Baqriya
Xorazm
Quldorlik jamiyati kishini kishi tomonidan eksplua tatsiya qilinishiga asoslangan jamiyatdir. Qadimgi Sharq, Yunoniston va Rim jamiyatlarida shunisi bilan tavsifga loyiqki, quldorlar va qullar asosan qarama-qarshi sinflar bo‘lib kelgan. O‘tmishdan ma’lumki, eng qadimgi ilk davlatchilik birlashmalari bu miloddan avvalgi IV–III mingyilliklarda vujudga kelgan Mesopotamiya va Misr hisoblanib, qolgan hududlarda esa keyinroq, ya’ni miloddan avvalgi II–I mingyilliklarda vujudga kelgan va rivoj topgan.
O‘rta Osiyoda miloddan avvalgi I mingyillikning boshlarida vujudga kelgan Baqtriya, Xorazm kabi davlatlar Rim va Yunonistonga nisbatan birmuncha boshqacha yo‘ldan rivojlanib bordilar. Agar Yunoniston va Rimda qulchilik munosabatlari ijtimoiy taraqqiyotning eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilgan va ijtimoiy turmush tarzi to‘la tarzda belgilangan bo‘lsa, O‘rta Osiyoda uning aksini ko‘ramiz. Bu yerda qulchilikning ayrim elementlari ma’lum tarzda mavjud bo‘lsa-da, jamoa mavqeyi katta bo‘lganligidan u
taraqqiyotning yuqori darajasiga ko‘tarila olmagan.
1.“Ko’rgazmali chiqish”uslubida gurux topshiriqlarini bajarish
1 – guruh topshirig’i: "Avesto"da keltirib oʻtilgan shahar davlatlarning davlat va ma’muriy boshqaruvi.
2 - guruh topshirig’i: Avesto"da aholining ijtimoiy kelib chiqishiga qarab tabaqa boʻlinishi tugʻridida maʼlumot bering!
3 – guruh topshirig’i: Dastlabki davlatchilik manzilgohlari qayerdan topilgan va kimlar tomonidan arxeologik qazishmalar olib haqida maʼlumot bering?
Bunda uchala guruhga 10 daqiqa vaqt beriladi. Mana shu vaqt davomida har bir gurux vatman qog’ozga mavzuni ochib beruvchi shakllar, sxemalar, yozuvlar chizishadi. Chizilgan shakllarni tariflab berishadi Guruxlar bunda bir–birini baholaydi. Xulosa o’qituvchi tomonidan aytiladi. Albatta, baxolash jarayo nida guruxlarning yutuq va kamchiliklari takidlanadi.
2. Farqlash va oʻxshash tomonini aniqlash
Do'stlaringiz bilan baham: |