1-mavzu: kirish. Agrokimyo fani maqsadi, vaziflari, uning boshqa fanlar bilan aloqasi reja


Download 30.21 Kb.
bet1/2
Sana21.02.2023
Hajmi30.21 Kb.
#1218126
  1   2
Bog'liq
1-мавзу


1-MAVZU: KIRISH. AGROKIMYO FANI MAQSADI, VAZIFLARI, UNING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI
Reja:

  1. Agrokimyo fani nimani o‘rganadi?

  2. Agrokimyo fanining predmeti, maqsad va vazifalari.

  3. Agrokimyo fanini o‘rganish va tekshirish usullari.

  4. Agrokimyo fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va ular orasida tutgan o‘rni.

  5. Agrokimyo fanining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.

  6. Xulosa.

Tayanch iboralar
O‘simliklar, tuproq va o‘g‘it o‘rtasidagi munosabat, o‘g‘itlarning har xil turlari va shakllari xususiyatlari, o‘simliklarning oziqlanishi uchun eng yaxshi sharoit, tuproq - o‘simlik sistemasi, kimyoviy elementlar balansi va aylanishi, D.N.Pryanishnikov uchburchagi, moddalar aylanishiga ta’sir qiluvchi omillar, laboratoriya usuli, dala tajribasi, vegetatsion tajriba usuli, yashil o‘simliklarning oziqlanishi, chorvachilik asoslarini o‘rgani va uning ahamiyati, fanning yangi so’alari, qishloq xo‘jalik, qishloq xo‘jalik ekinlari, o‘simlik, tuproq va o‘g‘it, o‘g‘itlardan foydalanish uchun davlat tadbirlarini ishlab chiqish.
AGROKIMYO FANI NIMANI O‘RGANADI?
Agrokimyo fani - qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish va oziqlanish jarayonida o‘simliklar, tuproq va o‘g‘it o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni o‘rganadi.
Bundan tashqari dehqonchilikda moddalar aylanishi to‘g‘risida va linadigan hosilni ko‘paytirishda o‘g‘itlardan samarali foydalanish, hosilning sifatini yaxshilash hamda tuproq unumdorligini oshirish to‘g‘risidagi bir qator masalalarni o‘rganadigan fandir. Hozirgi zamon Agrokimyo fani qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliy va almiy yordam beradigan ham biologik ham kimyoviy fandir.
Agrokimyoda o‘rganiladigan uchtalabalar asosiy obekt - o‘simliklar, tuproq va o‘g‘itlar bir-birlari bilan dialektik o‘zaro aloqada bo‘lib, bir-biriga ta’sir etib turadi. Bu bog‘lanishlar sistemasini D.N.Pryanishnikov uchburchak ko‘rinishdatasvirladi, uning uchtalabalar uchi o‘simlik, tuproq va o‘g‘it, qo‘sh, qarama-qarshi yo‘nalishdagi strelkalar esa bu obektlarning bir-birlari bilan o‘zar ta’sirini ifodalaydi, chunki uchburchak markazida esa agrokimyo turadi.
O‘simliklar oziqlanish jarayonida tuproq va o‘g‘it bilan tuproq - o‘simlik va o‘g‘it bilan, o‘g‘it-tuproq va o‘simlik bilan o‘zaro ta’sirlashadi.
Bunday o‘zaro ta’sirning sharoitlari va xarakteri olinadigan hosilning miqdorini va sifatini belgilaydi. «O‘simlik, tuproq va o‘g‘it orasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganish, - deb yozgan edi D.N.Pryanishnikov, - hamma vaqt agrokimyogarlarning asosiy vazifasi bo‘lib kelgan».
D.N.Pryanishnikov faqat agrokimyogina tuproqning unumdorligini va qishloq xo‘jalik ekinlirining hosildorligini oshirish uchun tegishli bo‘lgan o‘g‘itlarni solish yo‘li bilan yuqorida aytib o‘tilgan o‘zaro ta’sir etuvchi uchtalabalar omilga doir bilimlarning sintezi bilan shuullanishini ta’kidlagan edi. O‘simliklarning oziqlanishi va o‘simlik, tuproq hamda o‘g‘itlar orasidagi o‘zaro ta’sirni o‘rganish agrokimyoning nazariy asosini tashkil etadi.
Nazariy asoslarni bilish o‘g‘itlar ishlatishga doir amaliy masalalarniijodiy xal etishga imkon beradi. Bunday masalalarni esa agrokimyo ishlab chiqadi.
O‘g‘itlarning eng samarali shakllarini, dozalari va nisbatlari, ularni har xil tuproq-iqlim sharoitida turli qishloq xo‘jalik ekinlariga solishning optimal muddatlari va usullari, o‘g‘it solishni tuproqqa ishlov berish, almashlab ekish, sug‘orish va boshqa agrokimyoviy tadbirlar bilan muvofiq ravishda birga olib borish ana shunday masalalar jumlasiga kiradi.
o‘simlik

tuproq o‘g‘it



Download 30.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling