1-mavzu. “Globallashuv jarayonlari va ma’naviy tahdidlar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja


 Globallashuv ob’ekti va predmeti


Download 353.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana22.04.2023
Hajmi353.57 Kb.
#1376980
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu maruza

2. Globallashuv ob’ekti va predmeti
 
Bugungi xalkaro munosabatlarda kechayotgan jarayonlarni o‘rganish va 
ularni taxlil etishdagi nazariy — uslubiy yondashuvlar o‘tgan davrlardagi 
yondashuvlardan ma’lum darajada farq kiladi. Negaki, zamonaviy ilmiy muxit jaxon 
tarakkiyotining murakkab muammolarini o‘zida joriy kilgan "o‘tish davri" bilan 
rubaru kelib turibdi. Uning ustiga "sovuk urush”dan keyin jaxon siyosatiga ta’sirini 
kursatayotgan geosiyosiy o‘zgarishlar to‘lkini yangi bir bosqichga ko‘tarildi. Bir 
kator davlatlarda siyosiy tuzumlar tubdan o‘zgardi; davlatlarning va ittifokdosh 
davlatlarning geografik chegaralari yangidan shakllanib bu jarayon ma’lum 
ma’noda yana davom etmokda; integratsiya jarayonlarini dezintegratsiya alokalari 
kamrab oldi yoki aksincha. Umuman, xalkaro munosabatlar tizimi tez o‘zgarib 
turibdi. 
Xalkaro munosabatlarda kechayotgan va yangidan shakllanayotgan bunday 
jarayonlarni taxlil etishda zamonaviy xalkaro hukuk va xalkaro munosabatlar 
nazariyasidagi nazariy — taxliliy yondashuvlar ojizlik kilmokda. Bu jixatdan 
mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yo‘llarini topish uchun 
tabiiy ravishda geosiyosatga zarurat tushmokda. Chunki, yukorida kayd kilingan 
siyosiy jarayonlar va shu singari boshka muammolar bevosita geosiyosat fanining 
ob’ekti va predmeti hisoblanadi. 
Geosiyosat ob’ekti — dunyoning geosiyosiy tuzilishi va dunyoviy tartibot. 
Geosiyosat ob’ekti jahonning geosiyosiy xaritasi turishi birinchi navbatda, 
dunyoning ko‘p qutbli dunyoga ajralishi bilan va xalqaro munosabatlarning yangi 
bir transformatsiya — davlatlarning o‘z ta’sir doiralari uchun kurash bosqichiga 


kutarilishi bilan boglik bulsa, ikkinchidan, jamiyatda kup kirrali global dunyoviy 
siyosat tushunchasining shakllanishi bilan xam boglikdir. Mazkur masalalar 
geosiyosat ob’ekti yaxlit holatda turishi mumkin, birok geosiyosat ularni taxliliy 
jixatdan urganishni bir kator bosqichlarda kuradi. Masalan, zamonaviy geosiyosat 
dunyoning siyosiy xaritasida kechayotgan jarayonlarni umumbashariy, mintakaviy 
va ma’lum bir davlatning o‘zigagina daxldorligidan kelib chikib tahlil etadi va 
tegishli xulosalarni chikaradi. 
Dunyoviy siyosat — xalkaro hududning asosiy sub’ektlari o‘rtasidagi 
siyosiy faoliyatlar muammosi; Xalkaro siyosat tuzilish jihatidan suveren, mustaqil 
milliy davlatlarning tashqi siyosiy faoliyatini; mintakaviy davlatlararo va 
jamoatchilik tuzilmalari, guruxlari va itgifoqdoshlar o‘rtasidagi aloqalarni xamda 
umumbashariy miqyosida 
B M T
va boshqa xalkaro tashkilotlar va muassasalar 
faoliyatlarini qamrab oladi. 
Geosiyosatning tarixiy tarakkiyotiga e’tibor bersak, uning predmeti xam 
zamonga mos tarzda takomillashib, o‘zgarib borganligiga amin bo‘lamiz. Chunki 
jamiyatdagi geosiyosiy jarayonlar mavjud davlatlar manfaatlari bilan boglik bo‘lgan 
real vokelikni o‘zida aks ettiradi. Shu boisdan xar bir davrda geosiyosat predmeti 
sifatida jamiyatdagi ustuvor sohalar va xalqaro siyosatga dahddor bo‘lgan strategik 
masalalar namoyon bo‘lgan. 
Geosiyosat predmeti — jamiyatda kechayotgan xar xil darajadagi ijtimoiy 
— siyosiy jarayonlar, ularning yuzaga kelishi, xarakatlanishi va o‘zgarib borishini 
o‘zida aks ettiruvchp voqealar rivoji. 
Masalan, XX asr boshlaridan geosiyosat predmetining bir elementi sifatida 
jamiyatdagi iktisodiy jarayonlar namoyon bula boshladi. Ilmiy —texnika 
revolyusiyasi esa jamiyatning iqtisodiy doirasini yangi bir bosqichga ko‘tardi. XX 
asr oxiriga kelib iktisodiy jarayonlar geosiyosat predmetinipg tarkibiy kismiga 
aylandi. Aynan shu davrdan boshlab dunyodagi siyosiy jarayonlarga iqtisodiyot 
omilining ta’siri sezilarli ravishda shakllandi. 
Xalqaro iqtisodiy jarayonlar nafakat texnologik, balki tashkiliy jihatdan ham 
takomillasha boshladi. Iktisodiy jarayonlarshng umumbashariylashuvi xalkaro 


savdo, davlatlararo munosabatlarda investisiya, kapital ahamiyatini ko‘rsata 
boshladi. Tabiiyki, bu va bularga mansub bo‘lgan boshka iktisodiy tarmoqlar 
nafaqat xalqaro hayotda muhim o‘ringa ega, balki ularning dunyoviy siyosatga ta’sir 
etayotganligi ham real hakikatdir. 
Bundan tashkari, — zamonaviy geosiyosatning asosiy muammolari bulib 
kelayotgan kuyidagi masalalarni geosiyosiy tadkikotlarning predmeti sifatida kurish 
mumkin: 
ilmiy — texnika revolyusiyasi rivojining samarasi bo‘lgan harbiy-texnikaviy 
vositalar va ular turlarining kupayib va takomillashib borayotganligi; o‘z navbatida 
davlatlarning harbiy-texnika vositalaridan foydalanish, ularni ishlab chikarish yoki 
chikarmaslikka nisbatan munosabatlari; 
davlatlar va xalklar xayotida muxim ahamiyatga ega bulayotgan elektron 
aloka vositalarining birgina kommunikatsiya vositasi emas, ularning xarbiy va 
iktisodiy soxalarga xam bog‘lanadi. 

Download 353.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling