1-mavzu. Iqtisodiyotni va tashkilotlarni boshqarishda ish yuritishning tutgan o’rni Reja


 Hujjatlar shaklini bir turga keltirish tizimi


Download 16.99 Kb.
bet3/3
Sana05.10.2023
Hajmi16.99 Kb.
#1692200
1   2   3
Bog'liq
1-mavzu. Iqtisodiyotni va tashkilotlarni boshqarishda ish yuriti-fayllar.org

3. Hujjatlar shaklini bir turga keltirish tizimi
Hujjatlarni unifikatsiyalash, ya’ni ularning shakllarini bir turga keltirish muhim
ahamiyat kasb etadi. Barcha korxonalar uchun hujjatlarning majburiy standart
shakllarini joriy etish bilan bu sohani to’laroq unifikatsiyalash mumkin.
Hozirgi paytda boshqarish apparatida, hujjatlarni bir turga keltirish
tizimi qo’yidagicha olib boriladi:
1)
standartlarni va texnik shartlarni bir turga keltirish tizimi;
2)rejalashtirilgan hujjatlarni bir turga keltirish tizimi;
3)tashkiliy-idoraviy hujjatlarni bir turga keltirish tizimi;
4)boshlang’ich hisobga hujjatlarni bir turga keltirish tizimi;
5)hisob-pul hujjatlarni bir turga keltirish tizimi;
6) korxona va tashkilotlarning moliyaviy, boshlang’ich va buxgalteriya hisob
hujjatlarining BTKT;
7) statistik hisob hujjatlarni BTKT;
8) narx-navoni qo’yish bo’yicha hujjatlarni BTKT;
9) xom-ashyo va texnik-ta’minot o’tkazish bo’yicha hujjatlarniBTKT;
10) savdo bo’yicha hujjatlarni BTKT;
11) tashqi savdo bo’yicha hujjatlarni BTKT;
12) qo’rilish uchun loyihalashtirilgan hujjatlarni BTKT;
13)konstruktorlashgan hujjatlarning yagona tizimi;
14)texnologik hujjatlarni yagona tizimi;
15)ixtiro va kashfiyotlar bo’yicha hujjatlarni BTKT;
16)ijtimoiy-ta’minot bo’yicha hujjatlar formasini BTKT.
Rejalashtirilgan vazifa hujjat shaklini bir turga keltirishning asosiylardan biri
hisoblanadi. CHunki u reja bajarilishini ta’minlaydi va undan har bir korxona,
tashkilot va firmalar boshqaruv faoliyatidan foydalaniladi.
Hujjatlar shaklini bir turga keltirish tizimi 3 asosiy turga bo’linadi:
1) sarlavhali;
2) mazmunli;
3) rasmiylashtirilgan.
Ular ham asosiy zaruriy qism (rekvizit) larni joylashish pog’onalariga
bo’linadi. Birinchi pog’onada hujjatlarning nomlari, muassasa va idoralarning
nomlari, hujjatni amal qilish muddati ko’rsatiladi. Ikkinchi pog’onada hujjatning


kodlangan belgilari ko’rsatiladi. Uchinchi pog’onada mazmundor qismi, shaxsan


ko’rsatkichlarni
belgilaydi.
Turtinchi
pog’onada
(rasmiylashtiriladigan)
lavozimlarning nomlari va imzoning sharhi, imzo qo’yilgan sana ko’rsatiladi.
Hujjatlar shaklini bir turga keltirilgan hujjatlar turlariga balans, byudjet,
rejalashtirilgan vazifa, buyurtma, talabnoma, naryad, naryad-buyurtma, ro’yxat.
dastur-reja, majlis bayoni-buyurtma, rejalashtirilgan hisob, smeta, titul ro’yxati kiradi.
Tashkiliy idoraviy hujjatlar shaklini bir turga keltirish tizimi, boshqarmalararo
xususiyatga ega bo’lib, bu tizim barcha muassasa va boshqaruv apparatlarida
ishlatiladi.
Xulosa 
Hujjatlar kishilik jamiyatini o’zliksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Hujjatlar
kechagina vujudga kelgan emas balki, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bu jamiyat
a’zolari o’zaro munosabatlaridagi muayyan muhim holatlarni muntazam va qat’iy
qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar.
Ish yuritish faninint predmeti - hujjatlar bilan ishlash va ularni to’g’ri
rasmiylashtirishdir.
Hujjat - boshqarish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan faktlar.
voqealar. hodisalar to’g’risidagi axborotni maxsus materialda turli usullar bilan
mustahqamlash vositasi.
Hujjatlashtirish funqtsional vazifasiga ko’ra, bir turli va o’zaro bog’lik
hujjatlar to’plami.
Hujjatlashtirish va ish yuritishning ahamiyati ikki omil bilan baholanadi.
Birinchidan boshqaruv mehnatining umumiy hajmida ish yuritish jarayonlarining
salmog’i katta bo’lib, 30-60 foizga yetadi. Korxonalarni boshqarish jarayonida
minglab xilma-xil hujjatlardan foydalaniladi. Ishlab chiqarishga oid
jarayonlarning aksariyati hujjatlashtirish yordamida boshlanadi, amalga oshiriladi.
nazorat qilinadi, hisobga olinadi, tartibga solinadi va nihoyasiga yetkaziladi.
Hujjatlarni unifikaiiyalash, ya’ni ularning shakllarini bir turga keltirish
muhim ahamiyat kasb etadi. Barcha korxonalar uchun hujjatlarning majburiy
standart shakllarini joriy etish bilan bu sohani to’laroq unifikaiiyalash mumkin.
Savollar
1.Ish yuritish deganda nimani tushunasiz va uning asosini nima tashkil ztadi?
2.Hujjat nima va u qanday vazifani bajaradi?
3."O’zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida"gi qonunda ish yuritish
to’g’risida nima deyilgan?
4.Hujjatlarni unifikatsiya qilish deganda nimani tushunasiz?
5.Hujjatlarni bir turga keltirish tizimi qanday olib boriladi?
6.Hujjatlarni zaruriy qismlari deganda nimani tushunasiz?

http://fayllar.org



Download 16.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling