1 Mavzu Fuqarolik jamiyati va o'quvchi yoshlarning fuqarolik madaniyati
Download 64.08 Kb.
|
1 Mavzu Fuqarolik jamiyati va o
1 Mavzu Fuqarolik jamiyati va o'quvchi yoshlarning fuqarolik madaniyati. Reja. 1 Kirish 1.1 Fuqarolik jamiyati haqida tushuncha va uning asosiy xususiyatlari. 1.2 Fuqarolik jamiyati to'g'risida Sharq va G'arb mutafakkirlarning qarashlari. 1.3 O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurish konsepsiyasining maydonga kelishi. 1.4 Fuqarolik jamiyati o'quvchi yoshlarning fuqarolik madaniyati. Tayanch tishunchalar: jamiyat, fuqarolik, davlat, fuqarolik jamiyati, asos, belgi, omillar, G'arb mamlakatlari, konsepsiya, O'zbekiston, fuqarolik madaniyati, model demokratiya, poydevor. Kirish. O'zbekiston Rebuplikasi mustaqillikni qo'lga kiritgan xalq va millat orzu-istaklari, umid va ehtiyojlari, manfaatlarini ifodalovchi, mehnatkashlarning huquq va erkinligi hamda mustaqilligini ta'minlovchi asoslangan mamlakat va xalqning milliy ravnaqini rivojlantirishga qodir-fuqarolik jamiyati barpo etishni strategik maqsad qilib belgilanadi. Chunonchi, fuqarolik jamiyati nazariy-metodologik manbalarda ta'kidlanishida mamlakatning fuqarosiga demokratik prinsiplarga asoslangan Erkin iqtisodiy va ijtimoiy siyosiy hayotini qurish imkonini berish kafolatlangan sotsial tizimidir. Fuqarolik jamiyati insoniyatning azaliy maqsadi, orzu-umidi, intilishi va kashfiyoti. Bu jamiyat kishilari har tomonlama barkamol, huquqiy va siyosiy ong bilan qurollangan, axloqiy madaniyatga tayanib yuritadigan bo'lmog'i lozim. Shundagina ular o'z orzu - istaklari maqsadlariga erishib, xoxish-irodalari doirasida erkin va farovon yashab adolatli, huquq ustuvor bo'lgan fuqarolik jamiyatini qurish, uni rivojlantirish baxtiga muyassar bo'ladilar. FUQAROLIK jamiyati haqida tushuncha va uning o'ziga xos xususiyatlari. Yangi barpo etilayotgan O'zbekistonda jamiyatni yangilash va modernizatsiya qilish, inson huquqlari va erkinliklarini hamda manfaatlarini ta'minlash, mamlakat oldida turgan strategik maqsad - kuchli demokratik huquqiy davlat qurush va fuqarolik jamiyati asoslarini rivojlantirishga qaratilgan. Zero, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati - inson sotsiumining mustaqil tizimi (M. Sharifxo'jayev) va yosh avlod fuqarolik madaniyatining obyekti asosidir. Shunday ekan dastavval fuqarolik jamiyatining mazmun-mohiyatini, o'ziga xos xususiyatlarini, asos belgilarini ko'rib chiqmoq maqsadga muvofiq. Chunki har bir fuqaro shu jamiyat a'zosi muayyan guruh va shu jamiyatning vakili hisoblanadi va uning faoliyati, shaxsi, xarakteri, xatti-harakatlari, hayot tarzi, odob-axloqi, manaviyati madaniyati shu guruh, jamoa ta'sirida tarkib topib rivojlanib boradi. Demak fuqarolik jamiyati jamoada to'nlangan fuqarolar g'oya maqsadli insonlar madaniyatidir. Darhaqiqat buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy ta'kidlaganidek, "Har bir inson o'z tabiati bilan shunday tuzulganki, u yashash oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko'p narsalarga muhtoj bo'ladi, u bir o'zi bunday narsalarini qo'lga kirita olmaydi, ularga ega bo'lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj sezadi... Shu sababli yashash uchun zarur bo'lgan kishilarni bir - birlariga yetkazib beruvchi va o'zaro yordamlashuvchi ko'p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o'z tabiati bo'yicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin. Bunday jamoa a'zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo'lgan narsalarini yetkazib beradi Shuning uchun inson shaxslari quyidagilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o'rnashadilar, natijada inson jamoasi vujudga keladi".Bunday insonlar jamoasi dastavval fuqarolarga nisbatan insoniylik prinsipini asos qilib oladi va tinch-totuv, ozod, erkin yashash orzusidagi faoliyat yurutadi. Bunday orzu - istak, tarixiy shart - sharoit, ijtimoiy - iqtisodiy hayot va ma'naviy - axloqiy prinsinlar ta'sirida o'z ifodasini topdi hamda insoniyat uchun ozodlik, erkinlik, qonunlar usutuvorligini ta'minlay oldi va har bir mehnatkashning tashabbuskopligi, bunyodkorligi, tadbirkorligini va layoqatini tan olgan xolos uning kamol topishiga ko'maklashadigan jamiyat sifatida shakllandi. Chunki insoniyat bunday jamiyatni barpo etishga muayyan tarzda muvaffaq bo'ldi. Va unga azaliy orzusi istak-xoxishi hisoblanib, insoniyat sivilizatsiyasining nodir kashfiyoti hisoblanadi. Zero, bu jamiyatda inson ijtimoiy - siyosiy jihatda faol, huquqiy bilimdon, ijodkor, tashabbuskor, tadbirkor, teran insoniy fazilat va etiqod egasi bo'lib rivojlanadi. Abu Nasr Farobiy Fozil odamlar shahri - Toshkent, Abdula Qodiriy nomidagi xalq maqola nashriyoti, 1993, 186 - bet. Ilmiy - nazariy va metodolgik manbalarning taxlili shundan dalolat beradiki jamiyatning kirish, turli tarixiy davrlarida jamiyat ilg'or kishilarning eng ezgu g'oyasi sifatida amal qilgan. Bu g'oya to'g'risida bir guruh olimlar, mutafakkirlar, Sharq va Garb mamlakatlarining noyob ijod durdonalari bu jamiyatni odamlani munosabatining birligi maxsuli sifatida targ'ib qilingan. Shu bois akademik M. Sharifxo'jayevning ta'biri bilan aytganday "Fuqarolik jamiyati insoniyat jamiyatining oliy ko'rinishi, oliy shakli". Shu o'rinda etirof etish joizki har qanday nazariy ta'limot, ilm - fan o'z mazmun - mohiyatiga ko'ra umumbashariydir. Chunki unda turli dunyo xalqlari hoh katta, hoh kichik xalq bo'lishidan qat'iy nazar o'z hissasini qo'sha olgan va shu xalqlar tomonidan rivojlantirilgan. Darhaqiqat fuqarolik jamiyatida buyuk mutafakkirlar tomonidan jamiyat a'zosi, mustaqil, ijodkor, ishbilarmon, tadbirkor, tashabbuskorlik kabi ijtimoiy - ma'naviy va axloqiy huquqiy fazilatlar egasi bo'lishi lozimligi ta'kidlangan. Biz bu faslda fuqarolik jamiyatining mazmuni moxiyatini, ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy xususiyatlarini to'liq va atroflicha yoritishdan yiroq bo'lgan xolda, uning asos belgilari va o'ziga xos xususiyatlarini qisqacha bayon qilishini maqsad qilib belgiladik. Fuqarolik jamiyati uning ana shu belgilari hamda o'ziga xos xususiyatlari, ushbu jamiyat to'g'risidagi g'oyalar va qarashlarda o'z ifodasini topgan Fuqarolik jamiyatining barpo etish unda erkin, mustaqil, ozod shaxs, fuqaro jamiyatida yashash o'z qobiliyati, bilimi, iqtidori, imkoniyatini to'liq namoyon etishi huquqga ega bo'lgan kishilik jamiyatining har bir iqtisodiy - tarixiy davrdagi ilg'or kishilarning orzu-umidi muddaosi bo'lgan Shu o'rinda e'tirof etish joizki, fuqarolik jamiyatining bazasi va # asoslashga qarashlar, uning iqtisodiy - huquqiy, ma'naviy-madaniy xususiyatlarini izohlashga bo'lgan qarashlar, intilishlar turlicha bo'lgan. Bu birinchidan o'sha davrning hukmron g'oyalari, qarashlari, mazmuni to'g'risidagi talqin bir g'oyaga huquq ustuborligini, adolat hukmronligi, fuqaro eekinligi va uning o'z hatti-harakati uchun javobgarlik, ma' suliyatini his qilishga asoslangan. Shu bois bu jamiyatda fuqarolarning ijtimoiy faolligini, axloqiy-huquqiy bilimdonligi, siyosiy va ma'naviy faolligi muhim ahamiyat kasb etib, fuqarolik jamiyatining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma'naviy rivojini ta'minlashga xizmat qilgan. Ma'lumki fuqarolik jamiyatida davlat o'z vazifalarini qat'iy va belgilab qo'yishi asosida fuqarolarning hayot kechirishi, faoliyati yuritish kerak bo'lgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy va ma'daniy huquq va erkinliklarini yo'lga qo'yadi. Bunda haqiqiy, demokratik va adolat huquq va hukmronlik qiladi. Bunday davlat hokimiyatidagi demokratiya, jamiyatda vujudga kelgan muayyan nodavlat tashkilotlar, jamg'armalarining rivojlanishiga keng yo'l va imkoniyatlarni yaratib beradi. Natijada davlatda turli ijtimoiy tuzulmalar maydonga kelib, davlat va fuqaro xavfsizligi, tartib-intizom, tashqi siyosat, qonunlar qabul qilish va ularning bajarilishini nazorat qilish jamoa tashkilotlari orqali amalga oshiriladi. Bunda fuqaroning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanib, ularni amalga qo'llash uchun barcha sharoit yaratiladi. Shu sabab fuqarolik jamiyatini insoniyatning noyob jamiyat o'z fuqarolarning ijtimoiy faol iqtisodiy va siyosiy erkin, ongli, bo'lgan shaxs va tashabbus bilan ishlaydigan, mas'uliyat, majburiyatini yuksak darajada anglagan ijtimoiy-siyosiy huquqlariga tayanib davlatning boshqaruv ishlariga faol ishtirok etadigan fuqarolar jamiyati hisoblanadi. O'zbekiston va MDH va xorijda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati g'oyasi to'g'risida nazariyachilar K.S. Gadjiyev, M.V.Il'in, N.I.Matudov, A. P. Kachetkov, A. B. Odenkova, I. A. Karimov, A. T. Azizxonov, O. Xabibullayev, U. Egamberdiyeva, G'. Nabiyev, S. Orifxo'jayev, M. Sharifxo'jayev , A. Jalolov, A. Qirg'izboyev Y. M. #, I. S Turov, # # va boshqalar huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini o'tmishdan tarixiy davlat va jamiyatga o'xshatsalarda, u o'zining mazmun-mohiyati, tuzulishi, xalqning orzu - istaklari, maqsad va muddaolarini o'zida ifodalashi, ijtimoiy ba'zisining har xilligi, kengligi, muayyan ijtimoiy kuchga tayanishi nuqtai-nazaridan hamda fuqarolar oldidagi majburiyati, mas'uliyati, uning kattaligi jihatdan demokratik, huquqiy bo'lmagan davlatdan farq qiladi deb ta'kidlaydilar. Bu farq insonlarning barcha talab larini insonparvarlik tamoyiliga asosalanganligi, ularning huquq va erkinliklarining to'la ta'minlanganligi, davlat va fuqarolarning bir-biri oldigagi javobgarlikni chuqur his etilgani, qonunlarning ustivorligi, davlat organlari, jamoat birlamalari mansabdor shaxslarning qonun doirasida ish ko'rishi lozimligini belgilaydi. Shu o'rinda e'tirof etish joizki, dunyodagi har bir davlat o'z tuzulmasi faoliyati, taraqqiyot yo'nalishi bo'yicha bir-biridan farq qiladi. O'zining ba'zisi va ustuqurmasiga ega bo'ladi. Shu sababli iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy qurilma bo'yicha bir-biriga o'xshash davlatni topish mushkul. O'zbekiston mamlakatida barpo etilayotgan demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati, o'zbek xalqi davlatchiligining bir necha ming yillik tarixiy an'analariga, uning ijtimoiy - iqtisodiy davrlardan asoslarga tayanayotganligini takidlab o'tish maqsadga yaqinroqdir. Tarixiy manbalardan ma'lumki, davlatchilik sohasida o'bekistonning ajdod-avlodlari o'zlaridan sezilarli darajada tarixda iz qoldira olganlar. Jumladan o'zbeklar hayotida Somoniylar (844-1005), Chig'atoy ulusi (1227-1370), Temuriylar davlati (1370 - 1506), Shayboniylar davlati (1500-1601),Ashtarxoniylar davlati (1601-1757),Mang'itlar davlati (1757-1920)-o'zbeklarning davlat sifatida shakllanishi va rivojlanganligini ko'rsatib, ijtimoiy - iqtisodiy hayot va tarraqiyotda muayyan iz qoldirgan hamda fuqarolik madaniyatining ayrim xususiyatlarini ifodalay olgan. Fuqarolik jamiyati tushunchasining ildizlari, ya'ni paydo bo'lishiga nazar tashlasak - u eng qadimgi dunyoga borib taqaladi. Mazkur tushunchani paydo bo'lishi erkin, siyosiy, huquqiy ongi rivojlangan davlat sifatida tavsidlanadi. Zero, fuqaro va fuqarolik haqidagi tasavvurlar bir-biriga yaqin va hamohangdir. Agar fuqaro har qanday inson ing muayyan davlatda yashab, oila, millat, xalq, davlat oldidagi burchi, majburiyatini his qiluvchi insonni anglatsa, fuqarolik - shaxsning muayyan davlat qaramog'ida bo'lishi, shu davlatning ichida ham, uning tashqarisida ham mansub ekanligini, shu mansublikning huquqiy hujjatlar orqali ta'minlanganligini anglatadi. Shunday qilib, fuqarolik jamiyati - bu adolatli, erkin fikrli fuqarolarning jamoasi bo'lib, insonlarning davlat boshqaruvida faol, keng ishtirok etishini, ijtimoiy - siyosiy va ma'naviy hayot sohasida konstitutsiyaviy me'yorlar, axloqiy - huquqiy qonunlar ustuvorliginining ta'minlanganligini, ularning inson manfaatlarini nazarda tutib faoliyat ko'rsatishlariga yo'naltirilgan murakkab ijtimoiy tizimdir. Bu jamiyatda yuksak ma'naviyatli, insonparvar, vatanparvar fuqarolar o'z shaxsiy manfaati va maqsadlarini demokratik va adolatli talabalardan ustun qo'ymaydilar. Shuning uchun bu jamiyatda qonun oldida barcha teng huquqli bo'ladi. Shunga ko'ra aytish mumkin-ki, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish uchun, avvalo davlat va unga tegishli bo'lgan subyektivlar, insititutlar, mahallalar, mehnatkashlar yagona maqsad yo'lida mehnat qiladilar. Shunga binoan fuqarolik jamiyati o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan kishilar jamoasi hisoblanadi. Bu jamiyatning o'ziga xos xususiyatlarini akademik M. Sharifxo'jayev o'zining "O'zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi" nomli kitobida quyidagicha tavsiflaydi: Odamlarning jamiyat ijtimoiy faolligi fuqarolik jamiyatining birinchi xususiyati. Ma'lumki, mamlakatning barcha sohasidagi mehnatkashlari jamiyatining iqtisodiy - siyosiy, ma'daniy-ma'rifiy, ma'naviy huquq-axloqiy ishlarda faol, ongli ishtirok etgan taqdirdagina jamiyat rivojlanishi tezlashadi, kuch-quvvat oladi, dunyo hamjihatligida o'ziga munosib o'ringa ega bo'ladi. Darhaqiqat, ijtimoiy jihatdan yetuk, iqtisodiy - ma'daniy dunyoqarashni keng o'z haq - huquqini to'la anglagan odamgina o'z aqliy zakovati va ma'naviy - axloqiy salohiyati yerdamida o'z kuchi va imkoniyatlarni to'la ishga solib, jamiyat hamda davlat pavnaqini tezlashtirishga yordam beradi. Jamiyatda insonning ijtimoiy faolligi, birinchi navbatda, uning shaxsiy intilishi, maqsad - muddaolarini amalga oshishiga yetuklik darajasiga ta'sir yetib, ikkinchi navbatda, uning fuqarolik burchi, ma"suliyatli, majburiyatini to'g'ri anglashga, qonunchilikka murosasiz bo'lishga undaydi. Mehnatkashlarning ijtimoiy faolligi bu a) faol tafakkur; b) faol e'tiqot ;v) faol dunyoqarash va ijodiy faoliyat demakdir. Milliy mustaqillik fuqarolarda bunday xususiyatlarning shakllanishi uchun barcha shar-shaoitlarni yaratib berdi. Fuqaro o'z qobiliyati, bilimi, iqtidorini ishga solib o'z aqliy zakovati va ma'naviy - axloqiy salohiyati hamda fuqarolik burchini takomillashtira oladi. Zero, faqat ma'naviyati yuksak, umuminsoniy qadriyatlar bilan boyitadigan mamlakatlarda, bunday huquqiy amaliyot qaror topadi. Shuning uchun bugungi kunda Yurtboshimiz SH. M Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "... Yosh avlodimizning grajdanlik pozitsiyasi va faolligini kuchaytish, uni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb hunarlarni puxta egallab xalqaro # raqobatga kirisha oladigan barkamol shaxslar etib tarbiyalash bo'yicha sezilarli ishla amalga oshirilmoqda" (Mirziyoyev. SH. M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng Oliy bahodir"- Toshkent, "O'zbekiston" NMNU 2018, 400 - bet. Fuqarolarning ijtimoiy faolligi ularning siyosiy ma'daniyati, huquqiy bilimdonligi, axloqiy savodxonligi, ma'rifiy zakovatini ham nazarga tutadi. Siyosiy madaniyat fuqarolarning ijtimoiy guruhlarga, tabaqalarga, mamlakatdagi mavjud partiyalarga, ichki va tashqi siyosatga jamoat tashkilotlariga, ommaviy axborot vositalariga bo'lgan faol munosabatini anglatsa, huquqiy bilimdonlik mavjud qonunlar mazmunini teran bilishni, haq-huquqlarini chuqur anglash va ularga rioya qilishni talab etadi. Axloqiy bilimdon jamiyatdagi axloqiy normalarini, axloqiy burch va mas'uliyatini, axloqiy ong va tafakkur egasi bo'lish bilan izohlanadi. Ko'rinib turubdiki, fuqarolarning ijtimoiy faolligi, birinchi navbatda, ongga dunyoqarashga ta'sir etib, jamiyatdagi o'rnini to'g'ri anglashga, burch va mas'ulyatini to'g'ri tushunib, uni jamiyat manfaatlari bilan uyg'unlashtirishga vatanparvarlikka, qay darajada erkin va ijodiy fikr yuritishga va ayni paytda ijtimoiy faollik, ma'lumotni aniq his qilishga ham da'vat etuvchi kuchdir. Fuqarolarning faolligi bu :a) faol tafakkur ;b) faol e'tiqod v) faol dunyoqarash va faoliyat demakdir. Barpo etilayotgan Yangi O'zbekiston fuqarolarning bunday xususiyatlarini shakllantirish va amalga oshirish hamda o'z imkoniyatlarni to'la namoyon etish uchun barcha shart-sharoitlarini yaratib bermoqda. Fuqaro o'z qobiliyati, bilimi, iqtidorini to'la namoyon etib o'z ma'naviyati, fuqarolik madaniyatini takomillashtirish imkoniyatiga ega fuqaro bu shart-sharoitlardan foydalanmay, men uchun boshqalar o'ylasin desa, u ma'naviy qashshoqlashadi. Chunonchi, faqat ma'naviyati yuksak millat umuminsoniy qadriyatlar ijtimoiy faollik bilan boyigan mamlakatlardagina bunday axloqiy, huquqiy amaliyot qaror topadi. Shuning uchun ham fuqarolik jamiyati faol, erkin, ozod fuqarolarga ehtiyoj sezadi. 2.Inson huquqlarining ustuvorligi - fuqarolik madaniyatining ikkinchi asosiy xususiyatlari hisoblanadi. Ma'lumki, inson tug'ulgan makon havosidan nafas olib, uning jo'shqin tabiati qo'ynida voyaga yetadi. Uning tafakkuri, dunyoqarashi shu makon odamlari tabiati ta'sirida shakllanadi va unga Vatan tuyg'usi, Vatan mehrim tushunchalari tarzida ruhiyatiga singib qoladi. Shunga ko'ra, Vatanni sevgan, har bir inson, har bir fuqaro o'z Vatanini ozod va erkin bo'lishini qalban istaydi, uning bosqichlariga, jaholatga, vayronkorlikka murosasiz bo'lib yashaydi. Ayni paytda shu Vatan, shu tuproq, shu el uning insoniy haq-huquqlarini himoya qiladi va uni asrab-avaylashga xizmat qiladi. Buning uchun jamiyatda inson huquqlari har jihatdan ustuvor bo'lmog'i lozim. Yozma arxeologik manbalardan keltirilgan ma'lumotlarga nazar solsak, eramizdan avvalgi ilk asrdan boshlab, o'zbek davlatchiligiga asos solingan va shu davrdan boshlab barcha jihatdan mukammal, ozod va obod bo'lgan adolatli jamiyat yaratish va bu jamiyat fuqarolarining haq-huquqlarini davlat ichkarisida ham, tashqarisida ham himoya qilish, qonunlarning xalqchil bo'lishi, zo'ravonlikka yo'l qo'ymaslik borasida ish olib bor ilgan va bu borada asarlar, kitoblar bitilgan. Inson huquqlarini himoya qilish, fuqarolarning jamiyatdagi nufuzini ko'tarish zardushtiylik dinida alohida e'tirof etilgan. Qonunlarning fuqaro huquqlarini himoya qilishiga asosiy kuch bo'lishiga alohida e'tibor qaratilgan. Ayniqsa, qonunlar uch tayanchga "fikrlar sofligi", "so'zning sobitligi", "amallarning qat'iyligi" ga asoslangan. Bu uch asosda tartibga soluvchi oyatlar, suralar bilan ziynatlangan. Islom dinining muqaddas kitobi Qur'oni Karimning 49-sura, 13 - oyatida barcha fuqarolarning ijtimoiy mavqei, dini, millati, tili, irqiy kelib chiqishidan qat'iy nazar teng huquqliligi e'tirof qilinadi: "Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havo)dan yaratdik hamda bir-biringiz bilan tanishinglar, (do'st birodar bo'linglar). Albatta sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog'ingiz va taqvodorligingiz, shuning uchun sizlarni turli-tuman xalqlar va qabila va elatlar qilib qo'ydik".# Bu insonlarning teng huquqliligi, bir-biridan ustun bo'lmasligiga ko'rsatmadir. Ayni paytda ushbu muqaddas kitob va muayyan hadislarda bitilishicha ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy mavqeidan qat'iy nazar insonlarning, birligi, bir - biriga birodarligiz, tengligi alohida qayt etib o'tilgan. Ularning biri ikkinchisidan ortiqcha emas, balki ortiq-kamlik taqvoga qarab belgilanadi"-deb qayt qilingan. Shunday qilib, zardushtiylik dinida ham, musulmon (Islom) dinida ham inson huquqlari shariat qonunlari bo'yicha odilona hal qilinib, ularda fuqarolarning erk va huquqlarining daxlsizligi qat'iy belgilab qo'yilgan, qonunlashtirilgan. Jamiyat qonun ustuvorligi, inson manfaatlari va huquqlarining axlsizligi kafolatlanganligini, biz Amir Temurning "Temur tuzuklari" risolasida ham uchratamiz. "Temur tuzuklari" ning ikkinchi maqolasida "Men o'z saltanatimni boshqarishda har qanday voqea va ishni tuzuk (tuzuk, tuzukot-qonun qoida , qonunlar nazatda tutilmoqda-X. B asosida bajardim. Shariat qonunlariga itoat qilish, urf-odatga e'tibor berish Men uchun katta ahamiyatga ega edi" (106,26),-deyilgan. Shuningdek, "Temur tuzuklari" kitobining ikkinchi ilovasida davlat tuzish, saltanatni boshqarish, adolat bilan hukmronlik qilish xususida so'z yuritilgan. Jumladan, "Davlat va saltanatimga bog'langan mening birinchi tuzugim - Tangri taolloning dini va Muhammad mustafoning shariat dunyoda rivoj berdim. Ikkinchisi shulkim, o'n ikki toifadagi kishilar bilan mamlakatlarni ziyorat etib, ularni idora qildim. Davlat ishlarini saltanat qonun-qoidalariga asoslangan holda boshqardim. Raiyat ahvolidan ogoh bo'ldim, ulug'larini og'a qatorida, kichiklarini farzand o'rnida ko'rdim. Mening mamlakatimda turli sohalarda qonunga qatiy amal qilinadigan bo'lsa, men o'zimni o'sha yerda hozir turgangay sezardim. Shariat va urf - odat qonunlarini nazarda tutgan holdagina, odamlar sening ishlaringga ishonadilar va uni jonu dil bilan bajardilar" # Amur Temur saltanatida qonunlarga qat'iy rioya qilingan, uning shu ikki tizimi, bugungi kunda bizni g ijtimoiy - siyosiy hayotimizdagi ikki tizim-fuqarolik ishlari va jinoyat ishlari sudining kelib chiqishga asos bo'ldi. Amur Temur doimiy ravishda qonunlarning ishlashiga, ya'ni davlat kishilarning doimiy nazorat ostida bo'lishlarini tashkil etgan edi. Chunki qonunlar yaratilsa - yu ular ishlamasa, ya'ni ulardan foydalanilmasa, bundan manfaat yo'qligini u chuqur anglab yetar edi va shuning uchun qonunlarning adolatli ijro etilishi kuzatib borar edi. Demak, fuqarolik jamiyatida inson erkinligi to'la ta'minadi, huquq ustuvorligiga amal qilinadi, erk va huquqni insonlar o'zlarining suyanchig'i deb qabul qiladilar. Yuksak ma'naviyatlilikning birinchi belgisi, bu jamiyat kishilarning erkinligidir, ya'ni jamiyatning har bir a'zosi o'zini ozod hur ijtimoiy himoyalangan shaxs tarzida his etishdir. Zero, Sh. Rizayev ta'kidlaganidek", "fuqaro" tushunchasi bilan "erkinlik" o'zaro hamohang va ma'nodosh. Chunki, "fuqaro" tushunchasining o'zi, tarixan olib qaraganda, hurriyat va erkinlik, teng huquqlilik uchun kurash jarayonida paydo bo'lib qaror topgandir. Shuning uchun ham fuqarolik jamiyati qullik va mutelikni, har qanday irqiy, milliy kamsitishlar va ijtimoiy ayirmachiliklarni rad etadi. Bugungi kunda fuqarolik jamiyati xalqning maqsad-muddaolar, orzu intilishlari, uning kelajak farovon va ozod hayotini ifodalagani uchun baralla aytish mumkinki, baxtli fuqaro hamda ozod va barkamol shaxsni tarbiyalash jamiyatining birinchi o'rnida turadigan vazifasidir. Buning muhim imkoniyati esa qonun ustuvorligidir. Qonunlarning ijro etilishi uchun jamiyatining barcha sohalaridagi - mansabdor shaxslar va fuqarolarning o'z haq-huquqlarini tanishi hamda u uchun kurashish lozim. Bu jamiyat kishilarida fuqarolik madaniyatining shakllanganligi, ularda erkin shaxsga xos fazilatlarning to'liq tarkib topganligini aks ettiruvchi ko'rsatkichdir. Fuqarolik madaniyati shakllangan shaxsda erkin mulohaza yuritish qobiliyati kuchli bo'lib, u nohaqlik qayerdaligini aniq fahmlashga, to'g'ri xulosa qilishga, o'z xalqi, o'z Vatanini taqdirini o'ylashga qodir bo'ladi. Soxta g'oyalar, g'arazli ta'limotlarga, jaholatga yo'l berilmaydi va ularga murosasiz bo'ladi. Buni shaxsning fuqarolik imkoniyatlari aniq va to'liq tasvirlangan tamoil deb atash mumkin. Darhaqiqat, fuqarolarning yuksak fazilati- bu yurt, millat, jamiyat ko'rki, yuzi va fazilati demakdir. Aynan yuksak insoniy fazilatli fuqarolargina, erkin, ozod fikr yuritib, yurt ravnaqini ta'minlab, uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga katta hissa qo'sha oladigan, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning ma'sul tashabbuskoriga aylangan bo'ladila. Ularda ishbilarmonlik, yaratuvchilik, ijodkorlik, bunyodkorlik, yuksak darajada rivojlangan bo'ladi. Ular ijodiy ezgulikka tafakkurlari, ezgulikka yo'naltirgan shuuri va shukuhlari bilan xalqni bunyodkor g'oyalar sari yetaklaydigan bo'ldilar. Millat ruhini uyg'otadilar, beorom, notinch qalb qayg'usi va el tuyg'usi bilan yonib yashaydigan fuqarolar bo'ladilar. 3. Kishilarning xususiy mulkka era bo'lishi - fuqarolik jamiyatining uchinchi xususiyati hisoblanadi. Fuqarolarning xususiy mulkka ega bo'lishini ta'minlash demokratik huquqiy davlatning muhim tamoyillaridan biridir. O'tmishda ham erkin jamoa a'zolarining ko'chmas mulklari bunga o'zlari dehqonchilik qiladigan yerlar-bog'lar, ekiladigan hosillar, yerlar chirbog'lar chorvaga mo'ljallangan o'tkoqlar, ot, chorva mollari yashaydigan uy-joylari, jihozlarning barchasi ko'chmas mulk hisoblangan. Turk xoqonligi, Sug'd podsholigi, Samoniylar, Gaznaviylar, Saljuqiylar, Qoraxoniylar, Xorazmshihlar, Amur Temur va Temuriylar davrida ham fuqarolarning xususiy mulkka ega bo'lishiga imkoniyat yaratilgan va shariat huquqiga ko'ra uy-joy, mol-mulkka egalik qilishga haqli bo'lgan. Akademik M. Sharifxo'jayev yozishicha, "Temuriylar va Boburiylar davlatida ham, o'zbek xonliklarida ham xususiy mulk ko'proq vaqflar hisobiga rivojlangani ko'zda tashlanadi. Badavlat kishilar va o'g'il farzandi bo'lmagan ko'chmas mulklarni yaqin kishilariga, masjid va madrasalarga vaqf qilib qoldirgandir.Vaqf mulklari hech qanday mol-mulki bo'lmaganlarga, yoshlar (14 yoshdan keyin) va aholining kam ta'minlangan tabaqalariga oqsoqollar tomonidan xususiy mulk sifatida taqsimlangan. Natijada har bir fuqaroning turmush kechirish manbai ijtimoiy himoya qilinib, xususiy mulkdorlikni qo'llab - quvvatlash amalga oshirilgan. Bu hol jamiyatning iqtisodiy jihatining farovonligiga yordam bergan". # ( Sharifxo'jayev. M. 164 - 165 betlari. Mustaqillik fuqarolarga xususiy mulkka ega bo'lish imkoniyatini berdi va bu masalaga alohida e'tibor bilan qaraldi. Masalan, yer dehqon-fermerlarga bo'lib berildi, korxonalar xususiylashtirildi, xususiy mulkchilik ma'daniyatini shakllantirish va rivojlantirishga e'tibor kuchaytirildi va kuchaytirilmoqda. Bu o'z navbatida jamiyat kishilarida fuqarolik madaniyati tarbiyalash ehtiyojini yuzaga keltirdi va masalani yanada dolzarblashtirdi. Ma'lumki mustaqillik tufayli mamlakatimizda U. Tadjixonov, A. Saidovlar ta'kidlaganlaridek:"... ma'naviy - huquqiy uyg'onish davri boshlandi, umuminsoniy qadriyatlar, demokratik, inson huquqlari alohida ahamiyat kasb etmoqda". Shunday shaoitda inson shaxsi va fuqarolik madaniyati rivojlantirish masalasi muhim ijtimoiy - pedagogik ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'daniy- ma'naviy, huquqiy hamda ishlab chiqarish munosabatlari tizimidagi faoliyati va fuqarolik madaniyati masalalarini qamrab oladi. Mazkur muammoni aniq hal etish, shaxs fuqarolik madaniyati asosini tashkil etishga ko'maklashuchi tavsiyalar psixologiyasi, ehtiyoji, faoliyati motivlari va axloqiy - huquqiy salohiyati rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. 4. Fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruviga faol ishtirok etishi - fuqarolik jamiyatining to'rtinchi xususiyati hisoblanadi. Fuqarolarning faol, bilimdon, ishbilarmon, bunyodkorligi, qonunlardan mukammal xabardorligi, uning davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirok etish imkoniyatini yaratadi. Ma'lumki, fuqarolik jamiyati erkin, mustaqil ishlab chiqarish va mustaqil xaridorga, ozod va qonunlar himoyasida bo'lgan fuqarolar jamiyatidir. Shunga asosan jamiyat o'z - o'zini boshqarish organlariga siyosiy partiyalar va harakatlar, ijodiy uyushma, davlat va nodavlat tashkilotlariga ega bo'lgan jamiyat hisoblanib, unda boshqarish fuqaro faollari va jamoa ahlining ko' pgina a'zolari yordamida amalga oshiriladi. Tarixdan ma'lumki, hec bir narsa quruq yerdan paydo bo'lgan emas va bo'lmaydi ham. U xalq, millat, davlatning Tarixan shakllangan belgilari,xususiyatlari va qadriyatlarga asoslanib, shakllanadi va rivojlanadi. Qadimda fuqarolik jamiyati boshqaruvi, urug' jamoalari, boshliqlari, qabila rahbarlari, oqsoqollar kengashi va xalq majlisi ishtirokida boshqarilgan. Bunda oddiy xalqning faolligi, tashabbuskorligi, insonlarning qadr - qimmati, manfaatining ustuvorligi ta'minlanadi, hamda ijodiy mehnatga e'tibor kuchaygan. Bu esa fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvi ishlarida ishtirokini faollashtirargan. 1.2 Fuqarolik jamiyati to'g'risida G'arb va Sharq mutafakkirlarining qarashlari. "Fuqarolik jamiyati" fenomeni ko'p qirrali tushuncha bo'lganligi sababli, uning mazmun-mohiyati turli tarixiy davrlarida turlicha qarashlarga, turlicha talqinga ega bo'lgan. Chunki fuqarolik jamiyatini barpo etish barcha davrlarda xalqining orzu-umidi, istak-xohishi bo'lgan, shu uchun u mudom eng yuksak ezgu g'oya sifatida amal qilgan. Uni ko'rish va rivojlantirish uchun turli mazmundagi qarashlar maydonga kelgan. Tarixiy manbalarning dalolat berishicha, uning dastlabki ildizlari antik dunyoga borib taqaladi. Ammo shu o' rinda, ta'kidlash joizki, bundan uch ming yil avval Sharq mutafakkirlari ham o'z asarlarida fuqarolik jamiyati to'g'risida muayyan fikrlarni bayon etganlar. Shunga binoan, fuqarolik jamiyati g'oyasining maydonga kelishi va rivojlanishini Evropacha an'ana va Sharqona an'ana sifatida talqin qilish mumkin. Fuqarolik jamiyati g'oyasi mazmun-mohiyatining dastlabki sharhi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu, keyingi shaqhi rim mutafakkiri Mark Tuliy Sitseron va keyingi sharhini angliya - amerikacha an'ana asoschilari Adam Smit, Aleksis De Tokvil va Jon Stuard Mill nomlari bilan bog'lab izohlash mumkin. Yunon faylasufi Aflotun (mil. avv. 427-317-yil) fuqarolik jamiyati to'g'risidagi nazariy g'oyalarini ham siyosiy, ham ijtimoiy-axloqiy sharxlab, jamiyat va davlat bog'liqligini siyosiy faollik nuqtai nazaridan asoslashga harakat qilgan. Arastu(mil. avv. 384 - 322 - yil o'zining "Siyosat", "Afina politikasi", "Etika" nomli asarlarida fuqarolik jamiyatining mukammal jamiyat ekanligini ta'kidlaydi va boshqaruv, xususiy mulk, huquq to'g'risida fikr yuritadi va ular fuqarolik jamiyatining mezonlari bo'lishi lozimligini uqtiradi. Uning fikricha, boshqaruv adolat mezoniga asoslanib, xususiy mulkka e'tibor qaratishi, uni huquqni himoyalash lozimligini ta'kidladi-yu, ammo uni siyosatdan ajrata olmaydi. U o'zining "Siyosat", "Afina politikasi" (Aristotel, 5) nomli asarida fuqarolik jamiyati haqida so'z yuritib uni "siyosiy birlik ham jamiyat" deb ataydi. Bunda fuqaro "siyosiy mavjudod" sifatida ishtirok etish uqtiriladi. Albatta, bunday talqinda Aristotelni tushunish mumkin, uni, uning g'oyalarini dunyoqarashni yunon va davr siyosatidan ajratish oson emas edi. Chunki o'sha davr hayoti, madaniyati, san'atini siyosatdan, yunon siyosatidan ajratish qiyin edi. (5) Keyingi muhim qadam fuqarolik jamiyati nazaryasi bo'yicha qadimgi Rim mutafakkirlari, filosofi va jamiyatshunosi MarkTuliy Sitseron (mil. avv. 106 - 43-yil)tomonidan qo'yildi. U ham jamiyati va davlat to'g'risida so'z yuritib ularni tenglashtirishga harakat qildi. Uning fikricha, davlat bu umumiy manfaatlarni, mumkin muhofaza qiluvchi kishilar to'dasidir. Chunki davlat odamlarning umumiy Mulki bo'lganligi sababli insonlar birga yashashga, o'zaro bir-birini qo'llashga ehtiyoj sezadi va ular birgalashib davlatni tashkil qiladilar. Fuqarolik jamiyati insonlar huquqlarini himoya qiluvchi tizim sifatida ishtirok etadi, deb biladi Sitseron. Uning "Davlat haqida", "Qonunlar haqida" kabi asarlari davlat tuzilishi va qonunlar to'g'risida bo'lib, shu - jihatidan fuqarolik jamiyati xususiyatiga mos bo'lib, "huquqiy davlat" ning asosini tashkil etadi. Shu nuqtai nazardan Mark Tuliy Sitseron ijtimoiy - siyosiy ta'limotining fuqarolik jamiyati tushunchasi mazmuniga mos deyish mumkin. Keyingi fuqarolik jamiyati g’oyasining, qaysikim erkin, teng huquqli, o'z mustaqilligini va ovoziga ega bo'lgan kishilar jamoasi nomi bilan bog'liq g’oya va qarashlar o'z ifodasini Yevropa - O'rta Yer dengizi ana'analarida topdi. U dastlab Italiyaning XIII-XIV asr mutafakkiri Marsel Paduanekiy, so'ngra esa G. Grotsiy, B. Spinoza, T. Gobbs va J. Lokkning ma'naviy - ijtimoiy qarashlarida ifodasini topdi. Mazkur g’oya o'zining keyingi rivojini G'arb Uyg'onish davri mutafakkirlari Tomos Gobbs, Sh. Monteske, J. J. Russo va boshqalarning asarlarida rivojlantirildi. Fuqarolik jamiyati xususiy mulk bilan bog‘liq iqtisodiy tartib va ijtimoiy aloqalarning yuksak namunasi sifatida talqin etgan nemis faylasufi G. Gegeldir. U fuqarolik jamiyati to'g'risida g’oyasini quyidagicha izohlaydi: "Fuqarolik jamiyati - bu birinchi navbatda xususiy mulkka asoslangan ehtiyojlar tuzimidir, shuningdek, din, oila, sulola, davlat qurulishi, huquq, axloq, burch, madaniyat, ma'rifat, qonunlar va ulardan kelib chiqadigan o'zaro yuridik aloqalardir". Shu bois "Fuqarolik jamiyatida har bir kishi o'zi uchun maqsad hisoblanadi. Qolganlar uning uchun hech Kim emas. Lekin boshqalar bilan aloqasiz u o'zining barcha maqsadlarini amalga oshirolmaydi". Biz yuqorida fuqarolik jamiyati g’oyasining maydonga kelishi va uning mazmun-mohiyati ifodasining G'arbona talqinini qo'yib chiqdik. Bu g’oya to'g'risida qarashlar, ta'limotlar Sharq Uyg'onish davri (IX - XII va XIV-XV asrlar) ning ilg'or namunalarida ham o'z ifodasini topganligining guvohi bo'lamiz. Ayniqsa, davlatni boshqarish va adolatni, erkin, mustaqil fuqarolar jamiyatini barpo etish to'g'risidagi qarashlar, mamlakat rahbari va o'rinbosarlarining faoliyati mezonlari borasidagi ilg'or g'oyalar ham Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Amir Temur, Alisher Navoiy, Voiz Koshifiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Ahmad Donish va boshqalarning ta'limotida talqin qilingan. Fuqarolik jamiyatining adolatli teng huquqli fuqarolar jamoasidan tashkil topgan bo'lishi, mamlakat adolat bilan, qonun asosida boshqarilishi lozimligi to'g'risida fikr yuritadi. Shuningdek, fuqarolik jamiyatida jamoa bo'lib yashashlari, davlat boshlig'i, hukmdor esa adolatli, zehni o'tkir, ma'rifatli va haqiqat tarafdori bo'lishi kerakligini qayd etilgan. Shunday allomalardan biri, Sharq Aflotuni Abu Nasr Farobiy (873-950 - y). Uning fikricha, adolatli huquqiy davlatda fozil insonlar jamoasi istiqomat qilib, Ular bir-birlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradigan, bir-birlariga ko'maklashish orqali birlashadilar: "Har bir inson o'z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko'p narsalarga muhtoj bo'ladi, bir o'zi bunday narsalarini qo'lga kirita olmaydi, ularga ega bo'lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug'uladi... Shu sababli, yashash uchun zarur bo'lgan, narsalarni bir - biriga yetkazib beruvchi va o'zaro yordamlashuvchi ko'p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o'z tabiati bo'yicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin. Bunday jamoa a'zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo'lgan narsalani yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko'payadilar va yerning aholi yashaydigan qismida o'rnashadilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi". (Far., 186). G. Gegel Filosofskaya prava-m. ;1990.s.228. Abu Nasr Farobiy o'zining "Fozil odamlar shahri", "Davlat arbobining afrozimlari"," Shaharlar ustida siyosat yuritish" (Siyosat al-madaniyat ") kabi asarlarida oliyjanob va adolatli jamiyat, siyosiy - huquqiy va axloqiy-ijtimoiy tuzum, hamda odil hukmdorlar to'g'risida o'z qarashlarni bayon qilgan. U" Fozil odamlar shahri " kitobida adolatli jamiyatni ma'rifatli rahbar boshqaradi, u kishilarga shodli, baxt - saodat ulashuvchi inson bo'lishi lozim, deb shunay yozadi:" O'zining boshqalarga rahbarlik qilish, ularni baxt-saodatga erishuv darajasida ko'tarish ham har kimning qo'lidan kelavermaydi. Buning uchun unda ruhlantiruvchi quvvat, qobiliyat bo'lmog'i lozim. Qobiliyat bo'lmasa, bunday odam sira rahbar bo'la olmaydi". (Far., 189). Fuqarolik jamiyati xususiyatlarini ilmiy asoslab, uning unsurlarini shakllantirishga katta ulush qo'shgan Sharq Uyg'onish davri allomalaridan yana biri Abu Rayhon Beruniy (970 - 1048) hisoblanadi. U o'zining fuqarolik jamiyati to'g'risidagi g'oyalarni "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" va "Hindiston "nomli asarlarida ifodalaydi. Uning fuqarolik jamiyati to'g'risidagi qarashlarida komil inson asosiy o'rin egallab, u adolatli, fozil hukmronlik asosida o'z or-nomusi, qadr-qimmatini himoya qil oladigan, oliyjanob, muruvvatli fazilatlarni o'zida shakllantiriladi :"Oliyjanob fazilatli odam o'zining joni va o'zining mulkidan boshqa hech narsaga egalik qilmaydi, qonunan o'ziga tegishli mulkni boshqaradi. Agar bunday kishi boshqalarning og'ir ishini o'z yelkasiga olib, Ular uchun o'zi mashaqqat tortib, Alloh unga in'om etgan narsalarni muhtoj odamlarga bersa, u Day odam javonmard (fatiyot) deb ataladi. Javonmard o'zining oliyjanobligi va xayr-saxovati bilan mashhur bo'lgan odam. Ayni vaqtda, javonmard o'zining xushmuomalaligi, mehr-shafqati, sabr - matonati, sabr-toqati, obro' - izzati bilan ham nom chiqargan odamdir. Beruniy adolatli, fuqarolik jamiyati qurish uchun mavjud illatlardan qutulish, ularning ildizini quritish uchun mamlakat boshlig'ini komil insondan tayinlash lozimligini, u ochko'z hirs va g'azabni o'zidan yiroqlashtirib, aql va tafakkurga asosanlansa, shunda u shaytoniy nafsdan qutilib, Allohga yaqinlashadi va ma'naviy yuksalishga intiladi, mamlakatni odillik bilan boshqaradi, deb ta'lim beradi. Sharq Uyg'onish davrida fuqarolik jamiyati to'g'risida fikr yuritib, mamlakat va xalq uchun qayg'urganlardan yana biri Abu Ali Ibn Sinodir (980-1037). Uning adolatli, ideal fuqarolik jamiyati to'g'risidagi tasavvuri axloq va axloqiy munosabatlarga asoslangan . Uning fikricha, axloq va axloqiy munosabatlar ma'rifat yordamida amalga oshirib, jamiyatni ma'naviy - axloqiy sog'lomligi va sobitligini ta'minlashga xizmat qiladi. Jamiyat kishilarning ma'naviy - ma'rifiy yuksaklikka erishuvchi jamiyatni yanada takomillashtirib, adolat tamoyillarini qaror toptiradi, fuqarolarning hamjihatligini, birodarligini barqarorlashtiradi. Buning uchun inson o'z aqliy faoliyati va axloqiy fazilatidan qoniqish hosil qilmog'i darkor, bu o'z navbatida, insonga eng oliy darajadali lazzat bag'ishlaydi. Bunga, avvalo humkdorlar, mamlakat rahbarlari munosib bo'lmog'i darkor. Zero razil tabiatli g'azabkor zulmkor hukmdor mamlakatni tanazzulga olib keladi, deb aytadi, allomac. Buning uchun, hukmdor ma'naviy-axloqiy salohiyatli intellekyual qobiliyat egasi bo'lmog'i lozim. Yusuf Xos Hojib manbalarda ta'kidlanishicha, Bolasog'un shahrida 1016-1018 - yillar orasida dunyoga kelganligi qayd qilinadi. U o'zining 1069-1070 - yillarda yozib tugagan. "Qutadg'u bilik" ("Baxt - saodatga eltuvchi bilim") nomli asarida mamlakatni boshqarish amallari, qiodalarini yoritishga bag'ishlab, siyosiy - axloqiy munosabatlarining ijobiy xususiyatlarini jamiyatga qaror toptirish lozimligini bayon etgan. Dostonda hazrati inson masalasi asosiy o'rin egallab, u butun asar mazmunida qizil ip bo'lib o'tadi Asar mazmuniga e'tibor qaratsangiz, insonning ijtimoiy mohiyati faoliyat yo'nalishi ma'naviyati iqtisodiy - siyosiy hayotidagi o'rni butun asar mazmunida tahlil qilinadi. Inson ulug'ligi, jannatmakonligini muallif Adolatda, Davlatda, Aql-zakovatida va Qanoatda ekanligi shoir tomonidan yorqin tasvirlangan. Shu bois, asar mazmunida to'rt ijtimoiy - ma'naviy unsur mujassamlashgan : Biri to'g'rilikka tayanch - ADOLAT, Biri DAVLAT erur, u qutli g'oyat. Uchunchi - uluglik AQL va ZAKO To'rtinchi - QANOAT erur bebaho. Yusuf Xos Hojobning ta'biricha, shoh bo'lish, hukmdorlik qilish bu Alloh tomonidan qilingan ehson: "Sholikka da'vogarlar onadan ajib bir iste'dod bilan tug'iladilar va ular darxol yaxshi - yomonni ajratish fitratiga ega bo'ladilar. Bundaylarga Xudo idrok, farosat va yumshoq bir ko'ngil ato etadiki, u yaxshi ishlarni amalga oshirish o'quvi bilan hal etiladi", - deb ta'kidlaydi. Adolatli davlat boshqaruvini tashkil mutafakkiri, davlat arbobi Nizomulmulkning faoliyati bilan bog'liq. U o'zining mashhur "Siyosatnoma" asarida davlat boshlig'i. [Forwarded from Iymon] Xukmdorni va amaldorlarni ma'naviy va axloqiy sifatlariga qarab tanlash ular adolat va insofni faoliyatlarining bosh mezoni qilib belgilashlari lozimligini ta'kidladi.Nodon insofsiz,adolatni oyoq osti qilibchilarni davlat ishlariga aralashtirmaslikni,har qanday davlatga taaluqli masalani kengashuv hal qilishi,amaldorlarning, davlat boshligʻining faoliyatini muntazam nazorat qilib borishi lozimligini maslaxat berdi.Ijtimoiy-siyosiy tafakkur va xuquqiy demokratik davlat hamda fuqarolik jamiyatini boshqarishni adolat,haqiqat,qonun ustuvorligi,mehr-shavqat,iymon, e'tiqod,bilimdonlik tamoyillari asosida qurish lozimligini tavsiya etgan Sharqning buyuk davlat arbobi va sarkardasi Amir Temur (1336-1405) hisoblanadi.U oʻzining tuziklarida davlat tizimi, uni boshqarish usullari,davlatdagi lavozim-vazifalar darajasi adolat rivojlantirish va soliq turlarini joriy etish "Kuch -adolatda" tamoyiliga asoslanib,mamlakatni adolat bilan boshqardi,zulm va sitam yoʻlini berkitdi.Shariat qonunlariga itoat qilishini raiyat (Fuqaro -X.B.)ahvolidan ogoh boʻlish,ulugʻlarni sharaflash ularga e'tibor bilan qarash Amir Temur faoliyatining bosh mezoni edi.Amir Temur saltanatida qonunlarga qatʼiy rioya qilingan,uning ikki tizimi bugungi kunda bizning ijtimoiy siyosiy hayotimizdagi ikki tizim fuqarolik ishlari va jinoyat ishlari sudining kelib chiqishiga asos boʻldi.Amir Temur doimiy ravishda qonunlarning ishlashiga,ya'ni davlat kishilarining doimiy nazorat ostida boʻlishlariga eʼtibor qaratgan.Chunki,qonunlar yaratilsa-yu,ular ishlamasa,yaʼni ulardan foydalanilmasa, bundan manfaat yoʻqligini u chuqur anglab yetar edi va shuning uchun ham qonunlarni adolatli ijro etilishini kuzatib yurar edi. [Forwarded from Iymon] Amir Temurning mamlakatni boshqarish tamoyili "Kuch-adolatda" shioridan iborat boʻlgan.U oʻzining "Temur tuzuklari "asarining markazida mamlakatni adolatli boshqarish, qonun ustuvorligini taʼminlash,inson va uning qadr-qimmatini joyiga qoʻyish masalasi turadi."Men,-den yozadi Amir Temur oʻzining "Temur tuzuklari" asarida,-oʻz saltanatimni boshqarishda uchragan har qanday vodea va ishni tuzukka itoat qilish,urf-odatga eʼtibor berish asosida olib bordim.Ular men uchun katta ahamiyatga ega edi... Mening mamlakatim turli sohalarda qonunga qatʼiy amal qiladigan boʻlib,men oʻzimni oʻsha yerda hozir turgandek sezardim,shariat va urf qonunlarini nazarda tutgan holdagina odamlar sening ishlaringga ishonadilar va uni jon-u dil bilan bajaradilar.Men hamisha askarlarimni qonunga itoat qilish ruhida tarbiya qildim,qonun buzuvchilarni jazosiz qoldirmadim"(117,109) Amir Temur davlatni boshqarishda va saltanat ishlarida toʻrt amalga suyangan: 1) kengash; 2) mashvarat-u maslahat; 3) qatʼiy qaror, murosa-yu madora,muruvvat ba sabr toqat; 4) tadbirkorlik, xushyorlik va ehtiyotkor.Shuningdek,Amir Temur davlat boshqaruvida din va din ahliga tayangan.Din ahlining maslahati va koʻrsatmasiga tayanib ish yuritgan.Uning diniy ustozlari Shamsiddin Kulol,Shayx Sayyid Baraka,Zayniddin Toybodiy unga davlat ishlariga maʼnaviy madad berib kelganlar."Har qaysilarining,-deb yozadi Amir Temur"Tuzuklari" da,- yoʻl -yoʻriqlari,turish turmushlari, qilish-qilmishlari, aytgan gaplarini xotiramga saqladim va yaxshi axloqlari,maʼqul sifatlaridan namuna olib unga amal qildim"(1.,55).Adolatli, fozil jamiyat qurish toʻgʻrisida fikr yuritgan mutafakkirlardan yana biri Alisher Navoiydir(1441-1501). Siyosatshunoslik fanlari doktori professor M.Qirgʻizboyevning taʼkidlashicha Alisher Navoiyning fikriga koʻra haqiqiy insoniy fazilatlar-mehr-muruvvat,mehnatsevarlik,toʻgʻrisoʻzlik,vatanparvarlik,halollik, insonparvarlik,qahramonlik,kabi maʼnaviy-axloqiy fazilatlar.Adolatli, maʼrifatli,yaʼni "ahli maʼni" hukmronlik qilingan mamlakatda tarbiyalanadi.Bunday mamlakat adolatli, yuksak maʼnaviyatli, maʼrifatli, xalqparvar hukmdorlar boshqargan jamiyatda sodir boʻlishi mumkin.Shunga binoan insoniyat "ahli maʼni" va "ahli suvrat" kabi toifadagi guruhlarga boʻlingani uchun, mamlakatni "ahli maʼni" toifasidagi insonlar boshqarsa, mamlakat obod,el farovon xalq maʼrifatli , maʼnaviyatli boʻladi deydi(155,30-31). Adolatli, insonparvar, axloq va maʼnaviyatga tayangan jamiyat qurish gʻoyasi mashhur olim Husayn Voiz Koshifiy (1440-1505-yil) tomonidan ilgari surilgan.U oʻzining "Axloqi Muhsiniy",Tafsiri Husayniy","Javohiroti tafsir" asarlarida erkin,ozod, adolatli jamiyat toʻgʻrisida fikr yuritadi. [Forwarded from Iymon] Voiz Koshifiy oʻz davrining ijtimoiy-iqtisodiy ustqurmasini davr xususiyatlaridan kelib chiqadi va fozil jamiyat toʻgʻrisida fikr yuritib,bunday jamiyat hammavaqt barqaror,adolayli boʻlishi,mehnatsevar boʻlishi lozimligini taʼdiklaydi va imkoniyati doirasida shunday jamiyat qurish uchun oʻz fikrlarini hukdmdorlarga oʻz asarlari orqali bayon etadi. Fuqarolik jamiyati, a dolatli davlat qurish gʻoyasini talqin qilgan mutafakkirlardan yana biri Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530-yil) hisoblanadU oʻzining hukmdorlik davrida saltanatni adolat bilan boshqardi.Adolatli jamiyat va insonparvar, xalqparvar hukmdor toʻgʻrisidagi qarashlarini "Boburnoma",Eʼtiqodiya" nomli asarlarida bayon etadi.Uning faoliyati davomida xalqqa xizmat qilish,fuqarolar qadr-qimmatini eʼzozlashga intilish, yurt tinchligi va birligini asrashga harakat qilib yashaganini kuzatishimiz mumkin.Xalqparvarlik,insonlarga ezgulik inʼom etish, ularning tashvish-u quvonchi bilan yashash hukmdor Boburning umr v faoliyat mazmuniga aylangan edi. Demokratik davlat va fuqarolarning erkin,mustaqil, ozod jamiyatini barpo etish gʻoyalarini XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Turkistonda maydonga kelib faoliyat olib borgan jadidchilik harakatida ham kuzatish mumkin.Jadidlar, avvalo, mustaqil va ozod boʻlish,mamlakatda intizom oʻrnatish, hurfikrlikni yoʻlga qoʻyish,buning uchun ijtimoiy adolat oʻrnatish, milliy merosni eʼzozlash, milliy mustaqillikka erishish kabi gʻoyalarni qoʻllab quvvatlab chiqdilar. Shunday jadid mutafakkirlaridan Ahmad Donishdir(1827-1897 yil).U oʻz zamonasining ijodkori, insonparvari,maʼrifatparvari boʻlib tanildi.Tarixshunoslar olimlar T.E.Rahmonov, M.Z.Orziyevlarning yozishlaricha Ahmad Donish oʻzining "Risolai dar nazmi tamaddun va taovun"("Madaniyat va oʻzaro koʻmaklashish tartibi haqida risola")nomli kitobi davlatni boshqarish toʻgʻrisida oʻz mulohazalarini bayon etadi."Agar,-deb yozadi mutafakkir,-amir mening ilmiy ishlarimni qoldirib,davlat apparati ishlariga kirishishimni xoxlasa,boshqa mamalakatlarida boʻlganidek,davlatni boshqarishda maʼlum tizimni joriy qilish zarur.Chunki,oʻzbeklar(mangʻitlar orasida tartin oʻrnatish ancha qiyin.Men Yevropa mamlakatlarida boʻlganidek,amirlik va davlat apparatini boshqarish tamoyilari bayon etilgan traktat yozaman...)". "Hukmdor boʻlish-dunyoda eng faxrli ishlardan biri.Hukmdor oʻzining barcha vazifasini ilm va tajribaga tayangan taqdirdagina uddalay olishi mumkin...Adolatli boʻlish uchun hukmdor quyidagi oʻn shart asosida ish olib borishi kerak: [Forwarded from Iymon] Birinchi shart: shoh oʻz fuqarosining ishini koʻrib chiqayotganda oʻzini oʻsha fuqaro oʻrniga qoʻyishi kerak,uni esa oʻz oʻrnida tasavvur qilishi kerak.Har ikkala holatda qabul qilingan qaror maʼqul boʻladi va bu hukm fuqarolarga tarqatilishi kerak.Oʻzi uchun maqbul boʻlmagan narsa, boshqalar uchun nomaqbul hisoblanishi kerak.Aks holda,u xoinlik qilgan boʻladi... Ikkinchi shart: shoh uning huzirida u yoki bu tilak bilan kelgan kishilarni hech qachon kutib turishga majbur qilmasligi kerak.Musulmonning tilak-istagini bajarmasdan turib,boshqa ishlar bilan shugʻillanmaslik kerak.,chunki fuqarolarning tilaklari boshqa barcha ishlardan ustun turadi... Uchinchi shart: Kamtarlik boʻlmasa,adolat boʻlmaydi.Dabdabali kiyinish va ovqatlanishdan saqlanish kerak. Toʻrtinchi shart: shoh hukm eʼlon qilayotganda muloyim boʻlishi kerak va qupollikka hech qanday asos boʻlmasligi kerak.Hat bir ishni koʻrib chiqayotganda ish yuzasidan barcha hujjatlar va dalillar chuqur tekshirib chiqarilishi lozim,koʻrib chiqilayotgan ishga doir gubohlarning koʻrsatmalarini sabr -toqat bilan eshitmoq darkor.Podshoh kuchsiz va qashshoq odamlar bilan suhbatlashishdan uyalmasligi kerak. Beshinchi shart:shoh alohida odamlar xohish-istaklaridan kelin chiqib ,shariat qonunlariga zid boʻlgan harakat qilmaslihi kerak.Shu bilan birgalikda hukm eʼlon qilinayotganda hukmdor boʻshlik ,loqaydlik va ikkiyuzlamachilik qilmasligi shart U bilishi kerakki ,hukm barchaning istaklarini qondira olmaydi.Agar qaror adolatli boʻlsa,hukmdor norozi tomonning gʻazabodan qoʻrqmasligi lozim. Oltinchi shart: shoh gʻururi,balandparvozligi bilan oʻz fuqarolarini oʻzidan yiroqlashtirmasligi (bezdirmasligi) kerak.Aksincha,u otalarcha gʻamxoʻrligi va mehribonligi bilan oʻz fuqarolarining mehrini qozonishi kerak. Yettinchi shart: shoh mamlakat va hukumatning xavf -xatarga yoʻliqishini unutmasligi kerak.U shu narsani tushinishi kerak:hukmdorning vazifasi (lavozomi) shunday asbobga (vositaga- taʼkid bizniki) oʻxshaydiki, bu asbob yordamida bu dunyo va u dunyoda baxt saodat va yaxshilikka erishish mumkin.Shu bilan birga, shoh shuni unutmasligi kerakki,bu vosita tufayli u shafqatsiz va mutloq sharmanda boʻlishi mumkin.Bugun mamlakat hukmdori boʻlgan shoh har qanday masalani hal qilishga haqiqat yoʻlini tanlab olishi kerak,masala oʻta muhimmi yoki unchalik muhim emasmi ,bundan qatʼiy nazar, haqiqat va adolat nuqtai nazaridan ish tutishi kerak. [Forwarded from Iymon] Sakkizinchi shart: shoh hamma vaqt maʼnaviy pok olimlar bilan hamsuhbat boʻlishi va ularning maslahatlariga quloq tutishi kerak.Chunki,gʻazargoʻy olimlar hukmdorni maqtab,xursand qilib,oʻz ayyorliklari bilan faqat boylik toʻplashga ruju qoʻyadilar. Toʻqqizinchi shart: shoh mansabdor shaxslarning xoinligi va fuqarolarni siquvga olishlaridan boxabar boʻlishi darkor.U hokimiyatni inson qiyofasida yurgan boʻrilarga ishonib topshirmasligi kerak.Mansabdor shaxslarning jinoiy ishlari maʼlum boʻlib qolganda ularni shunday jazolash kerakki, bu boshqa oliy martalabali lavozimdor shaxslar va davlat arboblariga saboq boʻlsin.Shoh xalqni siquvga olmayotganidan, adolat va haqiqat oʻrnatayotganligidan bahra olishi kerak.U hamma vaqt pz atrofdagilarini haqiqat va adoalt sari undashi kerak.Davlat mansabdorlarining faoliyati uchun masʼuliyat toʻlaligicha hukmdor boʻyniga boʻlishi kerak.Mansabdorlar xalqqa oʻtkazgan jabr-zulm shohning jabr-zulmidan taassurot uygʻotadi.Shu bilan birga,davlatning oliy darajadagi mansabdorlari ham shohning xalqni ezishiga befarq qaramasligi lozim. Oʻninchi shart: shoh dimogʻdorlik, takabburlik, manmanlik, bosar tusarini bilmaslikdan saqlanishi darkor.U muloyim, beozor va kamtarin boʻlishi lozim,lekin haddan oshiq koʻngilchang,boʻsh boʻlmasligi kerak,aks holda, bir pulga arzimaydigan odamlar buni boshqacha tushunmasinlar.Shohning takabburligi va dimogʻdorligi uchun odamlar u bilan uchrashmaydigan boʻlmasinlar,agar shohning qalbida takabburlik va dimogʻdorlik hissi kuchli boʻlsa,u shafqatsiz va yovuz boʻladi,shafqatsizlik odamlardan oʻch olishga daʼvat etadi va kishi taʼbining xira boʻlishiga olib keladi.Shuning uchun shoh xizmat vazifasini bajarayotganda sabr-bardoshli, xushfeʼl, xushxulq boʻlishi, odamlarning xato,kamchiliklari va gunohlarini kechiruvchi boʻlishi lozim.Shoh shuni bilsinki, agar u xushmuomala va kechirimli boʻlsa,u paygʻambar va muqaddas shaxs darajasiga yetadi...". Xulosa qilib aytganda,Vatanimiz sarhadlariga yashagan Sharq mutafakkirlari, Oʻrta Osiyo va Turkistonlik allomalarning maʼnaviy merosi, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish toʻgʻrisidagi gʻoyalarning tarixiy-nazariy asosini tashkil etadi.Va ular hozirga barpo etilayotgan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining iqtisodiy,siyosiy,axloqiy-huquqiy,maʼnaviy-madaniy poydevorini rivojlantirish uchun xizmat qila oladi. Shunga binoan fuqarolik jamiyati- inson sotisiumining mustaqil tizimi,insonlar jamiyatidir.T.E.Rahmonov,M.Z.Orziyev " Ikki tarixiy siymo" kitobidan, Buxoro, "Durdona" ,2005, 40-42-betlar. [Forwarded from Iymon] Bunday insonparvarlik jamiyatiga oʻtishning eng maʼqul variant islohotlar yoʻli boʻlib,kishilar,mamlakatlar oʻrtasida tinchlik saqlay olish mumkin.Inson qadr-qimmatini xoʻrlash esa eng dahshatli yovuzlik sifatida idrok qilinadi va qattiq,ammo, adolatli jazoni taqazo etadi. Shunday qilib, fuqarolik jamiyati-bu oʻz qadr-qimmati va boshqa kishilar qadr-qimmatini hurmat qiluvchi jamiyat hisoblanadi,u yovuzlikni inkor etib mamlakatni ezgulik hamda adolatli jamiyatiga oʻzgartira oladigan ijtimoiy-maʼnaviy kuch hisoblanadi.Shuni unutmaslik kerakki oʻzida yovuzlikni bartaraf etib,ezgulikni tarannum etish insonparvarlikning asosiy va muhim maʼnaviy tamoyillaridan biridir. Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini qurish qonuniniyatining maydonga kelishi. Bunday demokratik huquqiy davlat va fuqarolarning erkin,mustaqil jamiyatni qurishga Oʻzbekistonda 1991- yil sentyabrda-milliy mustaqillikni qoʻlga kiritgandan soʻng imkoniyat tugʻildi va Oʻzbekiston oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻlini belgilab oldi. Bu yil Respublika birinchi Prezidenti Islom Karimov taʼkidlaganidek; "Oʻzbekiston -kelajagi buyuk davlat.Bu mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir.Bu - insonparvarlik qoidalariga asoslangan,millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy eʼtiqodlaridan qatʼiy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini taʼminlab beradigan davlatdir."(2015). Chunonchi, Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, yuqorida qayd etib oʻtilganidek, erkin demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini qurishni oʻzining bosh strategik maqsadi qilib belgiladi.Shunga binoan, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini ifodalovchi fundamental tadqiqotlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Hozirgi davrda Oʻzbekistonda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish nazariyotchilari(I.A.Karimov,M.Sharifxoʻjayev,E.Nishonboyeva,A.T.Azizxoʻjayev,U.Egamberdiyeva,N.Aliqoriyev,Sh.Jalilov,A.Jalilov,A.Oʻtamurodov,M.Qirgʻizbayev,M.Gʻulomov,R.Hasanov,S.Raupov,K.Kalonov va boshqalar)ning taʼkidlashlaricha fuqarolik jamiyatida siyosiy, iqtisodiy,hayotda fuqarolarning faol ishtiroki va taraqqiyotining barcha sohalarida qatnashuvi,tashabbusi kengayadi, imkoniyatlari oshadi.Bu hol jamiyatdagi davlat,shaxs,nodavlat tashkilotlari oʻrtasida yangicha, insonlar mehnatkashlar manfaatlariga xizmat qiluvchi munosabatlarni vujudga keltiradi.Oqibat-natijada davlat jamiyatining shakllanishi, rivojlanishining tezlashishiga ijobiy taʼsir eta boshlaydi.Oʻz navbatida fuqarolik jamiyati ham davlatning mustahkamlanishiga,takomillashiga keng sharoit va imkoniyatlar yaratadi. Download 64.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling