KUCHNI SHAROITGA QARAB HOSIL BO‘LISHI
Agar inson eng yuksak muskul kuchlanishi bilan, tanaga har xil massani o‘zgartirib, qator harakatlar bajarsa, kuchning paydo bo‘lish miqdori har xil bo‘ladi. Avval o‘zgaruvchi massaning tanaga ta’siri natijasida kuch o‘sib boradi (zona - A), ammo keyinchalik massaning oshishi kuchning ko‘payishiga olib kelmaydi (zona - B).
Kuch va massaning bog‘liqligi jismoniy tarbiya amaliyotida ko‘p uchrab turadi. Misol: Sportchining yadro irg‘itishi uchun ketgan kuchi, shtanga ko‘tarish uchun ketgan kuchdan kam bo‘ladi va h.k.
Ammo tana massasi katta bo‘lsa, u holda odamning unga sarf qiladigan kuchining kattaligi o‘zgaruvchi massaga bog‘liq bo‘lmaydi va odamning kuch imkoniyati bilangina aniqlanadi.
KUCHNING TEZLIKKA BOG‘LIQLIGI
Har xil og‘irlikda bo‘lgan yadroni, uning uchish tezligini va mexanik kuchini o‘zgartirgan holda irg‘itsak, kuch va tezlik teskari proporsional bog‘lanishda bo‘ladi. Tezlik qancha katta bo‘lsa, ko‘rsatilgan mexanik kuch shuncha kichik bo‘ladi va aksincha (5-rasm).
Bu bog‘lanishni sxematik ravishda quyidagicha ko‘rsatish mumkin. "A" nuqtasi izometrik sharoitlariga (tezlik O ga teng, ko‘rsatilgan kuch maksimal", "B" nuqtasi og‘irliksiz harakatga (yuklama 0 ga teng, tezlik maksimal qiymatda) mos keladi. Jadvaldagi nuqtalar oraliq holatlarga to‘g‘ri keladi.
KUCH TURLARI
SHaxsiy kuch - statik rejim sekin bajariladigan harakatlardir (tana massasi oshishi bilan, absolut kuch ham oshadi).
Tezkor kuch (dinamik kuch) - tez bajariladigan harakatlar. Tez-kor kuch 2 ga bo‘linadi: a) eguvchi va b) egiluvchi (amortizatsion kuch)
Portlash kuchi qisqa vaqt ichida katta kuch ko‘rsata olish qobi- liyatidir.
Sport ustalari va yangi shug‘ullanayotgan sportchilar jqo‘zg‘almay balandlikka sakrashda har xil va farqli kuch ko‘rsatishlari mumkin.
Kuch va o‘zgaruvchan massaning bog‘liqligi. 4-rasm
Sportchining tana massasi qancha katta bo‘lsa, uning kuchi ham oshib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |