1-mavzu: Kasbiy fanlarni o`qitishda ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish fanining maqsad va vazifalari Reja


Download 1.26 Mb.
Pdf просмотр
bet1/9
Sana10.01.2019
Hajmi1.26 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

 



1-mavzu: Kasbiy fanlarni o`qitishda ilg`or pedagogik texnologiyalardan 



foydalanish fanining maqsad va vazifalari  

Reja: 

1.

 



Kasbiy 

fanlarni 

o`qitishda 

ilg`or 


pedagogik 

texnologiyalardan 

foydalanish fanining maqsad va vazifalari  

2.

 



Kadrlar tayyorlash jarayonidagi kasbiy-malakaviy o‘zgarishlar; kasblarni 

tahlil qilish metodlari.  

3.

 

 Malakaviy tayyorgarlikda asosiy didaktik bosqichlar. 



4.

 

O‘zbekistonda  kasb  ta’limini  rivojlantirishda  xorijiy  tajribalardan 



foydalanish. Germaniya va Fransiyada  kasb ta’limining tuzilmasi. 

 

Adabiyotlar: 

1.  Сибирская  М.П.  Профессиональное  обучение:  Педагогические 

технологии. – Санкт Петербург, 2002. 

 

2. 



Педагогика  профессионального  образования.  //  Под.  ред. 

В.А.Сластенина. – М.: Академия, 2004. 

 

3.  Толипов  Ў.Қ.,  Баракаев  М.,  Шарипов  Ш.  Kasbiy  fanlarni  o`qitishda 



ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish. – Т.:ТДИУ, 2001. 

 

4. Ҳакимова М. Касбий педагогика. – Т.: ТДИУ, 2007. 



 

 

Kasbiy  fanlarni  o`qitishda  ilg`or  pedagogik  texnologiyalardan  foydalanish 



fani  respublikamizda  kasbiy  ta’limiga  bo`lgan  e’tiborning  yuksalishi  bilan  birga 

rivojlanib  bormoqda.  Kasbiy  ta’limiga  bo‘lgan  e’tiborning  ortib  borayotganligini 

quyidagilar bilan izohlash mumkin: 

     


1.  Ta’lim  islohotlari  natijasida  gimnaziya,  litsey,  kollej  va  boshqa  turdagi 

yangi o‘quv muassasalarining shakllantirilishi va rivojlantirilishi; 

     

2.  Oliy  o‘quv  yurtlarida  iqtisodiy  ta’limni  tashkil  qilish,  alohida  bo‘lim  va 



fakultetlarning tashkil etilishi; 

     


3. Iqtisodiy ta’limning boshqa fanlar bilan yanada jipsroq bog‘lanib borishi, 

istiqbolda  amalga  oshirilishi  ko‘zda  tutilgan,  bilim  sohalari  tutashuvida  yangi 

konsepsiya va nazariyalarning yuzaga kelishi; 

     


4.  Iqtisodiy  ta’lim  muassasalarining  aholiga  ta’lim  xizmatlarini  ko‘rsatish 

turlarining  ortib  borishi,  o‘z  bazasida  tayyor  mahsulot  ishlab  chiqarish  va  unga 

xizmat  ko‘rsatishni  yo‘lga  qo‘yishi,  mehnatni  tashkil  qilishning  ilg‘or  shakllarini 

joriy etishi va boshqalar. 

Kasb  ta’limi  uzoq  davrlar  mobaynida  har  tomonlama  rivojlangan  shaxsni 

tarbiyalashga  yo‘naltirilib  borildi,  biroq  ushbu  tadbir  bitiruvchilarning  kasbiy 

mahoratini  shakllanish  darajasini  pasayishi  hisobiga  amalga  oshirildi.  Bu  holat 

kasbiy  mahoratni  va  layoqatni  oshirish,  insonning  butun  umri  davomida  o‘z 

bilimini  takomillashtirib  borish  va  o‘z-o‘zini  tarbiyalash  ehtiyojini  oshirishga 

xizmat  qilmas  edi.  Respublikamiz  ta’lim    tizimidagi  islohatlar  natijasida  kasbiy 

ta’lim  ishchi  kasblariga  maxsus  tayyorlash  masalasiga,  ta’lim  oluvchi  shaxsida 

kasbiy mahorat va layoqat sifatlarini shakllantirishga alohida e’tibor berilmoqda. 



 

    



 Kasb mahorati deyilganda bitiruvchining yuqori darajadagi kasbiy ko‘nikma 

va  malakalarni  egallaganligi  tushuniladi,  u  shaxsning  mehnat  bozorida 

egallayotgan kasbi bo‘yicha raqobatbardoshlik darajasida o‘z aksini topadi. Kasbiy 

mahorat ishchi kuchlarining yuqori darajada moslashuvchanligini va yangiliklarni 

tez  o‘zlashtirishi,  yangi  ishlab  chiqarish  sharoitlariga  o`z  vaqt  ichida  o‘ta  olishi, 

faoliyat sohasini mustaqil tanlay olishi kabi sifatlar bilan belgilanadi. 

“Kasbiy fanlarni o`qitishda ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish” 

fanining  asosiy  tushunchalari,  mazmuni  kasbiy  ta’limning  turli  tizimlarida 

quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin: 

   


 -  o‘qituvchilarning  yangi  va  yanada  murakkab  tadbirlarni  amalga  oshirish 

maqsadida o‘z kasbiy mahoratini oshirishi; 

   

 - kasbiy-texnik ta’limning yangi konsepsiyalarini amalga oshirish vosita va 



yo‘llarini yaratishga e’tiborni qaratish, faol-ijodkor shaxsni tarbiyalash; 

    


- pedagogik bilimlarni egallashga yangicha yondoshuvlarni ishlab chiqish; 

    


- ta’lim-tarbiyaning samarali shakl va metodlarini ishlab chiqish; 

   


 -  rivojlanib  boruvchi  yangi  pedagogik  jarayonlarni  loyihalash,  ta’lim 

oluvchilarning  barcha  imkoniyatlari  va  qobiliyatlarini  ishga  solishi  uchun  sharoit 

yaratish,  kasbiy  mahoratni  egallashi  uchun  sarflanadigan  vaqtni  qisqartirishga 

erishishdan iborat. 

 “Kasbiy fanlarni o`qitishda ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish” 

jahon  miqyosida  tan  olingan  eng  ilg‘or  metodlar  va  yo‘nalishlar  bilan  boyib 

bormoqda.  Bugungi  kunda  o‘zining  keng  tadbiqini  kutib  yotgan,  fanning  boshqa 

sohalari bilan bog‘liq ravishda ishlab chiqilgan yangi konsepsiyalar va nazariyalar 

rivojlantirilmoqda. 

     


“Kasbiy fanlarni o`qitishda ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish” 

fani  nisbatan  yosh  va  ko‘p  sohalarda  rivojlanib  borayotgan  umumiy 

pedagogikaning  bir  bo‘g‘ini  sifatida  kasbiy-texnik  ta’limning  rivojlanishi  bilan 

o‘zaro uyg‘unlikda taraqqiy qilib bormoqda. 

     

Shuningdek,  Respublikamizda  kasbiy  ta’lim  Vazirlar  Mahkamasining  1998 



yil  13  mayda  qabul  qilingan  №204-sonli  qarorlariga  hamda  o‘quv-me’yoriy 

hujjatlar asosida isloh qilib borilmoqda. 

     

Bugungi  kunda  Respublikamizda  ta’limni  rivojlantirishning  yangi 



bosqichida  Kasbiy  fanlarni  o`qitishda  ilg`or  pedagogik  texnologiyalardan 

foydalanish  fanining  asosiy  maqsadi  -  jahon  talablari  darajasida  yangilanib 

borayotgan  ishlab  chiqarish  sharoitlariga  moslasha  oladigan,  iqtisodiyotimizni 

buyuk  davlat  darajasiga  ko‘taradigan  mutaxassislarni  tayyorlash  va  bu  jarayonda 

asosiy omil sifatida beriladigan axborotlar hajmini emas, balki ijodiy yondoshuvni 

shakllantirish,  mustaqil  fikrlash  va  tadbiq  qilish  sifatlarini  tarbiyalashga  e’tibor 

qaratish lozim. 

     


“Kasbiy 

fanlarni 

o`qitishda 

ilg`or 


pedagogik 

texnologiyalardan 

foydalanish”ning   vazifasi quyidagilardan iborat: 

   


 -  turli  xil  (tashkilotlarda)  korxonalarda  samarali  mehnat  faoliyatini  amalga 

oshirish; 

  -  aniq  bir  ishlab  chiqarishning  nafaqat  texnik-texnologik,  balki  ijtimoiy-

iqtisodiy istiqbollarini belgilash; 



 

   



- zaruriyat bo‘lganda, boshqaruv va ijro funksiyalarini qo‘shish, ish qidirish 

davomida mehnat bozorida to‘g‘ri yo‘l tanlash va xususiy ishlab chiqarishni yo‘lga 

qo‘ya olish. 

Malakaviy tayyorgarlikda asosiy didaktik bosqichlar quyidagilardan iborat: 

1. O‘quv yurtining bitiruvchisi quyidagi bilimlarga ega bo‘lishi kerak: 

-

 



bitiruvchining egallaydigan ish o‘rni; 

-

 



bitiruvchining dunyoqarash sifati; 

-

 



bitiruvchining standart talablariga javob beradigan bilimi; 

-

 



bitiruvchining ish o‘rnida qo‘llaydigan bilim, ko‘nikma va malakalari; 

-

 



bitiruvchining  mutaxassis  sifatida  shakllanishi  va  ijodiy  ish  olib  borishi 

kabilar. 

2.

 

O‘quv materialini mazmun jihatidan tanlashi. 



     

 O‘quv  materialini  tanlash  albatta  uning  mantiqiy  ketma-ketligi,  mazmunan 

bitiruvchining  fikrlash  doirasini  va  g‘oyalarini  ishlab  chiqish,  ilmiy  farazni 

rivojlantirish  va  shu  bilan  birga  kelajakda  fanga  o‘z  hissasini  qo‘shishga 

undamog‘i kerak. 

3.

 



Tanlab olingan o‘quv materialini tizimli tasniflash. 

        O‘quv  materialining  asosiy  qismi,  uni  mantiqiy  fikrlash,  tushunish  va 

munozara  qilishni  talab  etadi.  Shu  bilan  birga  uni  o‘zlashtirish,  o‘zining 

qobiliyatidan kelib chiqqan holda ijodiy yondoshish ham zarur. 

          4.  Qabul  qilinayotgan  masalalarning  yechimini  tajriba  va  sinovlardan 

o‘tkazish. 

“Kasbiy fanlarni o`qitishda ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish” 

fanini o‘rganishda yana bir qator metodlardan keng foydalaniladi. Bularga izlanish 

metodlari kiradi. O‘z navbatida izlanish metodlari 2 xil bo‘ladi: 

 



Nazariy 

 



Empirik 

     


Nazariy  bilish  metodlariga:  analiz,  sintez,  modellashtirish,  konkretlashtirish 

kiradi. 


     

Empirik  bilish  metodi:  birlamchi  va  umumiy  metodlarga  bo‘linadi. 

Birlamchi  metodlarga  –  kuzatish,  og‘zaki  so‘rov,  suhbat,  yozma  so‘rov, 

mutaxassislar bahsi, testlar kiradi. Umumiy izlanish metodlriiga – tashxis qilishni 

o‘rganish, pedagogik tajribani umumlashtirish va tajriba kiradi. 

 

Germaniyada kasbiy ta’limning tuzilmasi 

1-bosqich:  Kasbiy  ta’limga  tayyorgarlikning  birinchi  yili  (nazariy  bilimlar 

berilib, ushbu kasbga yo‘naltiriladi). 

2-bosqich:  O‘quvchilar  nazariy  va  amaliy  oiladosh  kasblar  bilan  ham 

tanishib boradilar (tugatilganidan so‘ng, birinchi sinov olinadi). 

3-bosqich:  Mutaxassislashtirish  jarayoni  bo‘lib,  u  imtihon  bilan  tugallanadi. 

Bu  tizimda  ta’lim  oluvchilar  nazariy  va  amaliy  bilimlarga  hamda  kasblar  haqida 

tushunchaga ega bo‘lishlari kerak. 

Fransiyada  maktabni  bitirgach,  kollejlarda  o‘qitish  tizimi  hukmronlik  qiladi.  Bu 

esa  o‘z  navbatida  erta  kasb  egallashdan  asrab  qoladi.  Fransiyada  boshlang‘ich 

ta’lim  asosan  11  yoshgacha  bo‘lib,  keyin  o‘quvchi  kollejda    ta’lim  oladi.  Undan 

keyingi  ta’limni  o‘quvchi  umumta’lim  yoki  texnik  litseylarda  davom  ettirishadi. 



 

Bugungi kunda texnik litseylar texnik bilimlarni berib, u asosida bakalavr unvonini 



olish  mumkin.  O‘quv  muassasining  ixtisosligiga  qarab,  bakalavrlar  fransuz  tilini, 

sotsiologiya  asoslarini,  matematika,  tabiiy  fanlar  va  texnologiya  fanlarini  yaxshi 

egallaydilar. 

      


Texnologiya  yo‘nalishidagi  bakalavrlar  chet  tillarini,  kompyuter  va  tijorat 

bilimlariga  ega  bo‘ladilar,  barcha  bakalavrlar  oliy  o‘quv  yurtlarida  ta’lim  olish 

huquqiga egadirlar. 

     


 Malakali ishchi-xodimlarni tayyorlashda davlat va xususiy litseylar faoliyat 

ko‘rsatib, ularning hammasi davlat nazorati ostida bo‘ladi. Kasbiy ta’limga o‘qish 

jarayonini Ta’lim vazirligi ishlab chiqib, uni moddiy ta’mirlash javobgarligi davlat 

zimmasidadir. Umumiy kasbiy ta’limda o‘qitish jarayoni Fransiyada bepuldir. 



Keng  profilli,  yuqori  malakali  xodimlar  tayyorlash  modeli  quyidagicha 

ko‘rinishda tuzilishi mumkin: 

1.  Prognostik  –  oldindan  bilish  va  ish  rivojini  xarakterlash.  Bu  maqsadda 

maxsus ruxsat etilgan va tasdiqlangan hujjatlarni: maqola, qo‘llanma, ilmiy-texnik 

kutubxona  axborotlardan  turli  xil  ilmiy  tashkilotlar,  dissertatsiyalar,  axborot  va 

konferensiya materiallaridan keng foydalaniladi. 

1.

 



Malakaviy  –  texnik    mazmunga  qo‘yiladigan  talablar.  Ishchi-xodimlarni 

malakaviy tayyorlashda ishlab chiqilgan talab va mazmun. Oldindan tashxislangan 

ma’lumotlar  modelda  qayd  qilinib  ilmiy  tayangan  holda  xodimni  malakasini 

oshirishga  imkon  beradi.  Shu  bilan  birga  didaktik  prognozni  ham  ajratish  zarur 

bo‘ladi.  O‘quv  rejasini  va  dasturlarni  mukammalligidan  va  ishchi  reja  ustida 

ishlashda tashxisli ma’lumotlar zarur. 

 

  Ishlab  chiqarish  turiga  qarab  o‘qitish  dasturlari  3  ta  katta  guruhga 



bo‘linadi: 

 



Yakka holda  ishlab chiqarish 

 



Guruhlab  ishlab chiqarish 

 



Ommaviy  ishlab chiqarish 

      


Ishlab chiqarishning har bir turi o‘zining texnik jarayonlariga ega bo‘lib, shu 

bilan birga o‘zining shakllariga ham egadir. Ishlab chiqarishning u yoki bu turidan 

qat’iy nazar bir sexning o‘zida 3 ta ishlab chiqarish turi mavjud bo‘lishi mumkin. 

      


Yakka holda ishlab chiqarish – o‘z xarakteriga ko‘ra o‘zining afzalliklariga 

ega bo‘lib, u yoki bu operatsiyalarni universal uskunalarda bajarish imkonini berib, 

mahsulotga  qo‘yiladigan  turli  talablarni  aniq  bajarish  imkonini  beradi. 

Mutaxassisdan o‘lchov asboblaridan to‘g‘ri foydalana bilishni talab etadi. 

      

Guruhlab ishlab chiqarish  –  bu tur yakka holda ishlab chiqarishdan ozgina 



farq  qilib,  bunda  chiqariladigan  mahsulot  donalab  emas,  balki  qism-qism  qilib 

ishlab  chiqarishga  mo‘ljallangan  bo‘ladi.  Har  bir  operatsiya  alohida-alohida 

uskunalarda bajariladi. Bu yerda ishlab chiqarish xizmati ko‘rsatish ya’ni moslash, 

sozlash, kichik ta’mirlash ishlari maxsus ishchilarga yuklatiladi. 

      

Ommaviy  ishlab  chiqarish  –  ularning  ish  joylarida  tinimsiz  ravishda 



qaytarilishi  bilan  bu  operatsiyalar  ish  joyida  xarakterlanadi.  Sexlardagi 

asboblarning  sifati  va  samaradorligi  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotga  mos 

bo‘lishi kerak. 

Keng profilli va malakali xodimlar tayyorlashda bosqichli o‘qitishni tashkil etish. 


 

 



Asosiy o‘quv jarayoni –  bu  bosqichda  ta’lim  oluvchilar umumiy  talablarga 

javob  beruvchi  bilim,  malaka  va  ko‘nikmalarga  ega  bo‘lib,  ular  shunday  bilim 

oladilarki,  u  ilmiy-texnik  o‘zgarishlar  ta’siriga  mos  keladi.  Umumiy  mehnat 

egallangan  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarga  kasbiy  bilimlarga  asos  bo‘lib,  uning 

mustahkamligi  ishlab  o‘qitishni  samaradorligiga  olib  keladi.  Asosiy  o‘quv 

jarayonida  ta’lim  oluvchilar  egallashi  lozim  bo‘lgan  bilimlar  kelajakdagi  uning 

faoliyati, mehnat turi va ishlab chiqarishdagi egallaydigan o‘rniga bog‘liq bo‘ladi. 

Asosiy  bilim  berish  jarayoni  maxsus  bilim  berishni  negizi  bo‘lib  xizmat  qiladi, 

shuning  uchun  ta’lim  oluvchi  ko‘rsatilgan  fanlar  bo‘yicha  nazariy  va  amaliy 

mashg‘ulotlarni mustahkam egallab bormog‘i lozim. 

     

 Maxsus  o‘quv  jarayoni  –  asosiy  o‘quv  bosqichdan  maxsusga  o‘tish  sekin-



asta  ro‘y  berib,  butun  o‘quv  jarayoni  shu  maqsadlarga  qaratilgan  vaqt  ichida  olib 

boriladi.  Maxsus  bosqichda  o‘qitish  tanlangan  kasbga  yo‘naltirish  bo‘yicha  olib 

borilib, o‘qitish jarayoni shu sohadagi texnik va texnologik rivojlanish talablariga 

javob  bermog‘i  lozim,  ammo  markazlashtirilgan  tartibda  ishlab  chiqilgan  o‘quv 

dasturi  xo‘jalik  sohasidagi  yoki  korxona  talablariga  javob  Bera  olmaydi,  chunki  

bir  sohada  texnologik  jihozlarning  bir  turi  o‘rganilsa,  ikkinchi  turida 

mutaxassislarni tayyorlashda turli sohalar bo‘yicha o‘qitish afzaldir. 

Ishlab chiqarish ta’limini davrlashtirish. 

Boshlang‘ich  davr  –  bu  vaqtda  ta’lim  oluvchilar  o‘zlarini  ustalarini 

tanimaydilar,  bir-birlarini  ishlab  chiqarish  jarayoni  haqida  to‘liq  ma’lumotga  ega 

bo‘lmaydilar.  O‘quv  ustasi  har  bir  ta’lim  oluvchini  shaxsiy  xususiyatlarini 

o‘rganib, ularda ish joyini, kasbni tanlashga qiziqishni uyg‘otib mehnatga bo‘lgan 

umumiy  talablar,  ish  sharoiti  bilan  tanishtiradi.Usta  ta’lim  oluvchilarni  texnik 

to‘garaklarga  qiziqtirib,  ishlab  chiqarish  sohasi  bo‘yicha  faxriylar  bilan 

uchrashuvlar  tashkil  etadi.  Bu  bosqichda  tashkiliy  ishlar  ko‘proq  olib  borilib, 

ta’lim oluvchilar asosan o‘zaro bir-barlari bilan va ish jarayoni bilan tanishadilar. 

Bu jarayonni ishlab chiqarishga, ta’lim berishga aloqasi bo‘lmaydi va bu davr ikki 

hafta davom etadi. 

        Tayyorgarlik davri – bu vaqtga kelib ta’lim oluvchilar aniq ish turlari bilan 

tanishib,  ularni  o‘quv-ishlab  chiqarish,  mehnat  faoliyati  ishlab  chiqaruvchi 

xarakterga  ega  bo‘ladi.        Guruhda  usta  ishonadigan  o‘z-o‘zini  boshqaruvchi 

organlar faoliyat ko‘rsatib, bu vaqtga kelib usta quyidagi masalalarni hal qiladi: ish 

o‘rnini tashkil etish, mehnat xavfsizligiga rioya qilish, ishlab chiqarishda intizomli 

bo‘lish,  ish  qurollarini  asrab-avaylash,  shaxsiy  gigiena  va  sanitariya  qoidalariga 

rioya  qilish  va  boshqalar.  Ta’lim  oluvchilarni  ish  jarayoni  texnik  hujjatlarni 

o‘rganish,  moslamalarni  sozlash,  ish  o‘rnini  ishga  tayyorlash,  ishlab  chiqilgan 

mahsulotning  sifatini    tekshirishdan  iborat    bo‘lib,  ular  oddiy    ish  jarayonlarini 

o‘rganib  boradilar. 

        Kasbni o‘zlashtirish  davri  –  ish  jarayonlarini  o‘rgangandan  so‘ng  olingan 

bilim  va  malakalarni  mukammalashga  o‘tiladi.  Buning  uchun  shunday  ishlar 

tanlanadiki,  ish  jarayonida  yangi  o‘rnatilgan  mavzu  va  undan  oldingilari  qamrab 

olinadi.  Shunda  ta’lim  oluvchilarda  egallangan  bilim  shakllanish  xususiyatlari 

rivojlanadi. 


 

        Nazorat  qilish  va  yakunlash  davri  –  bu  muddatning  asosiy  vazifasi 



faqatgina  olingan  bilim  va  malakalarni  mustahkamlab  qolmay,  balki  ularni 

zamonaviy  moslama  va  qurilmalardan  foydalangan  holda  mukammalashib 

borishidir.  Ishlab  chiqarish  ilg‘orlari  va  faxriylarining  ishlarini  o‘rganish, 

o‘zlashtirib olish ta’lim oluvchida ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida mustaqillik 

hissini  shakllanib  borishiga  yordam  beradi.    Ta’lim  oluvchilar  mehnat  jamoasi 

oqimiga kirib jamoada tarbiyalanib shaxs sifatida shakllanib boradilar.  



2 – mavzu: Kasbiy fanlarni o`qitishda innovatsion pedagogik 

texnologiyalarning o`rni 

Reja: 


1. Ta'limda innovatsion jarayonlarning o’ziga xosligi. 

2. Innovatsion jarayonlarning bosqichlari. 

3. Talabaning innovatsion faoliyati tuzilmasi. 

Asosiy  tushunchalar:  Innovatsiya,  xususiy  yangilik,  diagnostika,  qoliplashtirish, 

o’qituvchning Innovatsion faoliyati, aksiologiya, akmeologiya, kreativli, refleksiya. 

Hozirgi davr ta'lim taraqqiyoti yangi yo’nalish  - Innovatsion faoliyatni maydonga 

olib chiqdi."  

Innovatsion  pedagogika  termini  va  unga  xos  bo’lgan  tadqiqotlar  XX  asrning  60-

yillarida  g’arbiy  Evropa  va  AQShda  paydo  bo’lgan.  Dastlab  Innovatsion  faoliyat  F.N. 

Gonobolin,  S.M.  Godnin,  V.I.  Zagvyazinskiy,  V.A.  Kan-Kalik,  N.V.  Kuzmina,  V.A. 

Slastenin, A.I.  Sherbakov  ishlarida tadqiq  etilgan. Bu tadqiqotlarda  Innovatsion  faoliyat 

amaliyoti va ilg’or pedagogik tajribalarni keng yoyish nuqtai nazaridan yoritilgan. 

X. Barnet, Dj. Basset, D. Gamilton, N. Gross, M. Mayerz, A. Xeyvlok, D. Chen, 

R.  Yedem  ishlarida  Innovatsion  taraqqiyotlarni  boshqarish,  ta'limdagi  o’zgarishlarni 

tashkil etish, innovatsiyaning " hayoti va faoliyati" uchun zarur bo’lgan shart sharoitlar 

masalalari  tahlil  qilingan.  Yangilik  kiritishning  psixologik  aspekti  amerikalik  innovatik 

olimlardan  biri  E.  Rodjers  tomonidan  ishlab  chiqilgan.  U  yangilik  kiritish  jarayoni 

qatnashchilarining  toifalari  tasnifini,  uning  yangilikka  bo’lgan  munosabatini,  uni  idrok 

qilishga shayligini tadqiq etgan. 

Ahborot  -  yuksak  rivojlangan  texnologiyalar  asri  deb  yuritilayotgan  XX1  asrga 

kelib,  ta'lim  jarayoniga  innovatsiyani  keng  joriy  qilish  masalasiga  e'tibor  yanada 

kuchaytirildi.  

O’zbekistonda  mustaqillikdan  so’ng  innovatsiya  boshqa  sohalarga  qaraganda 

birinchilardan bo’lib ta'lim tizimiga kirib keldi va innovatsiyani ta'lim jarayonida qanday 

o’z aksini topganligini quyidagilarda ko’rishimiz mumkin.  

1.  Ta'lim  tizimiga  innovatsiyaning  kirib  kelishini  "Ta'lim  to’g’risidagi  qonun" 

hamda  "Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi"ning  qabul  qilinishi  misolida  ko’rishimiz 

mumkin. Bu ta'lim tizimini tubdan islox qilishning huquqiy asosi bo’lib xizmat qildi. 



 

2.  Pedagogik  fanlar  tizimiga  innovatsiyaning  kirib  kelishini  pedagogika  fanlari 



tarkibiga quyidagi: 

a) Gendr pedagogikasi; 

b) Evristik pedagogika

v) Majburiy pedagogika

g) Androgogik pedagogika kabi fanlarning kirib kelishi bilan belgilandi. 

 3.  O’qitish  tizimiga  innovatsiyaning  kirib  kelishini  ta'lim  mazmunida,  o’qitish 

metodlarida, dars shakli, o’qitish turlari, o’qitish vositalarida ko’rishmiz mumkin. - ta'lim 

mazmuniga  innovatsiya  an'anaviy,  noan'anaviy  va  masofaviy  o’qitish  turlarining  kirib 

kelishi bilan izohlanadi: 

-  o’qitish  metodlariga  innovatsiya  aktiv,  passiv  va  interaktiv  metodlarining  kirib 

kelishi misolida ko’ramiz. Aktiv metodni qo’llash talabalarni dars jarayonidagi faolligini 

oshirishga xizmat qilsa, passiv metod talabalarni bir tomonlama tushuncha berilishi bilan 

izoxlanadi.  Interaktiv  metod  esa  birgalikda  faol  harakat  qilishi  (o’qituvchi  bilan  talaba, 

talaba bilan talaba) tushuniladi; 

- dars shakliga innovatsiyani kirib kelishini standart, nostandart hamda vertual dars 

shakllari misolida ko’rishimz mumkin; 

-  o’qitish  turlaridagi  innovatsiyani  muammoli  ta'lim,  evristik  ta'lim,  darajalangan 

ta'lim,  integrasiyalangan  ta'lim,  interfaol  ta'lim,  informal  ta'lim,  rasmiy  ta'lim,  norasmiy 

ta'lim turlari bilan izoxlanadi; 

-  o’qitish  vositalariga  innovatsiyani  kirib  kelishini  dars  jarayonida  multimedia, 

elektron doskalar va boshqa vositalar bilan izoxlaymiz

- o’qitish metodlaridagi innovatsiyani quyidagi metodlarda ko’rishimiz mumkin; 

1. Aktiv metod. Bu metod talaba-yoshlarni dars jarayonida faollashuviga, ma'lum 

bir holat va voqelikga nisbatan fikrlashga-muloxaza yuritishga undaydi.  

2.  Passiv  metod.  Bu  metod  dars  jarayonida  talabalarda  o’rganilayotgan  mavzu 

bo’yicha bir tomonlama tushuncha hosil bo’lishiga olib keladi. 

3. Interaktiv metod. Bu metodni maqsadi dars jarayonida o’qtivchi va talabalarni 

birgalikdagi faol hatti-harakatlariga asoslanadi. 

 - Dars shaklida innovatsiya quyidagi shakilda ko’rishimiz mumkin;  

a) Standart dars -dars ichidagi struktura o’zgarmaydi. 



 

b) Nostandart dars -dars ichidagi struktura o’zgaradi. 



v) Vertual dars - yani masofadan o’qitish. 

Innovatsion  iborasiga  bir  qancha  pedagog  olimlar  o’zlarining  turli  hil  fikrlarini 

aytib o’tishgan. 

Jumladan  pedagogika  soxasida  ilmiy  tadqiqotlar  olib  borgan  A.I.  Prigojin 

innovatsiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi 

nisbatan turg’un unsurlarni kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o’zgarishlarni tushunadi. 

Tadqiqotchilar  A.I.  Prigojin,  B.V.  Sazonov,  V.S.  Tolstoy,  A.G.  Kruglikov,  A.S. 

Axiezer,  N.P.  Stepanov  va  boshqalar  Innovatsion  jarayonlar  tarkibiy  qismlarini 

o’rganishning ikki yondashuvini ajratadilar:  

-yangilikning individual mikrosati; 

-alohida-alohida kiritilgan yangiliklarni o’zaro ta'siri mikrosati; 

 

 



Birinchi yondashuvda hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g'oya yoritiladi.  

Ikkinchi  yondashuvda  alohida-alohida  kiritilgan  yangiliklarning  o’zaro  ta'siri, 

ularning  birligi,  raqobati  va  oqibat  natijada  birining  o’rnini  ikkinchisi  egallashi 

tushuniladi.  

Ўқитишда инновация




Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling