1-mavzu. Hodisalar va ularning ehtimolliklari reja


Download 351.68 Kb.
bet2/21
Sana05.01.2022
Hajmi351.68 Kb.
#223599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
1-maruza

1.1. Hodisalar fazosi
Ehtimollar nazariyasining asosiy tushunchalaridan biri tajriba va tajriba natijasida kuzatilishi mumkin bo’lgan hodisa tushunchalaridir.

Hodisa deyilganda ro’y berishi yoki ro’y bermasligi mumkin bo’lgan har qanday voqeani tushunamiz.

Tajriba hodisani ro’yobga keltiruvchi shartlar majmui (kompleksi) ning bajarilishini ta’minlashdan iboratdir.

Biz qiziqqan hodisaning ro’y berishi yoki ro’y bermasligi o’tkazilayotgan tajribaning shartlar kompleksi ga bog’iqdir. Shuning uchun bu shartlar oldindan kelishib olinadi.



1.1-misol. Mergan to’rtta sohaga ajratilgan nishonga qarata o’q uzadi. O’q uzilishi – tajriba. Nishonning tayin sohasiga o’q tegishi – hodisa.

1.2-misol. Qutida rangli sharlar bor. Qutidan tavakkaliga bitta shar olinadi. Qutidan shar olinishi tajriba hisoblanadi. Tayin rangli shar chiqishi – hodisa.


Download 351.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling