinning ta'siri esa uzayadi. Muayyan irsiy kamchiliklarda ayrim dorilarning ta'siri boshqacha 

tus olib, kutilmagan reaktsiyalar kuzatiladi (idiosinkraziya). Masalan, bezgakda ishlatiladigan 8-

aminoxinolin  unumlari  irsiy  enzimopatiyalari  bo`lgan  odamlarda  eritrotsitlar  gemolizini 

chaqirishi  mumkin  (glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza  fermentining etishmasligi  gemolitk  ta'sirga 

ega  xinonni  xosil  bo`lishiga  sabab  bo`ladi).  Dori  moddalariga  sezgirlikning  irsiy  omillarga 

bog`liqligini farmakogenetika o`rganadi. 



1.3. Dorilarni dozalash. 

Yangi  dori  vositalarini  yaratishda  farmakologik  moddalarni  tajriba  sharoitida  tekshirish 

jarayonida hamda tibbiyot amaliyotida davo uchun ishlatishda ular ma'lum bir miqdorda-dozada 

olinadi. Chunki dori vositalarining ta'siri, naf qilishi har tomondan ishlatilgan dozaga bog`liqdir. 

Olingan  dozaga  qarab  dori  vositalarining  ta'sir  kuchi,  muddati,  samarasi  va  ta'sir  turi  namoyon 

bo`ladi.  Masalan,  doza  ortishi  bilan  uning  ta'sir  latent  davri  (dori  qabul  qilingan  daqiqadan 

boshlab birinchi belgilar paydo bo`lgan vaqt oralig`i) ham qisqaradi. 

Dori  vositalari  og`irlik  (gramm-g,  milligramm-mg,  mikrogramm-mkg),  hajm  (millilitr-ml, 

osh qoshiq-15 ml, desert qoshiq-10 ml, choy qoshiq-5 ml, ryumka-50 ml, stakan-200 ml), ta'sir 

birliklari  (TB,  XTB)  bilan  belgilanadi.  Ayrim  suyuq  dori  vositalari  esa  tomchilar  bilan 

dozalanadi (1 tomchi suv 0, 05 ml ga teng).Ba'zilari esa tana vazniga (mg/kg), satxiga (mg/m

2



qarab o`lchanadi. 

Tajribalar va klinika sharoitida quyidagi doza turlari farqlanadi: o`ldiruvchi (letal), zaharli va 



terapevtik (davolovchi) dozalar. 

Yangi  dori vositalarini  yaratish  maqsadida turli  kimyoviy moddalarning o`ldiruvchi  dozalari 

(LD)  laboratoriya  hayvonlarida  aniqlanadi.  Letal  dozaning  asosan  ikki  turi  ma'lum:LD

100


 -

tekshirilayotgan moddaning shunday eng kichik miqdoriki, u hayvonlarga yuborilganida 24 soat 

mobaynida  ularning  100  %  nobud  bo`lishiga  olib  keladi.  LD

50 


-deb  50  %  hayvonlarni  nobud 

etadigan miqdoriga aytiladi. Ushbu doza turlari tekshirilayotgan kimyoviy yoki dori moddaning 

biologik  faolligini  ko`rsatkichlari  hisoblanadi  va  ular  asosida  dori  vositalarining  terapevtik 

(davolash) yoki samarali (effektiv) dozasi topiladi. Ko`pincha farmakologik moddaning samarali 

dozasi o`rtacha o`lim dozasining (LD

50

) 1:10, 1:20 qismini tashkil etadi (3-jadval). 



Kimyoviy moddaning yoki dori vositasining zaharli dozasi o`ldiradigan dozadan kam bo`lib, 

organizmga  yuborilganida  noxush  va  nojo`ya  o`zgarishlarga  sabab  bo`ladi,  uni  zaharlaydi.  Bu 

xolat  tibbiyot  amaliyotida  uchrab  turadi.  Ayniqsa,  dori  vositasini  dozasiga  e'tiborsizlik  bilan 

qabul  etish,  o`ziga  yoki  o`zgalar  joniga  qasd  qilish,  tibbiyot  xodimlarining  xatosi  tufayli  yoki 



organizmning doriga bo`lgan sezuvchanligining oshishi sababli zaharlanish yuz berishi mumkin. 

Masalan,  streptomitsin  preparatini  noto`g`ri  ishlatish  natijasida  eshitishning  yomonlashuvi, 

buyrak va jigar faoliyatining izdan chiqishii va b. 

Nazorat savollari 

1.  Zaharli doza deb nimaga aytiladi? 

2.  Perinatal farmakologiya deb nimaga aytiladi? 

3. 


Dori vositalarining tanaga ta'sir turlarini aytib berin? 

 

Foydalanilgan adabiyiotlar 



Xorij adabiyoti 

1.  Lippincott illustrated Reviews: Farmacology 6-Edition –KarenWhalen, Farm. D., BCPS – 

printedinChina.- 2015. – P.666 

2.  Author: Bullock, Shane, author. Title: Fundamentals of pharmacology / Shane Bullock, 

Elizabeth Manias. Edition: 7th edition. 

Asosiy adabiyotlar 

1.Maxsumov M.N., Malikov M.M. Farmakologiya. T. Ibn  Sino nash. 2006 y.  

2.Azizova S.S. Farmakologiya. T. Ibn Sino 2002 g. 

3.Xarkevich D.A. Farmakologiya. M. Meditsina 2005 y.  



Qo‘shimcha adabiyotlar 

1. 


Yunusxodjaev  A.  N.  Oslojnenie  lekarstvennыx  sredstv.  O‘zbekistondasog‘liqnisaqlash, 

2005, № 1.  

2. 

Samura B.A. va boshќalar Farmakoterapiya. Xarkov 2000 1-2 tom. 



3. 

VengerovskiyA. I. Leksiipofarmakologiidlyavracheyifarmatsevtov. M. 2006.  

4. 

Yunusxodjaev A. N. i dr. Gosudarstvennыy reestr lekarstvennыx sredstv i izdeliy 



meditsinskogo naznacheniya. T. 2004.  

5. 


Aliev.X.U. Farmakologiyadanma’ruzalarmatni. 2000.  

6. 


Yunusxodjaev.A.N.  i  dr.  Spravochnik  osnovnыx  lekarstvennыx  sredstv  Respubliki 

Uzbekistan. T. 1998 g. 

7. 

Klinicheskie  rekomendatsii  i  farmakologicheskiy  spravochnik.  Pod  red.  I.N.  Denisova, 



Yu.l.Shevchenko, F.G.Nazirova. M.2005 g.  

 

 

Internet saytlari 



1. 

http://www.ziyonet.uz

 

2. 

http://www.wikipedia.ru

 

3. 

http://www.chemist.com

 

4. 

http://www.himiki.ru

 

5. 

http://www.organicchem.com

 

6. 

http://www.rutrecker.org

 

 

Download 159.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling