1-mavzu. Kanop ekinini yetishtirish texnologiyasi


Download 200.03 Kb.
Pdf просмотр
Sana10.01.2019
Hajmi200.03 Kb.

1-MAVZU. KANOP EKININI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI 

 

1.  Kanopni  almashlab  ekishdagi  o‘rni  kanop  almashlab  ekishda  kuzgi  bug‘doy,  don-



dukkakli  ekinlardan  va  bedadan  keyin  ekiladi.  Uni  g‘o‘zadan  keyin  ekish  ham 

mumkin.  Chunki  kator  oralari  ishlanadigan  o‘simliklardan  keyin  ekilganda 

tuprokda begona o‘t kam bo‘ladi, kanop boshlang‘ich o‘sish davrida sekin o‘sganligi 

uchun begona o‘tlardan toza tuproklarni xoxlaydi. 

Yerni ekishga tayyorlash. Kanop ekish uchun yer kuzda chuqur 28-30 sm chuqurlikda 

shudgor  qilinadi.  Erta  bahorda  namni  saqlab  qolish  va  begona  o‘tlarni  yo‘qatish 

maqsadida  kuzgi  shudgorni  ko‘ndalangiga  yoki  diagonaliga  qarab  borona  kilinadi. 

Shudgor zichlashib ketgan yoki begona o‘tlar ko‘p bo‘lgan maydonlarda ekishdan 

oldin  kultivatsiya  yoki  diskali  kultivatorlar  yordamida  ishlanadi.  So‘ngra  mola  va 

borona bosiladi. 

Kanop o‘simligi kechki ekin va urug‘lari bo‘lganligi uchun ekishgacha shudgor yaxshi 

ishlanishi  kerak.  Ayniqsa  tuproq  beti  tekis  va  mayda  bo‘lish  kerak.  Shundagina 

urug‘ tekis ko‘miladi va maysalar qiyg‘os unib chikadi. 

O‘g‘itlash.  Kanop  ozik  moddalarga  talabchan  o‘simlik  gektaridan  100  s  dan 

hosil olinganda poya  vegetatsiya davri davomida tuproqdan 120-150 kg azot, 60-

80  kg  fosfor,  120-160  kg  kaliy  olinadi.  Shuning  uchun  kanop  ekiniga  ma’dan 

o‘g‘itlar  bilan  bir  qatorda  organik  o‘g‘it  go‘ng  ham  berish  kerak.  Organik  o‘g‘it 

gektariga 10-15 tonna hisobida kuzgi shudgor o‘tkazish davrida berishi kerak. 

Ma’dan  o‘g‘itlarni  solish  meyori  tuproqni  unumdorligi  va  rejalashtirilgan 

hosildorlikga  qarab  har  xil  bo‘ladi,  Umuman  o‘rtacha  kanop  ekiniga  90-150  kg 

azot, 90-150kg, fosfor va 50-70 kg kaliy o‘g‘itlari berish kerak.  

Mineral  o‘g‘itlarni  asosiy  qismi  ya’ni  50-60%  fosfor  va  50%  kaliyli  o‘g‘itlar 

organik  o‘g‘itlar  bilan  birga  kuzgi  shudgordan  beriladi.  Kanopni  ekishdan  oldin 

20-30 kg azot shu miqdorda fosfor ekishdan  oldin beriladi, qolgan o‘g‘it miqdori 

vegetatsiya davrida poyaning tez o‘sish davrida 2 marta oziqlantirish beriladi. 

Birinchi  oziklantirish  maysalar  paydo  bo‘lgandan  so‘ng  25-30  kun  o‘tgach, 

ikkinchi oziqlantirish esa birinchidan 20-25 kun o‘tgach o‘tkaziladi. O‘g‘it egatlar 

o‘rtasiga 5-8 sm chuqurlikda ko‘miladi. 

Urug‘ni  ekishga  tayyorlash.  Ekish  uchun  saralangan  zarpechak  urug‘lardan 

tozalangan I-II va III sinf urug‘lari ishlatilishi kerak. Urug‘ni unib chiqish darajasini 

va energiyasini oshirish maksadida ekishdan oldin 5-6 kun oftobda qizdirish zarur.  

Ekish  muddatlari.  Kanop  haroratiga  talabchan  o‘simlik.  Shuning  uchun  tuproq 

harorati  14-16°S  ga  yetganda  ekiladi.  Kanop  ekish  uchun  qulay  muddatda  aprel 

oyi hisoblanib, bunda tabiiy namdlikda maysalar unib chikadi. 

Lekin  urug‘lik  maydonlarda  kanop,  tola  uchun  ekilganda  nisbatan  ertarok  ekish 

kerak.  Chunki  urug‘  to‘la  pishib  ulgurishi  kerak,  Shunga  ko‘ra  urug‘lik  kanop 

ekish  uchun  eng  qulay  muddatda  aprel  oyining  birinchi  o‘n  kunligi,  tola  olish 

uchun esa shu oyning ikkinchi o‘n kunligi hisoblanadi. 

Ekish  usullari.  Kaiop  keng  qatorlar,  qator  orasi  50-60  sm  lentasimon  qo‘sh 

qatorlab ekiladi. Tola olish uchun qator orasi 50 sm  lenta orasi 15 sm ya’ni 50x 

15 sm shaklda ekiladi. Urug‘ olish uchun kator  orasi 60 sm qilib yakka katorlab 

ekiladi. Ekish uchun SON- 2, 8 2SK-16 rusumli osma seyalkalarda foydalaniladi. 


Ekish  meyori.  Urug‘ni  ekish  meyori,  tuproq  xususiyati,  shuningdek  ekishdan 

ko‘zda tutilgan maqsad poya yoki urug‘ olish uchun ekilishiga qarab  belgilanadi, 

kanop  poya  olish  uchun  gektariga  50-55  kg  urug‘  sarflanadi.  Bunda  bir  gektar 

yerda  1,2-1,4  mln  doia  o‘simlik  bo‘lishi  kerak.  Tuproqni  unumdorligi  pastroq, 

o‘g‘itlar  kamroq  beriladigan  bo‘lsa  urug‘  ekish  meyori  ham  35-40  kg  ga-

kamaytiriladi va bu xolda bir gektarda 0, 8-1, 2 mln o‘simlik bo‘ladi. Urug‘ olish 

uchun qator orasi 60 sm. qilib qatorlab siyrak qilib ekiladi. Bunda bir gektar yerga 

10-12 kg. urug‘ sarflanadi. Maysalar yagonalangandan so‘ng har gektarda 160-180 

ming dona o‘simlik qoldiriladi, Urug‘lar 4-5 sm. chuqurlikga ko‘miladi. 

Ekinni  parvarish  qilish.  Kanop  ekinini  parvarish  qilish  qatqaloqga  karshi 

kurash,  qator  oralarini  ishlash,  oziqlantirish  va  sug‘orishdan  iborat.  Maysa 

paydo  bo‘lguncha  tuprok  betida  bo‘lgan  qatqaloqni  ekinlarni  ko‘ndalangiga 

qarab borona qilish bilan  yo‘qotiladi. Maysa hosil bo‘lgandan so‘ng qatqaloqni 

o‘simlik kator oralarini ishlash bilan yo‘qotiladi. Vegetatsiya davrida hammasi bo‘lib 

4-5 marta kultivatsiya qilinadi, ikki marotaba oziqlantiriladi. 

Kanop  suvga  talabchan  o‘simlik.  Yer  ostki  suvida  1.0-1.5m  pastda  joylashgan 

o‘tloqi-botqok  tuproqlarda  kanop  5-7  marta  sugoriladi.  Yer  osti  suvlari  chuqur 

joylashgan  tuproqlarda  8-10  martagacha  sug‘oriladi.  Sug‘orish  meyori  800-1000 

m

l

/ga, 



Hosilni  yig‘ish.  Kanop  poyasi  tola  uchun  texnik  jihatdan  yetilganda 

yig‘ishtiriladi.  Buvda  poyaning  uchki  kismida  lavdet-simon  barg  paydo  bo‘ladi. 

Kanop  poyasi  J.K-2,  1A  markali  o‘rish  mashinasida  7-8sm.  balandlikda  o‘riladi. 

So‘ngra  po‘stlokni  shilish  uchun  LS  markali  mashina  ishlatiladi.  Po‘stloq  (lub) 

poyadan  shilib  olingandan  so‘ng  2-3  kun  davo-mida  yerga  yupka  qilib  yoyilib 

quritiladi va uchlari tekislanib har bkri 8-10 kg.dan bog‘ qilib boglab, lub zavodiga 

topshiriladi. Bu  usulda  poya  ko‘k  bo‘ladi  va  po‘stloqni  shilish  qulay.  Mahsulotni 

zavodga  topshirish  uchun  ham  kam  transport  sarf  bo‘ladi.  Ikkinchi  kanop  poyasi 

to‘la yetshgab, sariq rangga kirganda o‘riladi. Bu muddatda o‘rilgan poyalar, poya 

xolicha  zavodga  topshiriladi  va  zavodda  uni  ivitib,  so‘ngra  po‘stloq  (lub)  shilib 

olinadi. 

Urug‘lik kanop pastdagi 3-4 ta ko‘saklarni qoraya boshlashi bilan yig‘ib olinadi va 

poyalar bog‘-bog‘ qilib bog‘lanib, yaxshi qurish uchun bog‘lar tik qilib taxlanadi, 

Shu  xolda  4-5  kn  kuritilgandan  so‘ng  MK-6  markali  mashinada  yanchiladi. 

Olingan  urug‘lar  quritilib  don  tozalagich  mashinalarda tozalanib koplarga solib 

omborlarda saqlanadi. 

 

Savolllar: 



1. Ug‘itlash meyori va muddati.  

2. Ekish muddati, usullari, meyori. 



3. Hosilni yigish. 

 



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling