1-mavzu: Insoniylik ulug’ fazilat
Mashg’ulotning texnologik xaritasi
Download 139.8 Kb.
|
2 kurst tarbiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-ilova Bаhs-munоzаrаgа qаtnаshuvchilаrni bаhоlаsh mеzоnlаri
- Yangi mavzu bayoni: MAVZU: Tariqatchilik. Din va madaniyat Reja
1.2. Mashg’ulotning texnologik xaritasi
1-ilova Bаhs-munоzаrаgа qаtnаshuvchilаrni bаhоlаsh mеzоnlаri
Yangi mavzu bayoni: MAVZU: Tariqatchilik. Din va madaniyat Reja: 1. Tariqatchilik 2. Din va madaniyat Tariqat (arabcha — yoʻl, usul) — tasavvufga xos tushuncha. Unga koʻra, sufiy yoki solik tirikchilikning barcha tashvishlaridan voz kechishi, doim kambagʻallikda qanoat qilib yashashi, tarkidunyo qilishi, har narsani xudodan deb bilishi, xudoni sevishi va unga intilishi, ixtiyorini pir, murshidga topshirishi lozim. Bundan tashqari T. tushunchasi koʻproq tasavvuf yoʻnalish (suluk)i, tarmogʻi maʼnosida qoʻllaniladi. Tarixda tasavvuf tariqatlarini notoʻgʻri tushunish va talqin qilish natijasida baʼzi mutaassiblikka berilish holatlari ham kuzatilgan. Tasavvufda T. koʻp boʻlgan, mas., tayfuriya, qodiriya, suhravardiylik, bektoshiya va boshqa Oʻrta Osiyoda naqshbandiya, kubroviylik, yassaviylik T.lari tarqalgan. Tariqat (arabcha: طريقه yoʻl, usul) — so’fiylikka xos tushuncha. Uch maʼnoda ishlatiladi: 1) umuman soʻfiylik yoʻli; 2) soʻfiylikning muayyan tarmogʻi, yoʻnalishi; 3) soʻfiylik bosqichlaridan biri. Lekin Tariqatni soʻfiylik yoʻnalishlari (suluklari), tarmoqlari maʼnosida qoʻllash kengroq tarqalgan. Soʻfiylikning bosqichi sifatida Tariqat soʻfiylar oldiga qoʻyiladigan oʻziga xos talablar majmuasini, xilma-xil ruhiy-jismoniy xatti-harakatlarni oʻz ichiga oladi. Tariqatga qadam qoʻyish — tirikchilikning barcha tashvishlaridan voz kechish hamda ixtiyorni pir-murshid (eshon)ga topshirishdan boshlanadi. Undan keyin Tariqat yoʻlida soʻfiy yana bir necha bosqich (maqom)larni, jumladan doim kambagʻallikda, tasodifiy rizq hisobiga yashash (faqr), tarki dunyo qilish (zuhd), har narsani faqat xudoga solish (tavakkul), uni sevish va unga intilish (muhabbat, shavq) va boshqa bosqichlarni oʻtaydi. Soʻfiylikning baʼzi yoʻnalishlari insonni nafaqat zohidlik, balki mutaassiblik yoʻliga ham yetaklaydi. Soʻfiylikda Tariqatlar gʻoyatda koʻp boʻlgan. Hozirgacha ayrim Sharq mamlakatlarida saqlanib kelayotgan qodiriya (Eron va Afgʻonistonda), rifoiya (Eron), tayfuriya (arab mamlakatlari), mavlaviya (Turkiya), chishtiya (Hindiston, Pokiston), bektoshiya (Turkiya), safaviya (Eron) va boshqa shular jumlasidandir. Oʻrta Osiyoda esa, ilgaridan naqshbandiylik, kubroviylik,yassaviylik tariqatlari tarqalgan. Din (arab. — eʼtiqod, ishonch, itoat) — Alloh ga, gʻayritabiiy kuchlar mavjudligiga ishonish. D. muayyan taʼlimotlar, his-tuygʻular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon boʻladigan, olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning oʻziga xos usuli. D.ning paydo boʻlishi haqida yagona fikr yoʻq. Islom dini taʼlimotiga koʻra, D. — Alloh tomonidan oʻz paygʻambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilajagi zarur boʻlgan ilohiy qonunlardir. Tabiat va insonni yaratgan, ayni vaqtda insonga toʻgʻri, haqiqiy hayot yoʻlini koʻrsatadigan va oʻrgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda etadigan taʼlimotdir. Madaniyat inson faoliyati va shu faolliyatning ahamiyatini belgilovchi ramziy qurilmalar va asarlar majmuidir. Madaniyat musiqa, adabiyot, badiiy tasvir, meʼmorchilik, teatr, kinematografiya, turmush tarzi kabi faoliyatlarda namoyon boʻlishi mumkin. Antropologiyada "madaniyat" atamasi ostida mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish, estetik maʼno berish, hamda shu jarayonlarga bogʻlangan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Bu maʼnoda madaniyat oʻz ichiga sanʼat, fan va maʼnaviy tizimlarni oladi. Madaniyat — jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli koʻrinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va maʼnaviy boyliklarda ifodalanadi. "M." tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik M.), konkret jamiyat, elat va millat (oʻzbek M.i), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining oʻziga xos sohalari (mas, mehnat M.i, badiiy M., turmush M.i)ni izoxlash uchun qoʻllaniladi. Tor maʼnoda "M." atamasi kishilarning faqat maʼnaviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi. Download 139.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling