1-mavzu. “Globallashuv jarayonlari va ma’naviy tahdidlar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja
Geosiyosat va globallashuv tushunchasi
Download 353.57 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu maruza
Geosiyosat va globallashuv tushunchasi Nafakat ilmiy doirada, balki siyosatshunoslar urtasida xam «geosiyosat» tushunchasiga nisbatan yagona bir ta’rif yuk. Mavjud ta’riflar u yoki bu darajada bir-birini to‘ldirsada, ma’lum jixatdan bir-biriga karama-karshi xamdir. O‘z navbatida geosiyosatning ob’ekta va sub’ekta xakida xam turlicha karashlar bor. Albatta, bildirilgan fikrlarga salbiy munosabat bildirish kerak emas, balki ularga geosiyosatning fan sifatida shakllanayotganligi bilan bog‘liq tabiiy jarayon sifatida baholash kerak. To‘g‘ri, XX asrning 90-yillarigacha kommunistik mafkura geosiyosatni imperialistik ekspansiya asoslash uchun geografik dalil va omillardan (mamlakatning xududi, joylashuvi va boshqalar) foydalanuvchi siyosiy konsepsiya deb, uning asosini irkchilik, maltuschilik, sotsial.—darvinizm bilan bog‘lab ta’riflash orka salbiy baxolab kelgan. Birok, keyingi un yil ichidagi o‘zgarishlar geosiyosatga nisbatan yangicha yondashuvlar yuzaga chikardi va geosiyosat sobik sovet fani uktirib kelgan goyalarning batamom aksi ekanligini kursatdi. "Geosiyosat" so‘zi garchi yunon tilidagi "geo" (yer) va "politika" (davlatni boshkarish san’ati). Qolaversa, baxs etayotganimiz geosiyosat nazariyasi xam avvalo nemis geosiyosiy maktabida shakllanganligi barchaga ma’lum. «Geosiyosat» so‘zini asarlarida ishlatmasada, geosiyosat fanining «otasi» deb nemis olimi Fridrix Ratselni aytish mumkin. Olim siyosiy geografiyadan baxs etadi va uzining 1897 yilda chop etilgan asosiy ishini xam «Siyosiy: geografiya» deb nomlagan. Garchi F.Ratsel siyosiy geografiya xakida sub’ektiv fikrlarini o‘rtaga tashlasada, uning muloxazalari bevosita geosiyosiy axamiyatga ega edi. Jumladan, olim davlatda geografik omillarning ustuvorligini va ularning o‘zgarmasligi borasidagi fikrlarni yoklamaydi. Uningcha, davlat doimo jo‘shqinlikda xaet kechiruvchi «tirik organizmdir». F.Ratsel fikricha, geosiyosat siyosiy geografiyadan farkli tarzda, davlatning joylashishi, uning iklimi va shakllari bilan birlamchi darajada kizikmaydi. Ilmiy doirada birinchi bulib "geosiyosat" atamasini shved olimi Rudolf Chellen (1864—1922) uzining «Davlat xayotning bir shakli sifatida» nomli asarida qo‘llagan. Olim geosiyosatga kuyidagicha ta’rif beradi, ya’ni «geosiyosat — bu borlikdagi davlatlarni geografik organizm sifatida o‘rganuvchi fandir». Shuningdek, geosiyosat "... makonni fundamental asosda tadkiq kilish bo‘lib, tadkikot Yer va undagi foydali kazilmalar bilan boglik. Bu esa o‘z navbatida imperiyalarning tashkil topishini, mamlakatlarning yuzaga kelishini va davlatlar xududdarini urganish demakdir". Geosiyosatga o‘ziga xos ta’rif o‘z vaktida «Geopolitika» nomli nemischa jurnalda berilgan: Geosiyosat yer va siyosiy jarayonlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi fandir. U geografik fundamentga ega. Shuningdek, geosiyosatdagi siyosiy organizmlar va ularning tuzilishini urganuvchi fan — siyosiy geografiyaga asoslanadi. Geosiyosatning maksadi siyosiy xarakatlarni kerakli vositalar bilan ta’minlash va umuman siyosiy xayotga yunalishni kursatadi. Bu jixatdan geosiyosatni amaliy siyosatni boshkarish xakidagi fan deyish mumkin. Geosiyosat — davlatning geografik aklidir. Kuplab tadqiqotchilar geosiyosatga davlatning geostrategik kudratiga ta’sir o‘tkazuvchi geografik, tarixiy, siyosiy, madaniy va bosh a omillarni o‘rganuvchi fan sifatida arashadi. Ba’zilari esa geosiyosatning jamiyatdagi, ma’lum bir mintaqa yoki davlatlardagi xarbiy — siyosiy, madaniy va iklgisodiy omillarni etuvchi fan ekanligini isbotlashga urinishadi. Umuman geosiyosatga nisbatan berilgan ta’riflarni shartli ravishda uchta asosiy qismga ajratish mumkin. Bular: - yo‘nalish: geografiya va siyosat urtasidagi munosabatlarga katta e’tibor beriladi. Bu yunalishdagilar geografiyaga birlamchi omil sifatida k.arab, uning siyosatga kuprok ta’sir etishini uktirishadi; - yo‘nalish: muayyan mintaka yoki ja onda xokimiyat uchun siyosiy kuch markazlarining uzaro kurashlariga kengrok e’tibor beriladi. Bu yunalishdagilar asosan davlatlararo raqobatga e’tibor berib, fanning umumbashariy xususiyatlaridan baxs etadi; - yo‘nalish: xalkaro maydonda xokimiyat uchun kurashni geografik asosda tadkiq kilgan va ishlayotgan geosiyosatshunos tadkikotchilar fikrlari. Bu yunalishdagilar geosiyosiy konsepsiyalarning davlatlar tashki siyosatining ko‘rinishi sifatida kabul kilishadi. Shu o‘rinda aytish mumkinki, ikkinchi yo‘nalishdagi tadqiqotchilar fikrlari uchun ushbu yo‘nalishga oid olimlarning fikrlari genetik asos bo‘lishi mumkin. Qayd kilingan umumiy qarashlardan ko‘rinib turibdiki, geosiyosat uslubiy va o‘z ob’ekti siyosiy geografiyadan farq kilsada, uning amaliyoti jamiyatdagi geografik omillar va siyosat bilan bevosita boglangan. Anikrogi, geosiyosat o‘z amaliyotida kuyidagi ikki ko‘rinishdagi geografik xolatlarni, ya’ni doimiy va o‘zgaruvchan geografik omillarni hisobga oladi. Doimiy geografik omillarga davlat yoki mintakaning xududiy joylashuvi, chegarasining shakli va kulami (nisbatan), iklimi, relefi, flora va faunasi va shu kabilar kiradi. O‘zgaruvchan geografik omillar esa mintaka yoki davlatning axolisi, foydali qazilmalari, siyosiy madaniyati va ijtimoiy tuzilishlarini nazarda tutadi. Umuman borlikdagi asosiy geosiyosiy omillar kuyidagi kurinishlarda namoyon buladi: siyosiy (davlatning siyosiy tuzilishi va uning uziga xos xususiyatlari, davlatdagi ijtimoiy katlamlar, davlatning chegaralari) geografik (borlikda joylashuv xolati, tabiiy resurslari, fauna va flora dunyosi va iktisodiy (axolining turmush darajasi, ishlab chikaruvchi kuchlar kudrati, tuzilishi va madaniy (milliy an’analar, madaniy kadriyatlar fan va ta’lim tarakkiyoti darajasi va demografik (axoli tarkibi va joylashuvi, axolini o‘sish darajasi va xarbiy (qurolli kuchlarining kudrati va xarbiy tayyorgarligi, xarbiy mutaxassislarni tayyorlash darajasi va ekologik (axolining davlatlar va mintakalar tabiiy resurslarining chegara munosabati, xom—ashyo zahiralarining kamayishi va geosiyosat uz kamrovi jixatidan kup kirrali va juda kengdir. Zamonaviy geosiyosat mundarijasi jaxon siyosati, xokimiyat muammosi va jamiyatdagi ustuvor mafkuralar omillari bilan bevosita boglik. Bu jixatdan geosiyosatga — geosiyosat jamiyatdagi boshqaruv muammolarini tadqiq etadigan fan deb ta’rif berish mumkin. Bundan tashkari, geosiyosat fan sifatida bir kator mustakil fan va fan soxalarining xususiyatlarini, o‘zida mujassamlashtirgan. Bular - geografiya, siyosatshunoslik, tarix, etnografiya, dinshunoslik, ekologiya, mafkuralar tarixi, sotsiologiya, xarbiy bilimlar nazariyasi va amaliyoti, demografiya va boshqalar. Ko‘rinib turibdiki, geosiyosat shunchaki bir fan emas, balki kuplab fanlarga xos xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan tarmoqlararo fan tizimidir. Kayd kilingan muloxazalar asosida geosiyosatga kuyidagi ta’rifni berish mumkin: geosiyosat — danlagning strategii sudratiga ta’sir etuvchi geografik, tarixiy, siyosiy va boshqa o‘zaro bog‘liq bulgan omnllarni birgalikda kiruvchi va etuvchi tarmoklararo fandir. Download 353.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling