1-mavzu: Kirish. Elektr texnologiya uskunalari va qurilmalari rivojining tarixi va istiqboli. Reja
Download 73.87 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Thank you for trying Tweak PDF To Word .
1-mavzu: Kirish. Elektr texnologiya uskunalari va qurilmalari rivojining tarixi va istiqboli. Reja: 1. Elektr texnologiyanuskunalari va qurilmalari rivojining tarixi va istiqboli. 2. Hozirgi zamon sanoat va qishloq xoʻjaligidagi tutgan oʻrniva uni rivojlanishining asosiy yoʻnalishi. Elektr energiyasini iste’mol qilib, uni boshqa turdagi energiyaga aylantirish orqali va shu vaqtning o’zida texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun belgilangan qurilmalar elektrotexnologik qurilmalar deb ataladi. Bunday qurilmalar murakkab tuzilishga ega bo’lib, ularning tarkibiga ishchi organ, ya’ni plazmatron, plazmali reaktor, elektron to’p, yoy va ion agregatlarining elektrodlar tizimi va belgilangan ish rejimini avtomatik ta’minlovchi yoki mikroprosessorli texnika yordamida boshqariluvchan maxsus energiya manbalari kiradi. Suv, gaz ta’minlash va vakuum hosil qilish hamda uni saqlash tizimlari esa elektrotexnologik qurilmalar tarkibiga yordamchi jihoz sifatida kiradi. Elektrotexnologik qurilma qanday texnologik jarayonni bajarish uchun belgilangan ekanligini bilmay, uni talab doirasida montaj qilish, sozlash va ishlatish mumkin emas. Insoniyatning ishlab chiqarish faoliyati va uy ro’zor e’tiyojlari elektrotexnologik qurilmalar bilan tobora to’yinib bormoqda. Bunday to’yinish faqatgina mazkur qurilmalarga bo’lgan e’tiyojning o’sishi bilangina asoslanib qolmasdan, balki uglevodorodli yoqilg’itan narxining ma’lum darajada oshishi, tashqi mu’itni muhofaza qilish bo’yicha aniq choralar belgilash zaruriyati, chiqindisiz texnologiyalar yaratish kabilar bilan ham bog’liqdir. Elektrotexnologik jarayonlarni rivojlantirish mamlakatimizning rivojlanib borayotgan energetik tizimini, yangi elektr stansiyalari va yuqori quvvatli elektr tarmoqlarini qurish orqali amalga oshiriladi. Elektr payvandlash va elektrotexnologik jarayonlarining rivojlanish tarixi, rus fiziki V.V. Petrov tomonidan 1801 yilda elektr yoyini kashf etilishi bilan boshlangan deb xisoblab kelinadi. Lekin o’sha davrda katta quvvatdagi elektr energiya manbalari yoki katta quvvatdagi elektr energiyasini ma’lum masofaga uzatish xali kam rivojlangani sababli, elektrotexnologik jarayonlar XIX asrning oxirlarigacha sezilarli darajada rivojlana olmagan. Birinchi elektr pechlari, lekin chet davlatlarda tayyorlangan pechlar, Rossiyaga aynan XIX asrning oxirlarida keltirilgan. Birinchi “ rus elektr pechi “ 1901 yilda rus muxandis fiziki V.P. Ijevskiy loyixasi asosida yaratilgan. Elektrotexnolgik jarayonlarining keyingi rivojiga A.N. Lodqgin, S.S. Shteynberg va A.F. Garmolinlar elektr metallurgiyasi so’asida, S.I. Telnqy o’zgaruvchan tok elektr yoyining elektr zanjiri nazariyasi bo’yicha, M.S. Maksimenko - metallar elektrotermiyasi so’asida, V.P. Vologdin - metallarini induksion qizdirish usullari so’asida, N.N. Benardos, N.G. Slavyanov, O.Ye. Patonlar elektr payvandlash so’asida, A.V. Netushil yarim o’tkazgich va dielektriklarni qizdirish nazariyasi so’asida va A,D, Svenchanskiy elektr qarshilik pechlari va vakuum yoy pechlari nazariyasi so’asida izlanishlar olib borgan holda o’zlarining salmoqli xissalarini qo’shdilar. Thank you for trying Tweak PDF To Word . This free trial is limited to one page conversions for the purpose of evaluating Tweak PDF To Word capabilities. If you wish to obtain unrestricted functionality in Tweak PDF To Word, please visit: http://www.tweakpdf.com to buy the full version. Download 73.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling