Stoxastik bog‘lanishlarni o‘rganish uchun juft korrelyatsiyalar usulini qo‘llash
Korrelyatsion tahlilning asosiy vazifalaridan biri omillarning natijaviy ko‘rsatkichlar kattaligiga (mutlaq o‘lchamda) ta’sirini aniqlashdan iborat. Bu masalani yechish uchun o‘rganilayotgan bog‘lanish (to‘g‘ri chiziqli, egri chiziqli) tavsifini yaxshiroq aks ettiradigan mos turdagi matematik tenglama tanlab olinadi. Bu korrelyatsion tahlilda muhim ahamiyatga ega, chunki masalani yechish yo‘llari va natijalarni hisoblash regressiya tenglamasini to‘g‘ri tanlashga bog‘liq.
Bog‘lanish tenglamasini asoslash parallel qatorlarni solishtirish, ma’lumotlar va chiziqli grafiklarni guruhlash yordamida amalga oshiriladi. Nuqtalarni grafikka
joylashtirish o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar o‘rtasida to‘g‘ri chiziqli bog‘lanish yoki egri chiziqli bog‘lanish shakllanganligini ko‘rsatadi.
Korrelyatsiya koeffitsiyenti 0 dan 1 gacha qiymat qabul qilishi mumkin. Qiymati 1 ga qancha yaqin bo‘lsa, o‘rganilayotgan holat bilan bog‘lanish shunchalik chambarchas bo‘ladi va aksincha.
Buning uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
Kk =
е X ЧY - N ЧX ЧY .
l x Чl y
Bu yerda:
X Ч Y
= е X ЧY ;
X = е X ; Y
= е Y ;
N N N
l x =
е X 2 -
N Ч X 2 ; l E =
е Y 2 -
N Ч Y 2 .
Misol. Korxonada mahsulot ishlab chiqarish tannarxi bilan umumishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilinib ularning bog‘liqlik darajasi o‘rganilishi kerak. Buning uchun korxonada quyidagi kuzatuv ishlari amalga oshirilib, kerakli ma’lumotlar to‘plandi (4.4-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |