1-mavzu: I-II jahon urushi o’rtasidagi evropa mamlakatlari va aqsh asosiy savollar


Download 23.16 Kb.
Sana12.11.2020
Hajmi23.16 Kb.
#144320
Bog'liq
1-Мавзу (1)


1-mavzu: I-II JAHON URUSHI O’RTASIDAGI EVROPA MAMLAKATLARI VA AQSH

Asosiy savollar:
1. I jahon urushi nihoyasi va insoniyat tarixida eng ongli davrning boshlanishi.

2.1918 yil kuz faslidagi Germaniya va Avstriya, Vengriyadagi demokratik inqiloblar va ularning oqibatlari.

3.Evropada 1918-23 yillarda xalqaro munosabatlar.

Tayanch tushuncha va iboralar:

I - jahon urushi, yangi davr boshlanishi, Germaniya, Avstriya-Vengriya, demokratiya, inqilob, Bavariya, Roza Lyuksemburg, Revolyusiyaga karshi fitna, Millat majlisi.



Maqsad: I - jahon urushi, uning insoniyatga etkazgan moddiy, ma’naviy zarari va uning okibatlari tug‘risida talabalarga tushuncha berish, tarix saxifalarida yangi davr boshlanishini so‘zlab berish.

Identiv o‘quv maqsadlari:

    1. Birinchi jahon urushi xaqida tushuncha berish, nixoyasi xaqida so‘zlab berish.

    2. Xar qanday urush har doim jamiyatga vayronagarchilik va qashshoqlik keltirishini mohiyatini ochib berish.

    3. Insoniyat tarixida yangi davr deb nomlanishi tushunchasini izohlab beradi.

    4. Evropada 1928-1923 yillardagi xalqaro munosabatlarni nechoglik ekanligini tushuntirib beradi.

1-savolning bayoni:

Birinchi jahon urushi tamom bo‘lgandan keyin oradan ko‘p utmay g‘olib davlatlar qo‘lga kiritilgan uljani bo‘lib olishga intildilar.1919 yil 18 yanvarda Parijda sulh konferensiyasi ochildi. Konferensiyaning ishida 32 davlatning vakillari katnashdi. Sovet Rossiyasi konferensiyaga taklif etilmadi.Taklif etilgan mamlakatlarning vakillari fakat sulh shartnomalarini imzolashga chakirilgan edi, xolos.

Imperatlistik matbuot, konferensiya er yuzida mustahkam tinchlikni ta’minlaydi, deb insoniyatni ishontirishga o‘rindi. Birok, xalqlarning taqdiri AQSH prezidenti Vilson, Angliya bosh ministri Lloyd Jorj hamda Fransiya xukumatining boshlig‘i Klemanso tomonidan yashirincha xal qilindi.

Sulh konferensiyasi davomida kechagina ittifoqchi bo‘lgan davlatlar o‘rtasida keskin ixtiloflar borligi ma’lum bo‘ldi. Urushda necha yuz millionlab dollar boylikni talab qildi.Ular Vilson nutqlari orqali, AQSHning jahonga "ma’naviy rahbarlik" huquqi bor, deb bayon qildilar va "ochik eshiklar" prinsipini keng ko‘lamda qo‘llanilishini talab etdilar.Evropada Fransiya bilan Angliyaning gegemon bo‘lib olishiga yul quymaslik maqsadida, Amerika delegatsiyasi kuchli militaristik Germaniya saqlab kolinishini yoklab chikdi.Vilson bu bilan AKSHning Evropadagi mavqeini mustahkamlab olishni, eng muximi esa Sovet Rossiyasiga qarshi kurashish uchun Germaniyani saqlab qolishni muljallagan edi.

Fransiyaning Germaniyaga nisbatan tarritorial da’volari munosabati bilan Lloyd Jorjning bildirgan e’tirozlariga javoban Klemanso Britaniya bosh ministiriga:"G‘alabadan keyin darhol Angliya bizning dushmanimiz bo‘lib qoldi", deb ta’na qildi.Bunga Lloyd Jorj kulib" Angliyaning an’anaviy siyosati ana shundan iborat emasmi?" deb javob kaytardi.Britaniya bosh ministri Amerika prezidenti kabi, german imperalizmidan Sovetlarga qarshi maqsadlarda foydalanishga umid kilgan edi. Nixoyat, g‘olib davlatlar rahbarlari sulh shartnomasi loyihasini tuzib chiqishni uzaro yon berishlar yuli bilan tugalladilar.

Fransiya El’zas va Lotaringiyani o‘ziga qaytarib oldi.Saar oblasti 15 yil muddatda millatlar Ittifoki boshqaruviga berildi, ko‘mir xavzasining shaxtalari esa, Fransiya mulki bo‘lib qoldi.Germaniya Polshaning mustaqilligini tan oldi.Bir paytlar Prussiya bosib olgan Polsha erlarini - Poznanni, YUqori Sileziyaning bir qismini, SHarqiy Prussiyaning ayrim rayonlarini unga berdi.Polsha SHarqiy Pomor’eni oldi va natijada Baltik dengiziga bevosita chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, Germaniya o‘zining hamma mustamlakalaridan mahrum bo‘ldi.

SHartnoma Germaniya zimmasiga reparatsiya to‘lash majburiyatini yukladi.G‘oliblar konferensiya vaqtida reparatsiya to‘lovlarining miqdori xaqida ham, ulardan har biriga qanchadan ulush tegishi borasida ham bir bitimga kelisha olmadilar.

Germaniyada umumiy harbiy majburiyat bekor qilinadigan bo‘ldi.Uning suv osti flotiga, katta harbiy kemalarga, tank ko‘shilmalariga va harbiy aviatsiyaga ega bo‘lishi taqiqlandi.Reyn zonasi, ya’ni Reynning so‘l sohili buyidagi 50 km kenglikdagi er - demilitarizatsiya zonasi deb e’lon kilindi.



Nazorat topshiriqlari:

    1. Birinchi jahon urushi nihoyasi tug‘risida nimalar bilasiz?

    2. Kaysi davrdan insoniyat tarixida eng yangi davr boshlandi?

    3. 1917-yil Rossiyadagi to‘ntarish voqealari G‘arb mamlakatlariga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

    4. 1917 yil Rossiyada kanday voqealar sodir bo‘ldi?

2 - asosiy savol:

1918 yil kuz faslidagi Germaniya va Avstriya-Vengriyadagi demokratik inqiloblar va ularning oqibatlari.



Maqsadi:1917- yil Rossiyadagi to‘ntarish jarayonidan so‘ng Evropa davlatlarida siyosiy ahvolni, shuningdek 1918 yil kuz faslidagi Germaniya va Avstriya Vengriyadagi voqealarni talabalar diqqatiga etkazish.

Identiv o‘quv maqsadlari:

    1. Germaniya va Avstriya Vengriya davlatlari xaqida tushuntirib berish.

    2. 1918-yil Germaniya va Avstriya-Vengriyadagi demokratik inqiloblari ahamiyatini izohlash.

    3. Demokratik inqiloblarining jamiyatga bo‘lgan ma’naviy va moddiy ta’siri va uning oqibatlarning asl mohiyatini ochib beradi.

2 - savol bayoni:

Germaniyaning urushda mag‘lubiyatga uchrashi mukarrar edi.Hukimron doiralar yutqazib quyilgan urushdan kamroq zarar ko‘rish bilan chiqishni ta’minlaydigan yullarni izlayotgan edi.Xukumat ichida etilib kelayotgan revolyusiyaning oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rish tug‘risida bahslar avj olib ketdi. "YUqori tabaqalar" inqirozi boshlandi.Kayzer xukumati siyosiy uzgarishlar qilishga urinayotgan bo‘lib ko‘rinishga xarakat qilardi."Liberal xukumat" deb atalayotgan xukumatning yangi sostaviga sotsial-demokratlar ham jalb qilindi.Monarxiyani saqlab qolish tarfdori bo‘lgan SHeydeman ministrlardan biri bo‘ldi.

Biroq siyosiy mugambirlik bilan xalq ommasini aldashning ta’siri ostida xalq ommasining noroziligi to‘xtovsiz o‘sib bordi. "Quyi tabaqalar" eskicha ishlashni istamas edi.Imperalistik urushni fuqarolar urushiga aylantirishdan iborat bolsheviklar shiori Germaniya uchun alohida ahamiyatga ega edi. Mehnatkashlar darhol sulh tuzishni va monarxiyaning tugatilishini talab qildilar.

«Spartakchilar» uzlari chiqargan varaqalarda nemis ishchilarini rus birodarlaridan o‘rnak olishga, shiddatli revolyusion kurash bilan o‘z xuquqlarini qo‘lga kiritishga chaqirdilar."Spartak" gruppasi xalq revolyusiyasi dasturini ilgari so‘rdi. Bu dastur urushni darhol tuhtatishni, demokratik tartiblar o‘rnatilishini, monopoliyachilar va pomeshchiklar hokimiyatini tugatishni nazarda tutardi.

Revolyusiya 1918 yil 3 noyabrda boshlandi. Urushning davom etishiga qarshi chiqqan Kil shahrining harbiy dengizchilari quzg‘olon ko‘tardilar.Kil ishchilari qo‘zg‘olonni qo‘llab quvvatlab, umumiy ish tashlash e’lon qildilar. SHaharda ishchilar va soldatlar Soveti tashkil etildi.Revolyusiya tezda butun Germaniyaga yoyildi, qirol va knyaz sulolalari xoqimiyatini tugatdi.Mamlakatning xamma joylarida ishchi va soldat Sovetlari paydo bo‘la boshladi.

"Spartak" gruppasi va fabrika - zavod revolyusion starostalari chaqirigi bilan Berlin ishchilari 9 noyabr yalpi ish tashlash boshladilar, u tezda qurolli quzg‘olonga aylanib ketdi.Qizil bayroqlar qo‘targan yuz minglab ishchilar shahar markaziga, kazarmalar va xukumat muassasalari tomon yurdilar.Namoyishchilar "Yuqolsin urush!", "Yuqolsin kayzer!" deb xitob qildilar.Ishchilar bilan birga qo‘shilgan soldatlar birgalikda xukumat devorlarini bosib oldilar va respublika e’lon qilinishini talab qildilar. Bu xol SHeydemanni reyxstag derazasidan to‘rib so‘zlagan nutqini: "YAshasin erkin germaniya respublikasi!" degan so‘zlar bilan tugatishga majbur etdi. Oradan ikki soat utgandan keyin K.Libknext imperator saroyi balkonidan to‘rib Germaniyani sotsialistik respublika deb e’lon qildi va ishchilarni proletar davlatini tuzishga chaqirdi.1919 yilning yozida o‘z tarkibiga ko‘ra, burjuacha bo‘lgan va Veymer shahrida yigilish o‘tkazilgan Ta’sis majilisi konstitutsiya qabul qildi.Uni ko‘pincha Veymar respublikasi deb atashardi.Konstitutsiya so‘z erkinligi, yigilishlar o‘tkazish, ittifoqlar tuzish, matbuot erkinligi, erkaklar va ayollar uchun umumiy hamda teng saylov xuquqini rasman va tantanali ravishda e’lon qildi.

Inqilob natijasida yunkerlar xukumati blokidagi hukimronlik ta’siridan mahrum bo‘ldi.YUnkerlar - burjua imperalizmi burjua-yunkerlar iperalizmiga aylandi, yarim absolyut monarxiya o‘rniga burjua - parlament respublikasi o‘rnatildi.Respublika prezidenti konstitutsiya buyicha katta vakolatlarga, shu jumladan,mamlakatda favqulodda holat joriy etish huquqiga ega bo‘ldi.

Nazorat topshiriqlari:


    1. 1918 yillarda Germaniya va Avstriya Vengriyadagi siyosiy ahvolni aniqlash.

    2. 1918 yil ko‘z faslida Germaniya va Avstriya-Vengriyadagi demokratik inqiloblarning sodir bo‘lishining asl sabablarini ko‘rsating?

    3. Demokratik inqiloblarning natijasi va oqibatlarini ochib bering?

    4. Germaniya va Avstriya-Vengriya demokratik inkiloblarning boshqa davlatlarga ta’sirini tushuntirib bering?

3-asosiy savol:

Evropada 1918-23 yillarda xalqaro munosabatlar.



Maqsadi:Talabalarga 1918-1923 yillarida Evropadagi xalqaro munosabatlarningahvoli, bo‘lib to‘rgan muhim voqealar va sanalar xaqida so‘zlab berish, inqilobiy xarakatlarni bostirilishi, iqtisodiy inkirozning boshlanishi sabablarini ochib berish.

Identiv o‘quv maqsadalari:

    1. Evropada 1918-23 yillarda gi xalqaro munosabatlardagi eng muxim vokealarda xabardor buladi.

    2. Xalqaro munosabatlarni keskinlashuvida va bir kator demokratik inkiloblarni yuz berishida kanday omillar sabab bulganini biladi.

    3. Evropada 1918-23 yillar uzining kanday xalqaro vokealari bilan tanilganligini aytib beradi.

3-savol bayoni:

Germaniya bilan tuzilgan shartnomadan tashkari, uning sobik ittifokchilari Avstriya, Vengriya, Bolgariya va turkiya bilan xam shartnomalar imzolandi. Ana shu shartnomalarning xammasi birga kushilib, Versal sistemasini tashkil etdi va bu sistema urushdan keyingi kapitalistik dunyoda xalqaro munosabatlar tartibini belgilaydigan buldi.

Versal sistemasi imperalistik davlatlar urtasidagi ziddiyatlarni bartaraf kila olmadilar. Buyuk davlatlar tomonidan amalga oshirilgan va engilgan mamlakatlar bilan tuzilgan shartnomalarda kayd kilingan dunyoning yangidan taqsimlanishi muvakkat xaraterga ega edi. Versal sulxi enggan davlatlar bilan engilgan davlatlar urtasida ziddiyatlar keltirib chikardi. Goliblar lagerida xar uzaro rakobat kuchaydi. Parij konferensiyasining karorlari Amerika monopoliyalarining da’volarini konlirmadi, talab olingan uljalarni taqsimlash ularning foydasiga xal bulmadi.

Golib davlatlar urtasidagi kurash keskin tus olgan bir vaziyatda sobik nemis mustamlakalari va Usmoniylar imperiyasi erlarining takdiri xal kilindi. AKSH prezidenti Vudro Vilsondan "turk merosi" tugrisidagi muzokaralar kanday boryapti, deb surashganda, imperalitslar Germaniyaning sobik mustamlakalarini va Turkiya mullklarini ochikdan-ochik bosib olishga jur’at etolmadilar. Guyo mustamlakalarning xalklari ekonomika va siyosiy xayotda mil suratda raxbarlik kila olmaydilar deb uylab chikarilgan baxona bilan ustidan Millatlar Ittifoki orkali mandat sistemasi deb atalgan vosiylik urnatilgan.

Fransiya Suriyaga, Livanga, Togo va Kamerunning bir kismiga bulgan mandatlarni oldi. Germaniyaning ba’zi mustamlakalari Angliya dominonlari idora kiladigan buldi; YAponiyaga Marshal orollari, Mariya orollari va Marjon orollari xamda SHandunga egalik kilish xukuki berildi. Kartadan 4-albomga karang.Amerika diplomatiyasining tashabbusi bilan 1921-1922 yillarda Vashingtonda konferensiya utkazilib, uning borishida uchun ancha kulayrok bulgan nisbatini vujudga keltirishga intildi.

AKSH xukumati ikkiyuzlamachilik bilan "ochik eshiklar" va "baravar imkoniyatlar" prinsipining tarafdori bulib maydonga chikdi. Davlatlar Xitoy bilan uzlarining uzaro munosabatlarini ana shu prinsip asosida kurish va bunda noieng shartnomalar sistemasini saklab kolishga kelishib oldilar. SHunday kilib, imperalistik davlatlarning Xioyni birgalikda tanlash tugrisidagi bitimi YAponiyani bir muncha vakt ularning foydasiga xizmat kilishga majbur etdi.



Vashington bitimlari buyuk Tinch okeani davlati bulgan Sovet Rossiyasining ishtrokisiz kabul kilindi., uni konferensiyaga takilif etishmadi. Bu karorlar xam Xitoy xalkining ozodlik xarakatiga karshi, xam Sovet davlatiga karshi karatilgan edi. Tinya okean xavzasidagi imperalistik davlatlar urtasidagi ziddiyatlarni konfkerensiya yuk kila olmadi, balki vaktincha sal pasaytirdi.

Nazorat topshiriqlari:

  1. Evropadagi kanday vokealar 1918-1929 yillar xalqaro munosabatlarda uz AQSHini topgan?

  2. Bu yildagi xalqaro munosabatlarni axvoli va uning okibatlari kay darajada buldi?

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Язьков Е. Ф. История стран Европы и Америки в новейшее времия. 1918-1949 гг. М., 2000

  2. Нуриддинов З.Р. Гарб мамлакатларининг энг янги тарихи (1917-1939) Т.1963 й.

  3. Энг янги тарих I кисм Т. 1995. В.К. Фураев.

  4. Понамарев М. В. История стран Европы и Америки в новейшее времия: учеб. М.: изд-во «Проспект», 2008.

  5. В. Л. Мальков ,Ф.Рузвельт "Проблемы внутренной и политики и дипломатии.М1988.

  6. Энг янги тарих фанидан ўқув услубий мажмуа . Т.2011

  7. Жаҳон мамлакатлари. Маълумотнома / тузувчилар: Ш. Эргашев ва бошқ. Т., «Ӯзбекистон» 2012.

  8. www. ziyonet. uz

  9. www. Edu.uz

  10. www.ziyonet.net

  11. www.history.ru

  12. www. Google.uz

Download 23.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling