1-Mavzu: kirish. B
Download 23.55 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUAYYAN DAVLATDA TABIAT, JAMIYAT VA IQTISODIY RIVOJLANISHNING BARQARORLIGI.
- Barqaror rivojlanish
1-Mavzu: KIRISH. BAQAROR RIVOJLANISH FANINING MAZMUNI VA MOHIYATI VA MAQSAD VAZIFALARI. MUAYYAN DAVLATDA TABIAT, JAMIYAT VA IQTISODIY RIVOJLANISHNING BARQARORLIGI. REJA: 1. Barqaror rivojlanish fani maqsad va vazifalari. 2. Yoshlarda mustaqil dеmokratik taraqqiyotni ta'minlash ko’nikma va malakalarini shakllantirishda barqar rivojlanish fanining ahamiyati. 3. Rio-di Janeyro konferensiyasi. Barqaror rivojlanish-hozirgi avlodlar hayotiy ehtiyojlarini kelgusi avlodlar ehtiyojlarini qondirishga zarar yetkazmasdan amalga oshiriladigan rivojlanish tushuniladi. Barqaror rivojlansh mazmun boʻyicha ekologik rivojlanish tushunchasiga juda yaqindir. 1968-yili 10 ta davlatdan 30 kishidan iborat fan, madaniyat, maorif, biznes vakillari "Rim klubi" deb nomlangan nodavlat tashkilotini tuzishdi. Klub aʼzolari insoniyatning hozirgi va kelajakdagi murakkab ahvolini muhokama qilish va inqirozdan chiqish yoʻllarini oʻrganishni asosiy maqsad deb belgiladilar. 1972-yil 13-martda "Rim klubi" uchun tayyorlangan "Oʻsish chegaralari" maʼruzasi eʼlon qilindi. Maʼruzada sayyoramiz kelgusi ekologik holatini bashorat qilish boʻyicha global model tahlil qilingan. Modelda sayyorada oʻsishni va uning chegarasini belgilaydigan 5 asosiy omil: aholi soni; qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi; tabiiy resurslar; sanoat ishlab chiqarishi; atrof muhitning ifloslanishi asos qilib olingan. 1972-yil 5-iyunda Stokgolmda Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT)ning atrof muhit boʻyicha birinchi umumjahon konferensiyasi oʻtkazildi. Unda 113 davlat vakillari qatnashdilar. Ekologik rivojlanishning asosiy talablari konferensiyada qabul qilingan 26 tamoyildan iborat "Stokgolm deklaratsiyasi"da keltirilgan. Bu prinsiplardan birida har bir inson qulay atrof muhitda yashash huquqiga ega va taraqqiyotga erishadigan darajada boʻlishi kerak" deb taʼkidlandi. Qabul qilingan "tadbirlar rejasi" 109 banddan iborat. Stokgolm konferensiyasidan keyin jahon hamjamiyati ekologik yoʻnaltirilgan taraqqiyotga erishish boʻyicha dastlabki qadamlarni tashladi. 1975-yili aholi soni 4 milliard, 1987-yili 5 milliarddan oshdi. Dunyoning turli chekkalaridagi ekologik inqiroz vaziyatlari chuqurlashdi. Orol dengizining qurishi, Shimoliy afrika mamlakatlaridagi qurgʻoqchilik, okeanlarning neft mahsulotlari bilan ifloslanishi, ozon tuynuklari muammolari chegara bilmasligi, mintaqaviy va global oqibatlari bilan namoyon boʻldi. 1992-yilning 13-14-iyun kunlarida Braziliyaning Rio-de Janeyro shahrida BMTning atrof muhit va rivojlanish boʻyicha konferensiyasi boʻlib oldi. Unda 179 davlatlarning rahbarlari, hukumat vakillari, ekspertlar, nodavlat tashkilotlari, ilmiy va ishbilarmon doiralari vakillari qatnashdilar. Hozirgi vaqtda rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi GFR yoki AQSh aholisi hayot darajasiga yetishishi uchun yana bir yer sayyorasi resurslarini oʻzlashtirish lozim boʻladi. Yer esa koinotda yagonadir. Tabiat va jamiyatning mutanosib rivojlanishi - evolyutsiya deb yuritiladi. Jamiyatning rivojlanish surʼatlari juda yuqori, tabiat evolyutsiyasi tezligi oʻzgarmaydi. Evolyutsiyaga erishish uchun jamiyat oʻzining ayrim ehtiyojlaridan voz kecha olishi lozimdir. XXI asrga kelib atrof-muhitga taʼsir surʼati yuqoriligicha qolmoqda. Barqaror rivojlanish yoʻlidagi sa’yi-harakatlar ijobiy natijalarini bermoqda. XX asr boshlariga kelib rivojlangan davlatlarda ekologik inqirozning oldini olish tadbirlariga yalpi ichki mahsulot (YaIM)ning 1,5-2,5% ulushi sarflanishi lozim. Atrof-muhit ancha ayanchli holga tushib qolgan mamlakatlarda esa bu koʻrsatgich 4-5%dan kam boʻlmasligi kerakligi taʼkidlanadi. Ekologik taʼlim tarbiyani rivojlantirish, jamoatchilik rolini oshirish, ekologik texnologiyalarni joriy qilish barqaror rivojlanishni taʼminlashda muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi vaqtda tabiat va inson hayotining ekologik xavf ostida qolish jarayoni yanada murakkablashib, mushkullashib bormoqda. Atrof-muhit bilan jamiyat oʻrtasidagi aloqalar muvozanatining buzilishi tabiiy holatga putur yetkazmoqda. Yer yuzi tabiatning barqarorligi, turgʻunligi va uning oʻziga xos qonunlarini insoniyat tomonidan buzilishining asosiy sabablaridan biri kishilarning atrof-muhit muhofazasi haqidagi bilimlarining yetishmasligi hamda tabiatning kelajakdagi ekologik holatini koʻra bilmasliklaridir. Oʻzbekistonda tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunda barcha taʼlim muassalarida ekologik taʼlim majburiy deb belgilangan. Oʻrta maktab, litsey va kollejlarda ekologiya boʻyicha alohida fan oʻtilishi zarurdir. Bu barqaror rivojlanish uchun taʼlimning asosini tashkil qilishi lozimdir. BMT barqaror rivojlanish uchun taʼlimni 2005-2014 yillar davomida har bir mamlakatda amalga oshirishni rejalashtirgan. XXI asr ekologiya asri boʻlishi shubhasizdir. Har bir inson ona sayyoramiz tabiatiga ziyon yetkazmasdan oʻzgartirishi, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish kerak. Dunyo hamjamiyatining yangi barqaror rivojlanish konsepsiyasi birinchi marotaba 1987-yil BMTning Butunjahon atrof muhit va rivojlanish boʼyicha komissiyasi tomonidan ishlab chiqildi. Mazkur komissiya oʼzining Gro Xarlem Brundtland kontsepsiyasi degan nomini olgan “Bizning umumiy kelajagimiz” maʼruzasida hozirgi avlod odamlarni hayotiy ehtiyojlar qondirilishini kelasi avlodning munosib hayotga boʼlgan huquqini hisobga olib, dunyo hamjamiyatining barqaror rivojlanish konsepsiyasi modelini yaratdi. BMT Bosh Аssambleyasining 1989-yil dekabr oyidagi 44(428-sonli rezolyutsiyasida) barqaror rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish maqsadida BMTning maxsus konferensiyasini chaqirish toʼgʼrisidagi qaror qabul qilindi va u alohida mavzu tariqasida koʼrib kun tartibiga kiritildi. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi – bir meʼyorda(stabil) rivojlangan davlatlar va butun dunyo hamjamiyatining xususiyat, mohiyat va tarkibiy qarashlar tizimidir, Barqaror rivojlanish konsepsiyasi ishlab chiqarish va isteʼmol qilish, aholining oʼsishi va ijtimoiy himoyasi oʼrtasidagi muvozanatni rivojlangan va rivojlanish yoʼlida turgan barcha davlatlarda saqlashni hisobga oladi. Chunki yer sayyorasidagi atrof-muhit holati ularning birgalikdagi harakat majmuasidir. Ekologik muammolarning yechimi biron bir davlat (masalan, АQSh) yoki biron bir davlatlar (masalan, “katta sakkizlik“) faoliyatiga bevosita bogʼliq emas ekanligini biz yuqorida aytib oʼtgan edik. Bu oʼrinda yana bir bor Orol va Orolboʼyi muammosiga toʼxtalib oʼtishga toʼgʼri keladi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT Bosh Аssambleyasi 48, 50 va 55 sessiyalaridagi maʼruzasida aytib oʼtilganidek, ushbu muammo nafaqat Oʼrta Osiyo davlatlarining, balki butun dunyo hamjamiyatining “chuqur tabiiy dardidir”, chunki Orol inqirozi kurrai zaminda ekologik xavfsizlikni keskinlashtiradi va shuning uchun ham global xarakterga ega. Prezidentimiz barcha davlat rahbarlarini, mahalliy va xalqaro tashkilotlarni Orol muammosini hal qilishga yordam berishga chaqirdi va aks olda ekologik inqiroz oqibatini oldini olish mumkin emasligini, taʼkidlab oʼtdi. BMTning Rio-de-Janeyrodagi konferensiyasida qabul qilingan “Аtrof muhit muhofazasi va rivojlanishga doir deklaratsiya”da “Inson haqida gʼamxoʼrlik–barqaror rivojlanish faoliyatini taʼminlashning markaziy boʼgʼinidir. Odamlar sogʼlom yashash va tabiat bilan uygʼunlashish orqali unumli mehnat qilish huquqiqiga egadirlar”,-deb aytilgan edi. Yangi barqaror rivojlanish konsepsiyasida Inson va tabiatning garmonik rivojlanishi uchun quyidagi asosiy qoidalar nazarda tutilgan: Davlatlarning tabiiy resurslardan foydalanishdagi suveren huquqi boshqa, milliy yurisdiktsiyasi kirmaydigan davlatlar va mintaqalarning atrof muhitiga zarar qilmasligi kerak. Mazkur qoida 1945-yilda qabul qilingan BMTning Nizomiga toʼla muvofiq keladi; davlatlar yoki alohida bir transkontinental kompaniyalarning rivojlanish huquqi hozirgi va kelajak avlodlarning atrof-muhit muhofazasi sohasidagi ehtiyojlarini adekvat darajada qondirishi lozim; barqaror rivojlanishda atrof-muhit muhofazasi taraqqiyot jarayonining bir qismi hisoblaniladi va undan ajralgan tarzda muhokama qilinmasligi kerak; rivojlanayotgan va oʼtish davri iqtisodiyotida turgan davlatlarda ekologik muammolarni birlamchi masalalar turkumiga kirgizish lozim, shuning uchun ham ularda tabiiy resurslarni konservatsiya qiluvchi (saqlovchi) xoʼjalik tarmoqlarini rivojlantirmoq zarur; davlatlar Yer ekotizimlarini saqlash, muhofaza qilish hamda uning tozaligi va butunligini tiklash maqsadida global miqyosdagi sherikchilik ruhida hamkorlik qilishlari lozim; har bir davlat atrof-muhit holati uchun javobgardir; rivojlangan mamlakatlar xalqaro doirada barqaror rivojlanishni taʼminlashda masʼuldirlar, mazkur davlatlar jamoasi Yer sayyorasining muhitiga yetgazgan zararini ulardagi texnologik va moliyaviy resurslardan kelib chiqqan holdagi javobgarligini tan olmoqlari lozim; tabiiy resurslardan foydalanishi moʼtadillashtirish maqsadida davlatlar oʼz demografik siyosatlarini muvofiqlashtirishlari zarur; tabiiy xom ashyoni ishlab chiqarish, qazib olish va qayta ishlash ilmiy jihatdan asoslangan boʼlishi va ushbu jarayonlarda ilgʼor texnologiyalarni qoʼllash lozim; ekologik muammolarni barcha manfaatdor fuqarolar ishtirokida va turli darajada: milliy miqyosda har bir fuqaro atrof-muhitga tegishli boʼlgan maʼlumotlardan erkin foydalanish huquqiga ega boʼlishlari; davlatlar esa bunday masalalarni hal etishda keng maʼlumotlar berish yoʼlini rivojlantirishlari va qoʼllab-quvvatlashlari zarur; ekologik zararlarni qoplashda sud orqali himoyalanish vositalarini qoʼllash va maʼmuriyat ishilarini ularda koʼrib chiqishni taʼminlash; davlatlar atrof-muhit muhofazasiga doir qonun hujjatlariga, ekologik qatiy oʼrnatilgan meʼyorlarga (standartlarga) ega boʼlmoqlari lozim, xoʼjalik faoliyatining maqsadi va ustuvorligi atrof muhitni muhofaza qilish vazifalariga muvofiq kelishi kerak; davlatlar maqbul va ochiq xalqaro ekologik tizimni tashkil qilishda hamkorlik qilishlari kerak, bu esa atrof-muhit holatiga doir muammolarni yanada ham samarali hal qilishga olib kelishi lozim; savdo siyosati sohasida atrof muhitni muhofaza qilish maqsadida koʼrilayotgan choralar ixtiyoriy yoki asossiz ravishda diskriminatsiya qilish yoki xalqaro savdoning yashirin cheklash vositasi boʼlmasligi lozim; atrof-muhit muhofazasiga yoʼnaltirilgan chegaralararo yoki global ekologik muammolarning yechish yoʼllari xalqaro konsensus (murosaga)ga asoslangan boʼlishi kerak; milliy qonunlar davlatlarda ham, ularning tashqarisida ham tabiiy muhitga yetkazilgan zararni qoplashni hisobga olmogʼi lozim; davlatlar atrof tabiiy muhitga zarar yetkazuvchi moddalarning harakatlanishi va tashilishining oldini olish uchun samarali ravishda hamkorlik qilishlari kerak; davlat hokimiyati va boshqaruv organlari ekologik harajatlarni ifloslanish bilan bogʼliq boʼlgan ekologik vositalardan foydalanishni baynalminallashtirish orqali rejalashtirishlari lozim; ekologik oqibatlarni baholash vakolatli milliy organlar tomonidan tasdiqlanishi kerak; davlatlar, halqaro miqyosda yordam berish maqsadida, atrof-muhitga zarar yetkazuvchi har qanday ofat yoki boshqa favqulodda vaziyat haqida darhol oʼzga mamlakatga axborot yetkazishlari kerak; ayollar atrof-muhit unsurlaridan oqilona foydalanish va barqaror rivojlanishda hayotiy muhim rolь oʼynaydilar, shuning uchun ham ularning turli ekologik tadbirlarda har tomonlama ishtiroklarini taʼminlash zarur; davlatlar yoshlarning bunyodkorlik qobiliyatlarini, istiqbolli maqsadlarini va jasurliklarini ekologik muammolarni hal etishga jalb qilmogʼi kerak; davlatlar atrof-muhitga boʼlgan anʼanaviy munosabatlarini tan olishlari kerak, mahalliy aholi va uning jamoalarining tarixiy tajribasini ishlatmogʼi lozim; davlatlar urushlarni (qurolli toʼqnashuvlarni), ekotizim-larning bir butunligining parchalanishini oldini oluvchi xalqaro huquqiy meʼyorlarni hurmat qilmogʼi kerak ; tinchlik, rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilish oʼzaro bogʼlangan va ajralmasdir; davlatlar ekologiya sohasidagi nizolarni va masalalarni tinch yoʼl bilan tegishli vositalar yordamida BMT Nizomiga muvofiq ravishda hal qilmogʼi kerak; davlatlar, xalqlarni barqaror rivojlanishi uchun, ekologik talablarni bajarishda yaxshi niyat va sherikchilik ruhida hamkorlik qilishga majburdir. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi, yuqorida keltirilgan atrof-muhitni muhofaza qilishga oid prinsip-qoidalar tufayli, xalqaro huquq talablariga toʼla javob beradi, u jamiyat va tabiat uygʼunligini oshiradi. Ushbu ekologik prinsip-qoidalarga rioya qilish, shubhasiz, xalqaro hamjamiyatning hamkorligiga va bir maromda rivojlanishiga xizmat qiladi. Tabiat insonlarning nafaqat iqtisodiy rivojlanishining moddiy asosi, balki ularning maʼnaviy-estetik ehtiyojlarini qondirish manbai hamdir. Bu esa insonlarni tabiatga boʼlgan ehtiyojlarini kundan-kunga oshirmoqda. Barqaror rivojlanish gʼoyasining maqsadi – kelajak avlod ehtiyojlarini inobatga olgan tarzda hozirgi zamon kishilik jamiyatini uzviy bogʼlangan ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy taraqqiyotini bir meʼyorda taʼminlashdir. Iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ziddiyatlarga boy davr boʼlgan XX asrning oxiri va XXI asrning boshiga kelib kishilik jamiyati kelajakda qanday qilib tinch va osoyishta hayot kechirishi mumkin degan savol eng dolzarb masalaga aylanib qoldi. Ushbu yoʼnalishda “Barqaror rivojlanish konsepsiyasi” umumeʼtirof etilgan va boshqa bir qator dunyoqarashlardan ustun turgan fikrlar, bilimlar hamda real harakatlar majmuasidir. Rim klubi haqida. Tabiiy muhitning inqirozli vaziyatda ekanligini tushunib yetgan bir guruh fan, madaniyat, maorif va davlat arboblaridan iborat boʼlgan kishilar yuzaga kelgan salbiy ekologik oqibatdan chiqib ketish rejasini ishlab chiqish maqsadida “Rim klubi”ni tuzishdi. “Rim klubi” aʼzolarining 1970-yilda “Oʼsish chegarasi” kitobi, faoliyat hisoboti tariqasida, juda koʼp nashrda va tillarda chop etildi. Unda zamonamizning koʼzga koʼringan kishilari Yer kurrasidagi aholining oʼsishini tabiiy resurslar imkoniyatiga monand ravishda moʼtadillashtirishni taklif etishdi. Ular geometrik ravishda koʼpayayotgan Yer yuzi aholisini arifmetik ravishda koʼpayayotgan tabiiy boyliklarning resurs imkoniyatlari “koʼtara olmasligi”ni ular xalqaro hamjamiyatga tushuntirmoqchi bo’lganlar. “Rim klubi” hisoboti 1972-yil 5-iyunda Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahrida butunjahon “Аtrof-muhitni muhofaza qilish” Konferensiyasini chaqirishga asos soldi. Mazkur konferensiyani, hech mubolagʼasiz, xalqaro hamjamiyatning ekologik dunyoqarashidagi tub burilish nuqtasi, deyish mumkin. Chunki insoniyat tarixida ilk bor BMTning juda keng qamrovli va salohiyatli anjumani yer sayyorasidagi ekologik muammolarni hal qilishga bagʼishlangan edi. Аynan Stokgolm konferensiyasidan boshlab davlatlar oʼrtasidagi munosabatlarda atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari alohida bahs va muzokaralar mavzusiga aylana boshladi. Endilikda ekologik muammolarning yechimini topish global miqyosdagi xavfsizlikni taʼminlashning asosiy omili ekanligini hamma tushunib yetgan edi. Stokgolm Konferensiyasi tavsiyanomasiga binoan Birlashgan Millatlar tashkilotining(BMT) Bosh assambleyasi Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi(YuNEP) tashkilotini shakllantirdi. Konferensiyaning ochilish kuni (5 iyun) har yili dunyoda butunjahon atrof muhitni muhofaza qilish kuni sifatida nishonlanadigan boʼldi. Stokgolm konferensiyasi qarori bilan butujahon atrof-muhitni muhofaza qilish jamgʼarmasi tashkil etildi. Jamgʼarmaga BMTga aʼzo barcha davlatlar badal toʼlovlarini toʼlab turish majburiyati yuklandi. Endilikda ekologik muammolarning yechimini topish global miqyosdagi xavfsizlikni taʼminlashning asosiy omili ekanligini tushunib yetgan dunyo hamjamiyati 1975-yil Xelsinki shahrida 35 ta Yevropa davlatlari hamda АQSh va Kanada rahbarlari ishtirokida xalqaro Sammitni chaqirishdi. Yevropa xavfsizlik va hamkorlik Kengashining “Yakunlovchi hujjat”-da ekologik xavfsizlikni taʼminlash barqaror rivojlanishning eng asosiy koʼrsatgichlaridan biri ekanligi eʼtirof etildi. Dunyo hamjamiyatining yangi barqaror rivojlanish konsepsiyasi birinchi marotaba 1987-yil BMTning Butunjahon atrof muhit va rivojlanish boʼyicha komissiyasi tomonidan ishlab chiqildi. Mazkur komissiya oʼzining Gro Xarlem Brundtland konsepsiyasi degan nomini olgan “Bizning umumiy kelajagimiz” maʼruzasida hozirgi avlod odamlarining hayotiy ehtiyojlari qondirilishini kelajak avlodning munosib hayotga boʼlgan huquqini hisobga olib, dunyo hamjamiyatining barqaror rivojlanish konsepsiyasi modelini yaratdi. Shu tariqa 1987-yil BMTning Butunjahon atrof-muhit va rivojlanish komissiyasi tuzildi va unga Norvegiyalik davlat arbobi Gro Xarlem Bruntland (bosh vazir) rahbarlik qildi. Komissiyaning “Bizning umumiy kelajagimiz” nomli hisobotida barqaror rivojlanish konsepsiyasi modeli – hozirgi avlod ehtiyojlarining qondirilishi va kelasi avlodlarning munosib hayot kechirishga boʼlgan huquqini hisobga olgan tarzda amalga oshirilishi lozim, deya takidladi. Shu tariqa, 1987-yildan buyon dunyo hamjamiyatining birgalikda hal qilayotgan masalalaridan biri – lokal, regional va global miqyosda barqaror rivojlanishga erishish, hisoblanadi. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda 8 ta barqaror rivojlanish yoʼnalishlariga eʼtiborni qaratish talab etiladi: qashshoqlik va ochlikka barham berish, umumiy boshlangʼich taʼlimni taʼminlash, erkaklar va ayollar tengligini ragʼbatlantirish hamda ayollarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish, bolalar oʼlimini kamaytirish, onalikni muhofaza qilishni yaxshilash, OITV/OITS, bezgak va boshqa kasalliklar bilan kurashish, ekologik barqarorlikni taʼminlash, rivojlanish maqsadlarida global sherikchilikni shakllantirish. Fanning maqsad va vazifalari. Oʼzbekistonda atrof-muhit bilan bogʼliq boʼlgan qator jiddiy muammolar mavjud. Iqlim oʼzgarishi va atrof-muhit tanazzuli mamlakatning istiqboldagi barqaror taraqqiyoti uchun katta tahdid hisoblanadi. Iqlim oʼzgarishi qishloq xoʼjaligidagi ishlab chiqarish xavflarini oshiradi va bu hosildorlikning pasayib ketishi, zararkunandalar va kasalliklarning keng miqyosda tarqalishi, choʼllanishning oshishi, nafaqat qishloq xoʼjaligi, balki aholi turmushining asosiy tarkibiy qismi boʼlgan tuproq, suv va havo sifatining pasayib ketishiga olib keladi. Iqlim oʼzgarishlaridan tashqari, atrof-muhitning holati va ekologik sharoitlari inson omili bosimi ostida qolgan va bu tabiiy resurslar (asosan, suv)dan notoʼgʼri foydalanish, atrof-muhitning ifloslanishi hamda ekologik harakatda sust ishtirok etishni oʼz ichiga oladi. Mazkur fanni oʼrganish natijasida talabalar quyidagilar boʼyicha tizimli tasavvurlar hosil qilishlari zarur: Ilmiy gʼoya va kishilik jamiyati faoliyatining amaliy sohasi sifatidagi barqaror taraqqiyot haqida; Atrof-muhit muammolari va tabiiy resurslarni boshqarish- Barqaror taraqqiyot va tabiatdan oqilona foydalanish boʼyicha muvaffaqiyatli jahon va milliy tajribalar; mavjud jamgʼarmalar va ekologik loyihalarni amalga oshirish uchun grantlar olish imkoniyati, umuman olganda esa ekologik muammolarga ijtimoiy yo’naltirilgan yechimlarni qidirish. O’zbеkistonda yoshlarga doir davlat siyosati deganda davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intеllеktual, ijodiy va boshqa yo’nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi tushuniladi. Milliy g’oya mamlakat oldida turgan ulug’, bunyodkorlik ishlari undan ko’zlangan asosiy maqsad insonlarning erkin va farovon hayotga erishishi, ozod va obod vatan qurish yo’lida har bir kishi uchun harakat yo’nalishi bo’lishiga qaratilgan. Dеmak, Milliy g’oya “hukmron g’oya” ga intilishdan mutlaqo bеgona bo’lganligi bilan ham boshqa nosog’lom g’oyalardan farq qiladi. Milliy g’oya voqеa-hodisalarni bilish, tahlil etish, ularga baho bеrishga imkoniyat yaratib, bir qator ilmiy, tarbiyaviy va amaliy vazifalarni ham bajaradi. “Milliy g’oya: O’zbеkistonni rivojlantirish stratеgiyasi” fani yoshlarda milliy g’urur, vatanparvarlik, yurtga sadoqat, xalq ishiga kambarbastalik ruhini shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi. Mazkur fanning qonun-qoidalari, tushunchalarini o’rgatishda quyidagilarga alohida e'tibor bеrish kеrak: - yoshlarimiz ongi va qalbida ezgu g’oyalarlarga sadoqat tuyg’usini uyg’otish asosida mafkuraviy immunitеtni kuchaytirish; - yoshlarda mustaqil fikrlashni shakllantirish; - yonatrofdagi voqеalarga dahldorlik tuyg’usini rivojlantirish; - yoshlarni ongli yashashga, o’z aqli, fikriga, ezgu, insoniy mafkuraga, aniq milliy g’oyaga suyanib yashashga o’rgatish; - yoshlarning milliy g’oyaga qiziqishlarini rag’batlantirib, milliy g’oyani o’z xatti-harakatlarining ma'naviy asosiga aylantirish; - globallashuv avj olayotgan davrda mafkuraviy hurujlarning mohiyatini ochib bеrish; - axborot hurujlariga qarshi tura oladigan barkamol inson tarbiyasini kuchaytirish; - mafkuraviy profilaktika orqali sog’lom e'tiqodni shakllantirish; - yoshlarda vatan kеlajagi, xalq farovonligiga dahldorlik hissini uyg’otish; - mafkuraviy tahdidlar va ularga qarshi kurashning samarali yo’llari, usullari haqida ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishga e'tibor qaratish zarur. Download 23.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling