1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning predmeti, vazifalari va mazmuni reja
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
1 MAVZU IQTISODIY TAHLILNING PREDMETI, VAZIFALARI VA MAZMUNI
Induktsiya – alohida faktlar bilimidan umum bilimlarga (ya`ni qonunlar
yoki boshqa amaliy va zaruriy aloqalarni aks ettiradigan) o‘tish usulidir. Deduktsiya – fikrlarni umumiylikdan xususiylikka tatbiq etish usulidir. Bunda, umumiy tasnifdagi qonunlar, bog’likliklar xususiy tasnifga o‘tkaziladi. Mazkur usullar yordamida iqtisodiy hodisalarni ham xususiy, ham umumiy jihatlari o‘rganilib, tegishli xulosalar olinib, amaliyotga tatbiq etiladi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan bilishning elementlari, usullari (dialektika, analiz, sintez, induktsiya va deduktsiya) iqtisodiy-tahlil fanida ham iqtisodiy voqea va jarayonlarning o‘rganishni asosini tashkil etadi. Iqtisodiy tahlil aytib o‘tilgan umumiy usullar va xususiy jihatlar bilan birgalikda alohida fan sifatida yuzaga chiqib, korxonalarni tadqiq qilish tizimiga ega bo‘ladi. Yuqorida jahon amaliyotida bir qator iqtisodiy fanlar bilan bir qatorda tahlil fanining ham shakllanishi, rivojlanishi va mustaqil fan sifatida tashkil topishining tarixiy bosqichlari haqida fikr yuritildi. Buxgalteriya hisobi fanining yaratilganligiga 500 yildan oshdi. Shu fan negizida «Iqtisodiy tahlil» fani vujudga kelganligiga ham 100 yilga yaqinlashdi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni jadallashtirishda bu fanning roli juda katta, chunki, amaliyotda iqtisodiy dastaklarning biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. 90-yillarning boshlariga kelib O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach barcha sohalarda bo‘lgani singari ilm-fan sohasida ham o‘zining mustaqil yo‘lini tanlab oldi. Xususan, iqtisodiyot tarmoqlarida iqtisodiy tahlilga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgara boshladi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni jadallashtirishda bu fanning roli juda katta, chunki, amaliyotda iqtisodiy dastaklarning biri sifatida tahlil namoyon bo‘lmoqda. Respublikamizda tisodiyotni erkinlashtirish bir tomondan, korxonalarning mustaqil faoliyati uchun katta imkoniyat yaratib bersa, ikkinchi tomondan, ularning mas`uliyatini ham oshiradi. Korxonalarning iqtisodiy erkinligi va mas`uliyatining oshganligi ularning o‘z faoliyatini chuqur tahlil qilishni taqozo qiladi. Albatta, iqtisodiy tahlil ma`muriy buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyot sharoitida ham mavjud bo‘lgan. Ammo, uning maqsadi va mohiyati, rejali iqtisodiyotga moslashtirilgan bo‘lib, bevosita rejaning shakllanishi va bajarilishiga xizmat qilishga qaratilgan edi. Uning mazmuni esa, ma`lum darajada, mafkuraviy bo‘lib, avvalo, davlat manfaatini ifodalab kelgan. Chunki, barcha mulk, uni tasarruf etish bevosita davlatning ixtiyorida edi. Endilikda iqtisodiy vaziyat tubdan o‘zgardi. Davlatning mulkka va barcha iqtisodiy jarayonlarga egaligi barham topib, ko‘p mulkchilikka asoslangan, bozor munosabatlarini o‘zida ifoda etadigan, mazmun jihatidan yangi iqtisodiyot shakllanmoqda. Bu esa, shunga mos ravishda mazmunan yangi «Iqtisodiy tahlil» fanini shakllantirilishini taqozo qiladi. Endigi «Iqtisodiy tahlil» fani, eng avvalo, hech qanday mafkuraga tobe emasligi, davlat manfaatini inkor etmagan holda, turli mulk egalarining manfaatlarini o‘zida aks ettirishi bilan o‘ziga xoslik kasb etadi. Bu holat mazkur fanning maqsadi, vazifalari, tarkibi, unda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimini o‘zgartirishni taqozo qiladi. Iqtisodiy tahlil – bu iqtisodiy hodisa va jarayonlar mohiyatini anglash, tarkibiy qismlarga bo‘lishga asoslangan. Ularni ko‘p qirrali aloqa va bog’liqligini o‘rganishdir. Tahlil fanining paydo bo‘lishi har qanday yangi bilimlarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan ob`ektiv sharoit va talablarni vujudga kelishidir. Birinchi navbatda – kompleks va tizimli tahlil bo‘lgan amaliy talabning vujudga kelishi sababi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, ishlab chiqarish munosabatlarining takomillashuvi, ishlab chiqarish ko‘lamining kengayishidir. Bunday sharoitda rivojlanmagan oddiy korxonalarda qo‘llanilib kelingan tahliliy hisob – kitoblar, faraz qilishlarni qo‘llanilishi rivojlangan katta korxonalar sharoitiga yetarli bo‘lmay qolishi, korxona faoliyatini har tomonlama qamrab olgan kompleks iqtisodiy tahlilsiz murakkab iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va optimal qarorlar qabul qilish mushkul bo‘lib qoladi. Tahlil fanining O‘zbekistonda yaratilish tarixini taxminan 5 bosqichga bo‘lish mumkin. Resrublikamizda «Iqtisodiy tahlil» fanining yaratilish va rivojlanish tarixini quyidagi chizmada ifodalab o‘tish mumkin (2-chizma). Sobiq ittifoq olimlari ichida xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish fani bo‘yicha O‘zbekistonlik olimlarning mavqei uzluksiz oshib bordi. Shu fanga bag’ishlangan qator monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, risolalar va ilmiy maqolalar chop etila boshlandi. Respublikamizda 60-70 yillarda tahlil fanining tashkil topishi va shakllanishida asosiy mavqeini samarqandlik olimlar egallaganini e`tirof etgan holda, 80-yillarga kelib poytaxtimiz Toshkent shahrida va respublikaning boshqa hududlarida ham tahlil fani sekin asta shakllandi va rivoj topa boshladi. Bu davrga kelib tahlil fanining rivojlanishiga mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan R.Radjapov, A.S.Sotivoldiev, Yo.Abdullaev, O.Maxmudov, X.Shodiev, N.Xan, A.Shoalimov, A.T.Ibragimov, A.Usanov, A.K.Ibragimov, B.Hasanov va boshqalar katta hissa qo‘shdilar. 80-yillarda Respublikaning Samarqandda yaratilgan tahlil maktabini a`zolari ham o‘z an`analarini davom ettirib, yuqori va sermahsul ijod qildilar. Bu davrga kelib samarqandlik olimlardan I.T.Abdukarimov, M.Pardaev va A.A.Abdievlar hamkorlikda «Xo‘jalik faoliyatining tahlili»ga bag’ishlangan to‘rt tomlik al bom yaratdilar. 1984 yilda I.T.Abdukarimov tomonidan «Matlubot kooperatsiyasi xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» nomli darslik Moskvaning «Ekonomika» nashriyotida chop etildi. Bu darslik Ittifoqdagi barcha kooperativ institutlariga va «Buxgalteriya hisobi, nazorat va xo‘jalik faoliyatining tahlili» bo‘yicha mutaxassislik tayyorlaydigan barcha oliy o‘quv yurtlariga tavsiya qilindi. Bu darslikni keng jamoatchilik juda yaxshi kutib oldi. Natijada 1989 yilda ushbu darslik aynan ana shu nashriyotda qayta ishlangan va to‘ldirilgan variantida yangidan nashr qilingan. 1990 yillarning boshlariga kelib respublikamizda «Iqtisodiy tahlil» faniga oid dastlabki o‘zbek tilidagi adabiyotlar yaratila boshlandi. Ayniqsa, bu davrga kelib buxgalteriya hisobidagi axborotlarni avtomatlashtirish masalalariga keng e`tibor qaratildi. Shu yillari hisob, tahlil, statistika va reja ma`lumotlarini avtomatlashtirish bo‘yicha bir qancha adabiyotlarni R.A.Abdullaev, R.I.Abdukarimov, N.A.Ibrohimov, K.U.Urazov, M.B.Abbosovlar turli nashriyotlarda chop ettirib keldilar. 2 Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling