1-mavzu: Jamoat binolari. Jamoat binolari va inshootlarining klassifikatsiyasi Reja


Download 130 Kb.
bet4/4
Sana04.10.2023
Hajmi130 Kb.
#1691648
1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliy Jamoat binolari haqida umumiy ma lumotlar..doc filename=utf-8

Sanitariya-gigiena talablari sog’liqni saqlash muassasalarida, maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktablarda, umumiy ovqatlanish muassasalarida alohida ahamiyat kasb etadi. SHu talablardan kelib chiqqan holda xonalarning tabiiy yoritilishi darajasi va insolyatsiya, binodagi qo’llaniladigan muhandislik jihozlarining turlari (isitish ventilyatsiya, sun’iy yoritish sistemalari) belgilanadi.
O’zbekiston iqlimi issiq, deyarli hududlarda iyulь oyida tashqi havoning o’rtacha temperaturasi +210S dan yuqori. SHuning uchun binolardagi doim odamlar bo’ladigan xonalarning derazalari gorizontning 1300 dan 3150 gacha oralig’ida joylashgan, ya’ni janubiy-sharq bilan shimoliy-g’arb oralig’ida sektoriga qaratilgan bo’lsa, quyoshdan himoya qilish qurilmalari bilan jihozlanishi talab qilinadi.
Huddi shu sabab, shifoxonalardagi operatsiya xonalar, reanimatsiya zallari va tug’ruqxonalarining derazalari shimolga, shimoliy-sharqqa va shimoliy-g’arbga qaratib, ya’ni quyosh deyarli tushmaydigan yoki qisman tushadigan qilib joylashtirish tavsiya qilinadi.
Sil va boshqa yuqumli kasallarga mo’ljallangan palatalar uchun talab aksincha, ularning derazalarini sharq, janub va janubiy-sharq tomonga qaratish tavsiya qilinadi.
Juda ko’p jamoat binolari ularda bir vaqtda ko’plab odamlar to’planishi bilan ajralib turadilar. Ko’p hollarda bunday xonalarda tez yonadigan narsalardan foydalaniladi (masalan, teatrlardagi dekoratsiyalar va boshqa sahna jihozlari). SHuning uchun jamoat binolarida yong’in paydo bo’lishining ehtimolini kamaytirish, uning tarqalishini cheklash, yong’inga qarshi kurashni osonlashtirish, konstruktsiyalarning mustahkamligini va ustivorligini saqlash, odamlarni tez va behavf evakuatsiya qilish va yong’in oqibatlarni bartaraf qila olish maqsadida maxsus tadbirlar ko’rilgan bo’lishi lozim.
Bu tadbirlardan quruvchilarning vazifalariga kiruvchilarni ko’rib o’tamiz. Yong’in tarqalishi cheklash uchun jamoat binolarining ichini yonmaydigan materiallardan qilinadigan yong’inga qarshi devorlar (brandmauer) bilan qismlarga bo’linadi. Yong’inga qarshi to’siq konstruktsiyalarning turlari va ularning olovbardoshlik chegaralari to’g’risidagi ma’lumotlar 1.1-jadvalda keltirilgan.
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, yong’inga qarshi devorlar orasidagi maydon 800 m2 gacha bo’lishi mumkin. Eng ko’p maydon faqat bir qavatli binolarda, u ham bo’lsa binoning olovbardoshlik darajasi II darjadan past bo’lmagan hollarda bo’lishi mumkin. Binodagi qavatlar soni ortishi bilan yong’inga qarshi devorlar orasidagi qavat maydon keskin kamayadi. Olovbardoshligi III darajali binolarda yong’inga qarshi devorlar orasidagi mayda bir qavatli binolarda ham 3000 m2 dan ko’p bo’lmasligi kerak. Bunday binolarning qavatlari soni ham 5 qavatdan ko’p bo’lmaydi.
1.1-jadval

Yong’inga qarshi to’siq konstruktsiyalar

Yong’inga qarshi to’siq konstruktsiyaning tipi

Yong’inga qarshi to’siq konstruktsiyaning minimal olovbardoshlik chegarasi, soat

Yong’inga qarshi devorlar

1
2

2,5
0,75

Yong’inga qarshi pardadevorlar

1
2

0,75
0,25

Yong’inga qarshi orayopmalar

1
2
3

2,5
1,0
0,75

Yong’inga qarshi eshiklar va derazalar

1
2
3

1,2
0,6
0,25

Yong’inga qarshi darvozalar, lyuklar

1
2

1,2
0,6

Bir qavatli binolarda ikki qavatli qismi bo’lsa va uning maydoni umumiy maydonnining 15% dan kam qismini band qilgan bo’lsa, u holda yong’inga qarshi devorlar orasidagi maydon bir qavatli binolar uchun qabul qilish mumkin.


Ayrim jamoat binolarida yong’inga qarshi devorlar o’rniga drencher qurilmalaridan (xonaning shiftida o’rnatiladigan, shift bilan pol orasida suvdan parda hosil qiluvchi qurilma) foydalanishga ruxsat beriladi. Masalan, vokzal binosida oradagi masofa 0,5 m bo’lgan, juft o’rnatilgan, suv pardasining har 1 metriga 1 l/s suv sarfini ta’minlay oladigan drencher qurilmasi qo’llanilganda, yong’inga qarshi devor qilmaslik mumkin.
Olovbardoshligi I darajali aerovokzal binosida, agar yerto’la qismida materiallar saqlanishi mumkin bo’lgan omborlar bo’lmasa, yong’inga qarshi devorlar orasidagi qavat maydonini 10000 m2 gacha ko’paytrish mumkin.
1.2-jadvalda keltirilgan talablardan farqli o’laroq maishiy xizmat ko’rsatish muassasalari (1.3-jadval) va magazinlar (1.4-jadval) binolarida yong’inga qarshi devorlar orasidagi maydoniga yanada yuqoriroq darajada talablar qo’yiladi.
1.2-jadval

Binoning olovbardoshlik chegarasi

Eng ko’p qavat soni

Qavatdagi brandmauer devorlar orasidagi maydon, m2

1-qavatli binoda

2-qavatli binoda

3-5 qavatli binoda

6-7 qavatli binoda

10-16 qavatli binolarda

I

16

6000

5000

5000

5000

2500

II

16

6000

4000

4000

4000

2200

III

5

3000

2000

2000

-

-

IIIa, IIIb

1

2500

-

-

-

-

IV

2

2000

1400

-

-

-

IVa

1

800

-

-

-

-

V

2

1200

800

-

-

-

13.3-jadval



Binoning olovbardoshlik darajasi

Binodagi qavatlar soni

Yong’inga qarshi devorlar orasidagi qavat maydoni, m2

I va II

6

2500

III

2

1000

IIIb

1

800

IIIa, IV, IVa, V

1

500

Maishiy xizmat ko’rsatish muassasalarida binoning olovbardoshlik darajasi I va II bo’lgan hollarda ham yong’inga qarshi devorlar orasidagi qavat maydoni ko’pi bilan 2500 m2, qavatlar soni 6 ta bo’lishi mumkin. Binoning olovbardoshlik darajasi undan past bo’lsa, ruxsat etilgan qavatlar soni ham, undagi yong’inga qarshi devorlar orasidagi qavat maydoni ham keskin kamayadi. Maishiy xizmat ko’rsatish muassasalarining binolariga bunday yuqori talablar qo’yilishining boisi shuki, ularda tez yonuvchan kimyoviy moddalardan ko’p foydalaniladi va ular ko’pincha shu binoing o’zida saqlanadi.


1.4-jadval

Binoning olovbardoshlik darajasi

Binodagi qavatlar soni

Yong’inga qarshi devorlar orasidagi qavat maydoni, m2

1-qavatli binoda

2-qavatli binoda

3-5 qavatli binoda

I va II

5

3500

3000

2500

III

2

2000

1000

-

IIIa, IIIb

1

1000

-

-

IV, IVa va V

1

500

-

-

Olovbardoshligi I va II darajali savdo muassasalari binolari avtomatik o’t o’chirish vositalari bilan ta’minlangan bo’lsa, ularda yong’inga qarshi devorlar orasidagi qavat maydonini ikki barobar katta, ya’ni bir qavatli binolarda 7000 m2, ikki qavatli binolarda 6000 m2 vauch-besh qavatli binolarda 5000 m2 qabul qilin mumkin.


Bir qavatli oziq-ovqat magazinlarida va “Universam” tipidagi magazinlarda savdo zali magazinning boshqa xonalaridan 2-tip (olovbardoshlik chegarasi 0,75 soat) yong’inga qarshi devor bilan ajratilgan hollarda, olovbardoshligi IIIa va IIIb darajali binolarda ham 1-tip yong’inga qarshi yevorlar orasidagi maydonni ikki barobar ko’p (2000 m2 gacha) qabul qilishga ruxsat beriladi.
Yong’in paytida odamlarni binodan tez va bexatar evakuatsiya qilish talabidan kelib chiqqan holda, jamoat binolaridagi zal xonalar joylashtirilishi mumkin bo’lgan qavatlar soni ham cheklanadi (1.5-jadval).
Demak, o’rinlar soni 600 tadan ko’p bo’lgan zallar hatto olovbardoshligi I, II darajali binolarda ham 3-qavatdan yuqorida joylashtirilmasligi kerak. Kichikroq (300 tagacha o’rinli) zallarni 16-qavatgacha joylashtirish mumkin.
Zal xonalarning asosiy konstruktsiyalari himoyalanmagan metall karkasdan qilinganda, ularni faqat bir qavatli binoda joylashtiriladi. Bunday binoning tomida issiqlik izolyatsiyasi qatlami qiyin yonuvchan yoki yonmaydigan materiallardan qilinganda (olovbardoshlik darajasi IIIa), zaldagi o’rinlar soni 300 tagacha bo’lishi mumkin. Agar issiqlik izolyatsiyasi qatlami uchun yonuvchan materiallar qo’llanilsa (olovbardoshlik darajasi IVa), zaldagi o’rinlar soni 100 tadan oshmasligi kerak.
1.5-jadval

Binoning olovbardoshlik darajasi

Zaldagi o’rinlar soni

Ruxsat etilgan qavatlar soni

I va II

300 tagacha
300 tadan 600 tagacha
600 tadan ko’p

16
5
3

III

300 tagacha
300 tadan 600 tagacha

3
2

IIIa, IV, V, IIIb va IVa

300 tagacha
500 tagacha
100 tagacha

1
1
1

Zal xonalarining asosiy konstruktsiyalari yog’ochdan qilingan hollarda, xatto konstruktsiyalar olovga chidamli qilib qayta ishlangan yoki biror qatlam bilan himoyalangan bo’lsa ham bino bir qavatli qilinishi kerak. Bino yog’och karkasli bo’lganda zaldagi o’rinlar soni 500 tagacha bo’lishi mumkin, karkassiz binoda esa 300 tadan oshmasligi talab qilinadi.


Yong’inga qarshi talablardan kelib chiqqan holda, maktabgacha ta’lim muassasalarida va maktablarda qavatlar soni 3 yoki 4 qavatdan oshirilmaydi. Bunday qavatli binolarni qurish ham istesno tariqasida yirik va o’ta yirik shaharlardagina ruxsat beriladi.
Favqulotda holatlarda odamlarni binodan behatar evakuatsiya qilish uchun har bir qavatda kamida 2 ta chiqish yo’li bo’lishi kerak. Bir qavatli bino uchun chiqish eshiga, yuqoridagi qavatlar uchun esa zina chiqish yo’li hisoblanadi. Faqat 2 qavatli binolarda quyidagi hollarda ikkinchi chiqish yo’li sifatida tashqi ochiq (III-tip) zinadan foydalanishga ruxsat beriladi:

  1. olovbardoshligi I va II darajali binolarda ikkinchi qavatdagi odamlar soni 70 tadan ko’p bo’lmasa;

  2. olovbardoshligi III darajali binolarda 50 dan ko’p bo’lmasa;

  3. olovbardoshligi bundan past binolarda – 30 tadan ko’p bo’lmasa.

Tashqi ochiq zinalarning qiyaligi bolalar bog’chalarida 450 dan va boshqa jamoat binolarida 600 dan ortiq bo’lmasligi kerak.
Bunday zina pillapoyalarining kengligi kamida 0,8 m, yaxlit pog’onasining kengligi esa kamida 0,2 m bo’lishi kerak.
Jamoat binolaridagi zinalar joylashadigan zinaxonalar tabiiy yoritiladigan bo’lishi kerak. Yoritish devorlardagi derazalar yordamida amalga oshirilishi talab qilinadiyu Olovbardoshligi I va III darajali ikki qavatli binolarda har ikkinchi zinaxonani, uch qavatli binolarda esa zina pillapoyalari (marshlar) orasidagi masofa 1,5 m dan kam bo’lmagan hollarda, zinaxonani yuqoridan yoritishga ruxsat beriladi.
Binodagi xonalarning eshigidan to binoning chiqish eshigigacha yoki qavatdagi zinaxona eshigigacha bo’lgan masofa ham binoning olovbardoshlik darajasi, evakuatsiya yo’lidagi odamlar oqimining zichligi (1m2 pol yuzasiga to’g’ri keladigan odamlar soni) va xona eshigining qavatdan joylashgan o’rniga bog’liq holda chegaralangan (1.6-jadval).
1.6-jadval



Binoning olovbardoshlik darajasi

Masofa, m, odamlar oqimining zichligi (kishi/m2) bog’liq holda

2 gacha

2 dan 3 gacha

3 dan 4 gacha

4 dan 5 gacha

5 dan ortiq




A. Zinalar yoki tashqi chiqish eshiklari orasida joylashgan xona eshigidan:

I-III
IIIb, IV
IIIa, IVa, V

60
40
30

50
35
25

40
30
20

35
25
15

20
15
10




B.Boshi berk yo’lakka chiqadigan xona eshigidan:

I-III
IIIb, IV
IIIa, IVa, V

30
20
10

25
15
10

20
15
10

15
10
5

10
7
5



Odamlar oqimining zichligini aniqlashda ko’rilayotan chiqish eshigi yoki zinaxona eshigi yo’nalishida joylashga (masalan, koridorning boshqa tomonida joylashgan) barcha xonalarda bo’lishi mumkin bo’lgan odamlar soni hisobga olinishi kerak.
Download 130 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling