1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning predmeti, vazifalari va mazmuni reja


«Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti deb – turli mulk shaklidagi firma


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/38
Sana24.03.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1291821
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38
Bog'liq
1 MAVZU IQTISODIY TAHLILNING PREDMETI, VAZIFALARI VA MAZMUNI

«Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti deb – turli mulk shaklidagi firma
uyushma, birlashma va hakozolarning moliyaviy-xo‘jalik jarayonlarini sodir 
bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zgarishini ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi hamda 
moliyaviy barqarorligi, to‘lov qobiliyati, raqobatga chidamli bo‘lib faoliyat 
ko‘rsatishi uchun zarur texnik, tashkiliy, moddiy, moliyaviy, innovatsion 
boyliklaridan oqilona foydalanayotganligiga baho berishga aytiladi. Bunday 
o‘rganishda jamiyatda amal qilayotgan ob`ektiv va sub`ektiv qonunlarga 
tayanadi hamda ko‘pgina axborot manbalaridan foydalanadi».
Fanning predmeti ta`rifidan shu narsa ko‘rinadiki, iqtisodiy tahlil 
korxonalarning xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyatlari hamda ularning yakuniy 
moliyaviy natijalarini o‘rganadi. Korxonalardagi xo‘jalik jarayonlari asosiy 
faoliyat, ularni tashkil etish hamda yuritish bilan bog’liq bo‘lgan barcha ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarni qamrab oladi. Korxonaning boshqa faoliyatlarini xo‘jalik 
jarayonlari bilan birgalikda amalga oshiriladigan moliyaviy hamada investitsiya 
faoliyati, soliq to‘lovlari kabi munosabatlar tashkil etadi. Iqtisodiy tahlilda korxona 
iqtisodi faqat dinamik holatda emas, balki statik tarzda ham o‘rganiladi. 
Korxona faoliyatida ob`ektiv va sub`ektiv omillar ta`sirida yuzaga kelgan 
xo‘jalik jarayonlari mazmuni quyidagicha izohlanadi.
Tahlilning predmetini o‘rganishda faqat sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlar bilan cheklanib qolish mutlaqo yetarli bo‘lmas edi. Tahlildan maqsad 
mavjud natijaga odilona baho berish bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni 
kelgusida bartaraf qilish va shu orqali tahlil qilinayotgan ob`ektning iqtisodiy va 
moliyaviy ahvolini yaxshilashdan iboratdir. 
Korxonalar faoliyatiga baho berishda o‘rganilayotgan iqtisodiy hodisa va 
jarayonlarga bog’liq bo‘lgan sub`ektiv omillarni ham e`tiborga olib tahlil qilinadi. 
Sub`ektiv (ichki) omil deyilganda korxonalarning amaliy faoliyati bilan yuqori 
samaradorlikka erishish, ya`ni mehnat, moddiy va asosiy fondlardan oqilona 
foydalanish hisobiga ko‘proq mahsulotlar ishlab chiqarishda hamda yuqori foyda 
olish evaziga korxonalar faoliyatini yaxshilash mumkinligini ham o‘rganadi. 
Ob`ektiv (tashqi) omillar deyilganda, korxona faoliyatiga mutlaqo bog’liq 
bo‘lmagan omillar tushuniladi, ya`ni davlat siyosatining o‘zgarib turishi, bozordagi 
talab va taklifning o‘zgarishi, baho, tabiiy omillar va hakozolar. 
Iqtisodiy manbaalardan foydalanib o‘rganish deyilganda esa buxgalteriya, 


statistik, tezkor hisob ma`lumotlaridan foydalangan holda korxona va firma 
faoliyati aniq raqamlar bilan o‘rganiladi va umumlashtiriladi. Chunki, iqtisodiy 
manbaalar korxonalarda sodir bo‘layotgan hodisa va jarayonlarni aniq o‘lchaydi, 
aks ettiradi va baho beradi. 
Har qanday fanning ob`ekti bo‘lishi lozim. Ammo, «Iqtisodiy tahlil» 
fanining nazariyasiga bag’ishlangan eng so‘nggi adabiyotlarda ham bu masalaga 
yetarlicha e`tibor qaratilmagan. Shu tufayli fanning predmeti bilan ob`ektini ko‘p 
hollarda bir xil tushunchalar deb qaraladi. Bu esa o‘z navbatida nazariy jihatdan 
asossiz, chalkash xulosalarga olib kelishi mumkin. 
Har qanday fanning ob`ekti uning predmeti qaerlarda amalga oshishini 
ko‘rsatib beradi. «Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti hozirgi bozor munosabatlari 
shakllanayotgan sharoitda ko‘p mulkchilikka asoslangan barcha yuridik va 
jismoniy shaxslarning xo‘jalik faoliyatida mujassam. Shu tufayli, tahlil fanining 
ob`ektiga davlat, jamiyat tashkilotlari, uyushmalar, trestlar, birjalar, korxonalar, 
tashkilotlar va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub`ektlarning xo‘jalik jarayonlari kiradi. 
Bu ob`ektlar iqtisodiy asosi jihatidan davlat, jamoa, aktsiyadorlik, xususiy, xorijiy 
va aralash kabi mulk shaklida faoliyat ko‘rsatadigan ob`ektlarga bo‘linadi.
Ob`ektning va davrning qanday bo‘lishidan qat`iy nazar ushbu fan 
predmetining mohiyati o‘zgarmasligi, ob`ekt esa tahlilning qaysi makonda 
o‘tkazilishiga qarab o‘zgarib turishi mumkin. Shu jihatdan uning predmeti 
ob`ektidan mazmun va mohiyati jihatidan tubdan farq qiladi. 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida «Iqtisodiy tahlil»ning sub`ektlari 
bo‘lib, tahlil ob`ektini kim tomonidan o‘rganilishiga qarab belgilanadi, ya`ni 
hozirgi vaqtda xo‘jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyatini juda ko‘p mutaxassislar
mulkdorlar, davlat idoralari xodimlari tahlil qiladilar. 
Tahlil ishlarini amalga oshiruvchi tahlil sub`ektlari tarkibiga korxona 
(firma), tashkilot va uyushmalarning oddiy xodimidan rahbar xodimigacha bo‘lgan 
barcha xodimlari, buxgalterlar, iqtisodchilar, menejerlar, boshqaruv idorasi 
xodimlari, statistika idorlarari xodimlari, auditorlar, moliya tashkilotlari xodimlari, 
texnik xizmati xodimlari, mehnat birjasi xodimlari, atrofni muhofaza qilish 
tashkiloti xodimlari, marketing xizmati xodimlari, bank va birjalar xodimlari 
kabilar kiradi. 
Shunday qilib, iqtisodiy tahlil fanining predmeti, xo‘jalik faoliyatida 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling