1-mavzu: Jamoat binolari. Jamoat binolari va inshootlarining klassifikatsiyasi Reja


Download 130 Kb.
bet1/4
Sana04.10.2023
Hajmi130 Kb.
#1691648
  1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliy Jamoat binolari haqida umumiy ma lumotlar..doc filename=utf-8


1-mavzu:
Jamoat binolari. Jamoat binolari va inshootlarining klassifikatsiyasi
Reja

  1. Jamoat binolarining klassifikatsiyasi.

  2. Jamoat binolariga qo’yiladigan asosiy talablar.

  3. Jamoat binolarini bloklashtirish va kooperatsiyalash.

  4. Jamoat binolariga qo’yiladigan maxsus talablar.

Jamoat binolari va inshootlari katta doiradagi ijtimoiy tadbirlar, odamlarning siyosiy, ma’muriy, ilmiy va biror maxsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan boshqa faoliyatlar uchun moddiy baza bo’lib xizmat qiladilar. Jamoat binolarining vazifalari xilma – xil, ko’lami keng, 200 ga yaqin turi ma’lum. Lekin ularni funktsional vazifalari bo’yicha bir-biriga yaqinlarini, o’xshashlarini umumlashtirib 10 ta katta guruhga keltirish o’z navbatida xar bir guruhga tegishli jamoat binolarini 3 tadan kamida 7 tagacha amalga oshiriladi.
1-guruh. Ta’lim, tarbiya va kadrlar tayyorlash muassasalarining binolari.
Bu guruhga taaluqli binolarni quyidagi guruhchalarga bo’lish mumkin:
1.1. Umumiy tipdagi, maxsuslashtirilgan, sog’lomlashtirish va boshlangich maktablar bilan birlashtirilgan maktabgacha bolalar muassasalari binolari;
1.2. Umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar, gimnaziyalar, litseylar binolari;
1.3. Kasb-xunar kollejlari, akademik litseylar binolari;
1.4. Oliy o’quv yurtlari (institutlar, universitetlar, akademiyalar, konservatoriyalar, institutlarga tenglashtirilgan oliy bilim yurtlari va boshqa shu kabi) binolari:
1.5. Muassasalarni malakasini oshirish institutlari binolari;
1.6. Maktabdan tashqari muassasalar (o’smirlar saroyi, bilim uylari, aviatsiya ishqibozlari kabi muassasalar) binolari.
2-guruh. Ilmiy – tekshirish muassasalari, loyiha va jamoat tashkilotlari hamda boshqaruv muassasalari binolari.
Bu guruhga taaluqli binolarni ham quyidagi guruhchalarga bo’lish mumkin:
2.1. Ilmiy tekshirish institutlarining binolari (yirik maxsus inshootlar bundan mustansno);
2.2. Loyiha tashkilotlari va konstruktorlik byurolarining binolari;
2.3. Informatsion markazlar binolari;
2.4. Boshqaruv organlarining binolari (turli ma’muriy xududlarning xokimyatiga va boshqa idoralari binolari);
2.5. Partiyalar va boshqa jamoat tashkilotlarining binolari;
2.6. Davlat yoki nodavlat sug’urta va kredit tashkilotlari binolari;
2.7. Arxivlar binolari.

Download 130 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling