1-mavzu. “Globallashuv jarayonlari va ma’naviy tahdidlar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja
Download 353.57 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu maruza
3. Globallashuvning funksiyalari Globallashuv fan sifatida jamiyat bilan bevosita boglangandir. U real xayotdagi vokea—xodisalar va jarayonlarning o‘zaro alokadorligini va ularning bir biriga bog‘liqligini ifodalovchi konuniyatlarni o‘ziga kamrab olgan. Birok, geosiyosat bor jarayonlarni o‘zida aks ettiribgina kolmay, ularga bog‘liqli tarzda jamiyatda muayyan funksiyalarni ham bajaradi. Globallashuvning asosiy funksiyalari: gnoseologik funksiya; prognoz kilish funksiyasi boshkaruv funksiyasi; mafkuraviy funksiya. To‘g‘ri, kayd kilingan funksiyalar boshka ijtimoiy — siyosiy fanlarga xam xos bulishi mumkin. Biroq mazkur funksiyalar geosiyosat fanida o‘ziga xos afzalliklarga ega. Gnoseologik funksiya. Gnoseologiya — bilish demakdir. Bilish nazariyasi borliqni, uning anik bir xolatlari, manbalari va shakllarini urganishga karatilgandir. Anikroq aytadigan bulsak, gnoseologik funksiya davlatlar va xalklarning geosiyosiy joylashuvi, turmush tarzi xamda ular xayotining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish bilan boglik. Albatta, gnoseologik funksiya amaliyotida geosiyosatning davlatlar va xalklar turmushini urganishda kullaydigan bir kator uslublari taqqoslash, ekstrapolyatsiya (narsa va xodisaning bir qismini kuzatish asosida olingan xulosalarni uning boshka kismiga yoyish yoki tatbik etish), empirik (tajriba kilish) va shular singari uslublarining o‘rni kattadir. Prognoz kilish funksiyasi. Geosiyosatning prognoz kilish funksiyasi bevosita gnoseologik funksiya asosida shakllanadi. Chunki xar bir muammoning kelajagidan bashorat kilish uchun usha muammo birinchi navbatda obdon o‘rganilmogi lozim. Ob’ektda turgan masalaning qanchalik chuqur o‘rganilganlik darajasi tadkikotchi uchun tegishli xulosalarni chikarish xamda uning kelajakdagi kechmishi hakida xam muayyan imkonini beradi. Prognoz kilish funksiyasining axamiyati kachonki olib borilayotgan geosiyosiy tadkikotlar kuyidagi jixatlarni uzida namoyon etsagina bo‘ladi, ya’ni: muammoga — nisbatan bildirilgan fikr — muloxazalarning kanchalik darajada ilmiy tomondan isbotlanganligi bilan; bildirilgan sharxlarning xalklar, davlat va mintakalarning geosiyosiy turmushiga kanchalik darajada uzgarishlarni olib kelishi bilan: bashoratlarning yakin yoki uzok muddatga muljallangan. Prognoz qilish — siyosiy voqealarning rivoji va ko‘rinishlari, ular amalga oshirilishining muqobil yo‘llari va muddatlari ilmiy asoslangan mulohazalarni ishlab chiqish jarayonlari, ularning usha voqeliklar sharoitida amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. Prognoz kilish funksiyasi bir kator prinsiplarga asoslanadi, ya’ni tartiblik, muvofiklik, uzluksizlik, mukobillik va rentabellik. Tabiiyki, ushbu prinsiplar jamiyatning iqtisodiy — siyosiy, ijtimoiy —siyosiy, siyosiy — mafkuraviy va harbiy —siyosiy doiralarini o‘rganishda qo‘l kelishi mumkin. Bundan tashkari, amaliy jixatdan geosiyosatning prognoz kilish funksiyasi kuyidagi boskichlardan iborat: Prognoz kilishdan oldin; Ma’lumotlarni yig‘ish; Tayanch andazalarni ishlab chikish; Qidiruv modellarini tanlash; Belgilangan (normativ) modellarni amaliyotga tadbiq etish; Tahlilnyang anikligi va ishonchliligini baholash; Tavsiyalarni ishlab chikish; Borliqdagi geosiyosiy jarayonlar kelajagi vp ularning kayta kurinishda rivojlanishini oldindan prognoz kilish kanchalik murakkab bulmasin, prognoz kilish funksiyasi tadkikotchilar nigoxidan chetda kolayotgani yuk. Balki unga kizikishning ortishi orkasida geosiyosiy tadkikotlarni urganish va taxlil kilish mazmun va ma’no jixatidan takomillashib bormokda. Boshkaruv funksiyasi. Jamiyatdagi xar kanday jarayonlarda boshkaruv elementlarini kurish mumkin yoki ijtimoiy jixatdan xam boshkaruv elementlarisiz kundalik xayotimizni tasavvur eta olmaymiz. Boshkaruv yangi —yangi axborotlar tizimiga asoslanadi. Chunki boshkaruvchi (o‘z soxasi yoki doirasida) barkaror faoliyat olib borishi uchun xam (o‘ziga tegishli) informatsiyalarga extiyoj sezib boradi. Jumladan geosiyosatning boshkaruv funksiyasi xam shunga asoslangan. Boshka soxalardan farkli tarzda, geosiyosat boshkaruvga tegishli karorlar va tavsiyalarni berish uchun doimiy ravishda mavjud informatsiyalarni (xalklar, davlatlar va mintakalar va b.) yigib boradi va taxlil etadi. Fakat shu asosdagina masalaga nisbatan tegishli bulgan asosiy xulosalarni chikaradi. Masalan, xar kanday jarayonlarda boshkarishga oid karorlarni chikarish uchun muammoli xolatni agroflicha taxlil kilmok, kerak. Bu birinchidan. Ikkinchidan, muammoga ob’ektiv baxo berish uchun turli kuchlar (sub’ektlar) va omillarni xisobga oluo lozim (siyosiy, iktisodiy, geografik va b.). Uchinchidan, sub’ektlarning vokeaga ta’sir etish darajalarini urganish kerak. Tabiiy geosiyosat boshqaruv xaqidagi, xalqlar va davlatlar turmushida boshkarish bilan boglik bulgan muammolarni, ularning boshkalarga ta’sir etishi va ularni bartaraf etishning yul —yuriklarini, urganadigan fandir. Shunday ekan uning jamiyatdagi boshkaruv funksiyasiga xam kuyidan yukoriga karab yunaltirilgan xodisa sifatida karamok kerak. Mafkuraviy funksiya. Mafkuraviy funksiya geosiyosatning asosiy funksiyalaridan biri xisoblanadi. Xush, mafkuraning uzi nima? Mafkuralar asosini ma’lum bir g‘oyalar tashkil etadi. O‘zining ta’sir kuchiga ega bulgan fikrlarsiz goyalar shakllanmaganligi singari, goyalarsiz mafkuralar ham bo‘lmaydi. Mafkura jamiyat, uning tuzilishi, eng asosiysi, jamiyatning umumiy rivojlanish yullaridagi muayyan majmuasidir. To‘g‘ri, bu bilimlar ijtimoiy jihatdan odil yoki noodil bo‘lishi tabiiy. Birok, geosiyosatni bilimlar kimlar yoki kaysi kuchlarning manfaatini ximoya kilishi masalasi kiziktiradi. Klassik geosiyosiy kopsepsiyalarga e’tibor bersangiz, ular tashkaridan biror olim yoki siyosatshunosning ilmiy karashlaridek ko‘rinadi. Konsepsiyalarni chuqurroq o‘rgansangiz uning shunchaki ilmiy — nazariy fikrlar emas, jamiyatdagi muayyan guruhlar, xalqlar va davlatlar manfaatlarini ifodalagan g‘oyalar majmuasi — mafkuraviy ko‘rinishga ega ekanligiga amin bo‘lasiz. Masalan, ingliz tadkikotchisi X.Makkinderning «Xartland» «Asosiy ulka» nazariyasini yoki nemis olimi N.Xausxoferning konsepsiyasi va boshka geosiyosiy dasturlarni olaylik. Mazkur nazariyalar shunchaki sub’ektlar fikrlarni ifodalagan siyosiy karashlar bo‘lganida edi, allakachon siyosiy ta’limotlar tarixiga kirgan bulardi. To‘gri, ular geosiyosiy bilimlar tarixiga mansub. Birok ularning tuzilishi, shakllanishi va rivojlanishi mafkuraviy mohiyatga ega. Shuning uchun xam ular insoniyat tarixiy — evolyusiya tarakkiyotining u yoki bu boskichida ma’lum bir kuchlar, davlatlar manfaati bilan uyg‘unlashishi mumkin. Aniqrog‘i, davlatlar o‘z tashqi siyosiy faoliyati asoslarini ishlab chiqishda va uni amaliyotta gadbiq etishda geosiyosiy konsepsiyalarga murojaat qilishadi. Geosiyosatning mafkuraviy funksiyasi xakida gapirganda jamiyatdagi mafkuralarning xilma —xil shakllarda bulishini xam unugmasligimiz kerak. Chunki biz o‘sha mafkuralarga uning qanday shaklga egaligidan, xususiyatlaridan kelib chiqib baho beramiz. Bu jixatdan mafkuralarning kuyidagi xususiyatlarga ega bulishlarini aytishimiz mumkin: mafkura asosida turgan goyalarning ilmiy va noilmiyligi; ko‘zlangan maksadlarning real va utopik bulishi; konservativ va liberal tamoyillarga egaligi. Mafkuralar kanday ko‘rinish va shakllarda bo‘lmasin, ular asosida umumiy insoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarning turishi xalklar va davlatlar turmushi bilan boglik bulgan geosiyosiy jarayonlarda karama — karshiliklar, konfliktlar o‘rniga konsensusning shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlarni yaratadi. Download 353.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling