1-mavzu. “Globallashuv jarayonlari va ma’naviy tahdidlar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja
Download 353.57 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu maruza
4. Globallashuv fanining uslublari Geosiyosat tarmoklararo fan bo‘lganligi uchun soxaga tegishli xodisalar va jarayonlarni o‘rganishda ko‘plab uslublarni qo‘llaydi. Geosiyosatda uslublarning ko‘pligi uning predmetini chukurroq va har tomonlama anglab yetishga imkon beradi. Har bir uslub geosiyosiy jarayonlarni o‘rganishning o‘ziga xos usul va yo‘llariga ega. Geosiyosat fanida keng kullaniladigan uslublarga tuxtalsak. Tizimli yondashuv uslubi. Tizimli yondashuv uslubi geosiyosiy muammolarni taxlil etishda ularga yaxlit holatda karaydi. Shu bilan birgalikda muammolarga ta’sir etgan, etayotgan va ta’sir etish extimoli bilan bog‘liq bo‘lgan ichki va tashqi omillarni atroflicha o‘rganadi. Muammoning boshlanish xolati va yakunini ko‘rsatuvchi xolatlarni tasvirlaydi. Va nihoyat muammolarni bartaraf etish uchun tegishli siyosiy karorlarni qabul qiladi. Tizimli yondashuv uslubi ilmiy doirada birinchi bor XX asrning 50 — 60 yillarida amerikalik olpmlar T.Parsons (1902—1979) va D.Iston tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur uslubga geosiyosatdan tashkari deyarli barcha ijtimoiy — siyosiy fanlarda murojaat qilinadi. Jamiyatda davlatchilik strategiyasini va umuman geosiyosiy jarayonlarni tizimli yondashuv asosida o‘rganishni modernizm oqimi vakillari (K.Rayt, M.Kaplan, K.Doych va b.) mazmun jixatdan yanada boyitdi. Ya’ni ular mavjud ma’lumotlarni matematik hisoblar va modellashtirish orqali tizimli, tadqiqotlarni olib borish joriy etilgan. Siyosiy uslub. qiyosiy uslubning ilmiy doirada qo‘llanilib kelinishi antik davrlarga borib takaladi. Masalan, Aristotel yoki undan keyinro yashab o‘tgan Forobiy ijodlariga e’tibor bersangiz, ular asarlarida muammolarni o‘rganish asosida kiyosiy uslubdan keng foidalanganligiga amin bo‘lasiz. Zamonaviy geosiyosatda qiyosiy uslubni axamiyati shundaki, u orqali tadqiqotchi jamiyatdagi xalklar va davlatlar turmushini o‘rganadi va ularni bir-biriga taqqoslaydi. Yoki ma’lum bir geosiyosiy maydonlarni boylik asosida farqli jihatlari kiyosiy asosda o‘rganiladi. Muammolarni shu yo‘llar orqali o‘rganish asosida tegishli xulosalarni chiqaradi. Tarixiy uslub. Tarixiy uslubning geosiyosiy jarayonlar va xodisalarni o‘rganishdagi o‘rni katta. Ushbu uslub tadqikot ob’ektida turgan masalalarga nisbatan xronologik jixatdan yondashishini tashkil etadi. Tarixiy faktlar to‘planadi. Jamlangan ma’lumotlar asosida urganilayotgan jarayon yoki muammoning o‘tgan davr, xozirgi muhit va kelajakdagi xolatlari xaqida muayyan fikrlar bildiriladi. Faoliyatli (harakatiy) uslub. Mazkur uslubdan foydalanish geosiyosat ob’ekt va predmetida turgan muammoli vaziyatning umumiy tavsifi xamda uning xarakatlanishi bilan bogli tomonlarni urganishda kul keladi. Geosiyosiy jixatdan u kechayotgan jarayonlarni xarakatdagi kuch sifatida biladi. Shuning uchun xam muammo dinamikasini bosqichlarga bo‘lib o‘rganishni afzal ko‘radi. Jumladan, muammolar dinamikasini taxlil etishda xarakatdagi kuchlarning maksadlarini aniklash va qarorlar qabul kilishga; kabul kilingan rejalarni amaliyotga tadbik, etishga; faoliyatni boshkarib turishga; amaliyotda qo‘yilgan maqsadlarni doimo hisobga olib turishga; olingan natijalarni taxlil kilishga va uz navbatida yangi maksad va vazifalarni ishlab chikishga katta e’tibor beradi. Geosiyosatda xarakatiy uslub siyosiy karorlar kabul kilishning muhim uslubigina emas, balki nazariy asosi bulib xam xizmat kiladi. Bundan tashqari, geosiyosiy kuchlarning me’yoriy faoliyati ularning qanchalik o‘z xarakatlarini real voqelik bilan uygunlashtira olganliklariga bogliq. Funksional uslub. Ijtimoiy — siyosiy fanlarda funksional uslub jamiyat barcha doiralarining o‘zaro alokadorligini tadkiq; etadi. Geosiyosatda esa ko‘proq davlatlarning iktisodiy — siyosiy, xarbiy, madaniy munosabatlarini, urbanizatsiya darajasi va axolining zichligini, ijtimoiy guruxlar va institutlarning siyosiy faolligi va boshka shu kabi masalalarni nazarda tutadi. Funksional uslub siyosiy hodisalar yoki geosiyosiy jarayonlarni urganishda diniy dogmatik yoki axloqiy qadriyatlarga asoslanib olishni yoqlamaydi. Balki muammolarda ularning tashqi muxit bilan bog‘lanishi, izchilligi va nochorli real hayot bilan uygunlashganligini taxlil etishning zarurligiga katga e’tibor beradi. Funksional uslub jamiyat, davlat, davlatlar ittifoklariga murakkab tuzilmalar sifatida qaraydi va ularning xar biri mavjud tuzumda o‘ziga xos funksiyalarni bajaradi. Shuningdek, funksional uslub jamiyat va davlatdagi siyosiy institutlar — xalkaro tashkilotlar, davlatlar uyushmasi, davlatlar, partiyalar, siyosiy xarakatlar va boshka ijtimoiy guruxlarning faoliyatini ham o‘rganadi. Ijtimoiy —siyosiy fanlarga funksional uslubni italyan mutafakkiri, tarixchi va davlat arbobi Nikollo Makiavelli (1469—1527) olib kirgan va u o‘z asarlarida mazkur uslubni keng qo‘llagan. Ba’zi tadqiqotchilar geosiyosat fanining uslublari katoriga institutsional, antropologik, mantiqaviy va empirik uslublarini xam kushishadi. Bizningcha, geosiyosatda mazkur uslublar tuzilishi va muammolarni tadqiq etish kulami jixatidan funksional uslub doirasiga kiradi. Download 353.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling