1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


Download 282.03 Kb.
bet34/80
Sana14.04.2023
Hajmi282.03 Kb.
#1356949
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80
Bog'liq
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va (1)

3.20-jadval

Ko‘p omillar ta’sir miqdorini zanjirli bog‘lanish usulida hisob-kitob qilish modeli





Tartib raqami



Bir biriga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlar (omillar)



Umumlashtir uvchi ko‘rsatkich

Umumlashtiruvchi ko‘rsatkichning o‘zgarishi

b- las

Almash-

A

B

D

C

Alohida

O‘zgarish-




tirishlar







olingan omillar
ta’sirida

lar hisobi

1



Reja

Reja

Reja

Reja

A bazis

x

x

2

1

Haqi- qatda

Reja

Reja

Reja

A1 qayta hisoblangan

A

A1 – A

3

2

Haqi- qatda

Haqi- qatda

Reja

Reja

A2 qayta hisoblangan

B

A2 – A1

4

3

Haqi- qatda

Haqi- qatda

Haqi- qatda

Reja

A3 qayta hisoblangan

D

A3 – A2

5

4

Haqi- qatda

Haqi- qatda

Haqi- qatda

Haqi- qatda

A4 haqiqatda

C

A4 – A3

(A1–A) – (A2–A1) – (A3–A2) – (A4–A3) = A4–A.


Ushbu modelni aniq misolda o‘rganib chiqamiz. Ma’lumki, mahsulot hajmi o‘zgarishiga ishchilar soni, ishlangan kishi kunlari, soatlari, bir soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi kabi omillar ta’sir qiladi. 3.21-jadvalda mahsulot hajmi o‘zgarishiga qayd etib o‘tilgan omillar ta’sir miqdori hisoblanib topiladi.

3.21-jadval

Mahsulot hajmining o‘zgarishiga omillar ta’sirini hisoblash





Bir biriga ta’sir etuvchi omillar

Mahsulot hajmi, ming so‘m

Umumlashtiruvchi ko‘rsatkichning
o‘zgarishi

Ishchi- larning o‘rtacha soni, kishi

Bir ishchi ishlagan kishi kun- larining o‘rtacha soni, kishi
kuni

Bir ishchiga to‘g‘ri kela- digan kun- lik o‘rtacha soat, soat

Kunlik o‘rtacha bir soatga to‘g‘ri kela- digan mahsulot hajmi, ming so‘m

Alohida olingan omillar ta’sirida

O‘zgarish- lar hisobi

100

267

6,5

2

347100

x

x

107

267

6,5

2

371397

Ishchilar soni

24297

107

260

6,5

2

361660

Kishi kunlari

–9737

107


260


6,8


2


378352


Kunlik o‘rtacha
soat

16692


107

260

6,8

2,3

435105

Bir soatga to‘g‘ri keladigan
mahsulot hajmi

56753

x

x

x

x

435105–
347100

Haqiqatda Reja

88005

3.21-jadval ma’lumotlaridan ma’lum bo‘lmoqdaki, korxonada mahsulot ishlab chiqarish hajmi hisobot yilida o‘tgan yilga taqqoslaganda 88005=(435105– 347100) ming so‘mga ko‘paygan. Mazkur ijobiy o‘zgarishga 88005=(+24297)+(– 9737)+(+16692)+(+56753) ishchilar soni (+24297), kishi kunlari (–9737), kunlik o‘rtacha soat (+16692) hamda bir soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi (+56753) ta’sir etgan. Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kishi kunlarining –7=(260– 267) kunga kamayishi mahsulot hajmi o‘zgarishiga salbiy ta’sir qilgan. Qolgan boshqa omillar esa natijaviy ko‘rsatkich o‘zgarishini ijobiy tomonga yo‘naltirgan.




Mutlaq farqlar usuli


Iqtisodiy tahlilda natijaviy ko‘rsatkichlar o‘zgarishiga omillar ta’sirini alohida aniqlash uchun ko‘p turdagi usullar qo‘llaniladi. Shulardan biri mutlaq farqlar usulidir. 20-jadvalda qayd etilgan misolni mutlaq farqlar usulida hal etish tartibi quyidagicha bo‘ladi.


ΔYaMIS=ΔIS*KK0*KS0*BS0=((107–100)=7)*267*6,5*2=24297 ΔYaMKK=IS1*ΔKK*KS0*BS0= 107*((260–267)=–7)*6,5*2= –9737


ΔYaMKS=IS1*KK1*ΔKS*BS0= 107*260*((6,8–6,5)=0,3)*2 =16692 ΔYaMBS=IS1*KK1*KS1*ΔBS=107*260*6,8*((2,3–2,0)=0,3)=56753

Bu yerda: YaM – yalpi mahsulot; IS – ishchilarning o‘rtacha soni; KK – bir ishchi ishlagan kishi kunlarining o‘rtacha soni; KS – bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kunlik o‘rtacha soat; BS – kunlik o‘rtacha bir soatga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi.


24297+(–9737)+16692+56753 = 88005.




Nisbiy farqlar usuli


Ushbu usul ham omillar ta’sir miqdorini alohida hisoblab topish uchun mo‘ljallangan. Uni amalga oshirish tartibi 3.22-jadvalda keltirilgan.




3.22-jadval

Nisbiy farqlar usuli





Hisoblash tartibi

Misol

1. ΔYaMIS=YaM0*(ΔIS/IS0)

347100*(7/100) = 24297

2. ΔYaMKK=(YaM0+ΔYaMIS)*(ΔKK/KK0)

(347100+24297)*(–7/267) =
= 371397*(–0,026) = –9700

3. ΔYaMKS=(YaM0+ΔYaMIS+ΔYaMKK)*

(347100+24297+(–9700))*

*(ΔKS/KS0)

*(0,3/6,5)=361697*0,5 =16638

4.ΔYaMBS=(YaM0+ΔYaMIS+ΔYaMKK+ΔYaMKS)*

(347100+24297–9700+16638)*

*(ΔKB/KB0)

*(0,3/2)=378335+0,15 = 56750

24297–9700+16638+56750=87985≈88005

Natijaviy ko‘rsatkich o‘zgarishiga ta’sir etgan omillarning har birini alohida miqdorini aniqlovchi usullar bir-birlaridan ayrim jihatlari bilan afzal yoki kamchiliklariga ega.




15. Analitik ma’lumotlarni jadvalda keltirish usullari


Tahlilning natijalari, odatda, jadval ko‘rinishida keltiriladi. Bu muayyan tartibda joylashgan raqamlar yordamida o‘rganilayotgan hodisalarga oid analitik axborotlarni taqdim etishning yanada ratsional va qulay shaklidir. Analitik jadval raqamlar tilida ifodalangan fikrlar, mulohazalar tizimini o‘zida aks ettiradi.


Analitik jadvallarni tuzish – iqtisodiy tahlil metodikasida muhim element. Bu jarayon o‘rganilayotgan hodisalarning mohiyati, ularni tahlil qilish metodikasi jadvallarni rasmiylashtirish qoidalariga oid maxsus bilimlarni talab qiladi.
Jadvallarning uch ko‘rinishi mavjud: oddiy, guruhli va kombinatsiyalangan.
Oddiy jadvalda tavsiflanayotgan hodisa majmuaviy birligi sanaladi. Oddiy jadvallar vazifasi – o‘rganilayotgan hodisa haqida axborotlarni faqatgina sanab o‘tishga tayinlanadi (3.7-jadval).
Guruhli jadvallarda o‘rganilayotgan majmuaviylikning alohida birliklari bo‘yicha ma’lumotlar yoki guruhlar bir jiddiy belgisi bo‘yicha birlashtiriladi (3.17- jadval). Ko‘rsatkichlarning dinamikasini aks ettirishda ma’lumotlar xronologik tartibda joylashtiriladi.
Analitik mazmuniga ko‘ra jadvallar turlicha farqlanadi.
Kombinatsiyalangan jadvallar hodisani oddiy va guruhli tartibda joylashtirgan murrakab ko‘rinishda bo‘ladi (3.15-jadval).
Masalalarni hal qilish uchun tahlilda ko‘p sonli jadvallar keltirilishi mumkin. Bu holatda jadvallarni joylashish tartibi mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirilishi shart. Bu esa tahlil natijalarini oson tushunish imkonini beradi.
Tahlil natijalarini umumlashtirish uchun qo‘shma jadvallar tuzilib, unda korxonaning faoliyatining u yoki bu jihatiga ko‘ra tadqiqot materiali tizimlashtiriladi.

4-MAVZU. IQTISODIY MASALALARNI HAL QILISHDA QTISODIY-MATEMATIK USULLARNING QO’LLANILISHI





  1. Iqtisodiy matematik usullarning turlari
  2. Determinallashgan modellar va xo‘jalik faoliyatidagi omillar tizimi tahlili


  3. Stoxastik modellar va xo‘jalik faoliyatidagi omillar tizimi tahlili
  4. Chiziqli dasturlash usuli va uning tahlilda qo‘llanilishi


  5. Nazariy o‘yin usuli va tahlilda foydalanishning o‘ziga xos tomonlari



  1. Iqtisodiy matematik usullarning turlari


Iqtisodiy tahlilni takomillashtirishning muhim yo‘nalishlaridan biri korxonalar faoliyatida iqtisodiy-matematik usullardan hamda bu boradagi ilg‘or axborot texnologiyalaridagi yangiliklardan samarali foydalanishdir. Ushbu tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga tatbiq etilishi iqtisodiy tahlil imkoniyatlarini oshirib, yanada ko‘proq turdagi va murakkab tavsifdagi masalalarni qisqa muddatda to‘g‘ri hal qilish imkonini beradi. Natijada korxona iqtisodiy faoliyatidagi juda ko‘plab omillar topiladi hamda o‘rganiladi, iqtisodiy resurslardan foydalanishning eng maqbul yo‘llari tanlanadi, qabul qilinadigan boshqaruv qarorlari ilmiy jihatdan asoslanadi hamda faoliyat samaradorligini oshiruvchi zaxiralar aniqlanib, ular maqsadga muvofiq yo‘naltiriladi.


Matematik usullar iqtisodiy tahlil vazifalarining ilmiy tasnifi hamda iqtisodiy- matematik modellashtirish metodologiyasiga asoslangan holda qo‘llaniladi.
Iqtisodiy tahlil qilishda matematik usullarni qo‘llash korxona faoliyatida qator o‘ziga xos shartlarni e’tiborga olishni talab qiladi. Ularning asosiylari quyidagilardir: korxona iqtisodiyotini to‘laligicha axborot texnologiyalariga asoslangan tizimga moslashtirish, iqtisodiy-matematik modellarni ishlab chiqish, korxonaning axborot manbalarini takomillashtirish, korxonani zamonaviy kompyuter vositalari bilan ta’minlash, xodimlar malakasi va shu kabilar.
Iqtisodiy tahlil maqsadiga ko‘ra matematik usullar turli xil bo‘ladi. Misol uchun, integral, logarifm, korrelyatsiya, regressiya, matematik dasturlash, nazariy o‘yin va shu kabilar.



  1. Download 282.03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling