102. 1. Endi nima qilsam ekan, – deya Otabek o‘z-o‘zidan so‘radi. 2. Qizcha o‘z-o‘zidan raqsga tushib ketdi.
3. O‘z-o‘zidan, mamlakat taqdiri hammani qiziqtiradi. Berilgan gaplardagi o‘z-o‘zidan so‘zining qaysi turkumga mansubligini izohlang.
A) har uchala gapda ham olmosh
B) 1-2-gaplarda olmosh, 3-gapda kirish so‘z C) 1-gapda olmosh, 2-gapda ravish, 3-gapda modal so‘z
D) 1-gapda olmosh, 2-gapda ravish, 3-gapda kirish so‘z
103. Ota-bobolarimiz hamisha astoydil olg‘a intilganlar. Ushbu gapda qo‘llangan ravishning ma’no turini aniqlang.
A) o‘rin ravishi; B) payt va holat ravishlari C) o‘rin va payt ravishlari D) holat, o‘rin va payt ravishlari
104. Hoshimjon maktabning nomiga e'tibor bermagan ekan. U nima qilishni bilmasdan ishlarni nomiga qilardi. Berilgan gaplardagi nomiga so‘ziga qaysi javobda to‘g‘ri izoh berilgan?
A) 1-gapda turlangan ot, 2-gapda ravish B) 1-gapda ravish, 2-gapda turlangan ot C) 1-gapda turlangan ravish, 2-gapda yasama ravish D) har ikkala gapda ham turlangan ot.
105. Kunduzi o‘ralashib yurganlardan qittay ham qolmagan. Ushbu gapdagi ravishlar sonini aniqlang.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
106. U bu xabarni eshitib, yarim kechasi otda yo‘lga tushibdi. Berilgan gap tarkibida qaysi so‘z turkumlariga oid so‘zlar mavjud.
A) ot, olmosh, fe’l, ravish, son B) ot, olmosh, fe’l C) ot, olmosh, fe’l, ravish D) ot, olmosh, fe’l son
107. 1. Salmon ota gapni uzoqdan boshladi. 2. Orqasiga qarasa, uzoqdan bir ho‘kiz uni to‘xtovsiz chaqirib kelyapti. Ushbu gaplardagi uzoqdan so‘zini izohlang.
A) birinchisida holat, ikkinchisida o‘rin bildiruvchi ravish B) har ikkalasida payt bildiruvchi ravish
C) birinchisida o‘rin, ikkinchisida holat bildiruvchi ravish D) har ikkalasida o‘rin bildiruvchi ravish
108. U bexosdan kelib, yigitning belidan oldi-da, chirpirak qilib uloqtirib yubordi, yigit gandiraklab borib tizzalab qoldi. Ushbu gapda qaysi turkumga mansub yasama so‘zlar mavjud?
A) ravish, fe’l, fe’l B) ravish, ot, fe’l
C) ravish, sifat, fe’l D) ot, fe’l
109. Odamlar baravariga qarsak chalishar, Alimardonning raqibini olqishlashardi.
Ushbu gapda qaysi turkumga mansub yasama so‘zlar mavjud.
A) ot, ot, fe’l B) ot, fe’l
C) ravish, ot, fe’l D) ravish, fe’l
110. 1. Partalarni nari-beri surdik.
2. Akbar nari-beri dars qildi. Ushbu gaplardagi nari-beri so‘zi haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri?
A) 1-gapda holat ravishi, 2-gapda o‘rin ravishi
B) har ikkala gapda holat ravishi
C) har ikkala gapda o‘rin ravishi
D) 1 -gapda o‘rin ravishi, 2-gapda holat ravishi
111. 1. Yaxshiyam, universitet yaqinda. 2. Yaqinda o‘qishni tugatadi. Ushbu gaplardagi yaqinda so‘zi haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri?
A) 1-gapda o‘rin ravishi, 2-gapda payt ravishi B) 1-gapda payt ravishi,
2-gapda o‘rin ravishi C) har ikkala gapda o‘rin ravishi D) har ikkala gapda payt ravishi
112. Shu payt uydan – yotog‘imizdan bolalar ham birin ketin ko‘zlarini uqalab, har yoqqa qarab tushib kela boshladi. Ushbu gapdagi ravishlar sonini aniqlang.
A) 4 B) 3 C) 2 D) 1
Do'stlaringiz bilan baham: |