1-mavzu. Geografiya fanining maqsadi, vazifalari, uning shakllanishi va rivojlanishi, tadqiqot usullari. Fan insonning ongli faoliyati maxsuli sifatida qadimgi Yunonistonda VI-V asrlarda vujudga keldi


Download 22.88 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi22.88 Kb.
#1050432
Bog'liq
New Документ Microsoft Word (7)


1-mavzu. Geografiya fanining maqsadi, vazifalari, uning shakllanishi va rivojlanishi, tadqiqot usullari. Fan insonning ongli faoliyati maxsuli sifatida qadimgi Yunonistonda VI—V asrlarda vujudga keldi. Juda ko'p olimlarning fikricha fan bu insonning ongli faoliyatidir. Fanning vazifasi esa borliq haqidagi bilimlarni ishlab chiqish va ularni nazariy jihatdan tartibga solishdir. Fanning asosiy maqsadi esa obyektiv borliqni boshqarishni usullari va yo'llarini ishlab chiqishdan iboratdir. Hozirgi paytda fanlar shartli ravishda uch qismga boiinadi: —tabiiy fanlar; —ijtimoiy fanlar; —texnika fanlari; Tabiiy fanlarga matematika, fizika, kimyo, geografiya, biologiya va geologiya fanlari kiradi. Tabiiy fanlar oldida turgan asosiy vazifalardan biri, fanlararo ahamiyatga ega bo'lgan muammolarni ishlab chiqishdir. Hozirgi paytda tabiiy fanlar sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari quyidagi yo'nalishlarda olib borilmoqda: —yerning, biosferaning, atmosferaning, Dunyo okeanining tuzilishini, tarkibini va rivojlanishini o'rganish; —tabiatdan va tabiiy boyliklardan oqilona va to'la foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish; —tabiiy hodisa va jarayonlarni sodir bo'lishini bashorat qilish usullarini takomillashtirish; —tabiatni muhofaza qilish ishlarini yanada takomillashtirish va rivojlantirish. «Umumiy yer bilimi» mamlakatimizda geografiya ta'limi-ning muhim asosi boiib hisoblanadi. Geografiya ta'limida tabiatni qo'riqlash masalalariga ko'proq ahamiyat berilishi, atrof-muhitni muhofaza qilishning xalqaro strategiyasi va BMT ning «Inson va muhit» dasturida ko'rsatilgan halqaro dasturlarining bajarilishi Umumiy yer bilimi fanining mavqeini va obro'sini yanada oshirib yubordi. Hozirgi davrning asosiy hususiyatlaridan biri fanning juda tez sur'atlar bilan rivojlanishidir. Hech qachon hozirgidek fanga insoniyat va jamiyat oldida bunchalik buyuk mas'uliyat tushmagan edi. Jamiyatning rivojlanishini, tabiiy va ijtimoiy hodisalarning boshqarish hamda ularni sodir bo'lishini va oqibatlarini bashorat qilishni faqat fan yordamida hal qilish mumkin. Fanlarni uch guruhga boiinishi shartlidir. Chunki ayrim fanlarning ma'lum bir tarmog'i tabiiy fanlar tizimiga kirsa, boshqa tarmog'i ijtimoiy yoki texnika fanlari tizimiga kiradi. Masalan, geografiya fani tabiiy fanlar tizimiga kiradi, ammo iqtisodiy geografiya ijtimoiy, geodeziya va kartografiya esa texnika fanlari tizimiga kiradi. Gеografiyaning asosiy muammolari kursi talabalar nazariy bilimlarini kеngaytirish va chukurlashtirishda muxim rol o’ynaydi.Unda gеografiyaning dеyarli barcha asosiy nazariy masalalari baxs munozara sifatida talkin kilinadi. Bu xol talabalarning mantikiy va kiyosiy tankidiy mushoxada yuritish maxorati shakllanishiga imkon bеradi.Kursdan kuzda tutilgan maksad shuki, Hozirgi zamon gеografiyasining juda ko’p va xilma xil masalalari orasidan eng muxim va dolzarb muammolari ajratib olinib, bu muammolarni xal kilishning ilmiy nazariy va amaliy yullarini talabalarning faol ishtirokida muxokama etishdir
Download 22.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling