1-mavzu. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Davlat tili haqidagi qonun va uning ijrosi. Reja


Download 21.31 Kb.
bet1/3
Sana04.02.2023
Hajmi21.31 Kb.
#1164476
  1   2   3
Bog'liq
1-mavzu.


1-mavzu. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Davlat tili haqidagi qonun va uning ijrosi.
Reja:

  1. O‘zbek tilining sohada qo`llanilishi fanining maqsad va vazifalari.

  2. Dаvlаt tili mаqоmi haqida.

  3. Davlat tili haqidagi qonunning mazmun-mohiyati va ijrosi.

“O'zbek tilining sohada qo`llanilishi”


1. Ona tili o'qitish metodikasi va tilshunoslik.
Oliy ta`lim muassasalarida o'qitiladigan ona tili fanining ilmiy asosini va mazmunini, eng avvalo, til haqidagi fan belgilab beradi. O`zbek tilining sohada to'g'ri tashkil etilishi va samarali bo'lishi til to'g'risidagi lingvistik xulosalarning ilmiy va aniq bo'lishiga bog'liq. O`zbek tilining sohada qo`llanilishi fani taraqqiyotini tilshunoslik fanisiz tasavvur etib bo'lmaydi.
Maktabda,o`rta maxsus bilim yurtlarida tilning tovush tomoni, grammatik qurilishi va lug'at boyligi haqida o'quvchilarga, ularning yoshi hamda bilim darajasiga mos holda boshlang'ich ma'lumot beriladi. Ana shu bilimga asoslanib yozuv va uslubiy me`yorlari o'rgatiladi. Bularning mundarijasi va hajmi ona tili dasturlarida belgilanib, mazmun darsliklarda bayon etiladi. Masalan,
Fonetika bo'yicha ma'lumot olgan o'quvchi tovush va harf, unli va undoshlarni ongli farqlay oladigan bo'lishi kerak.
Grammatika mashg'ulotlarida o'quvchi so'zning morfologik tuzilishini, so'z turkumlarining ma'no va grammatik belgilarini, gap bo'laklarining o'zaro munosabatini ongli o'zlashtiradi.
O'quvchilar so'zlarning o'zaro birikib, gap hosil qilish, gaplarning o'zaro bog'lanib, qo'shma gap hosil qilish haqidagi qonun-qoidalarini o'rganish davomida ijtimoiy borliq, undagi hodisalar orasidagi aloqani ham tushuna boradilar.
Demak, o`zbek tilini sohada qo`llash fani o'zbek tilidan o'qitiladigan mavzular mazmunini belgilashda tilshunoslik faniga va uning xulosalariga asoslanadi
Dialektologiya fani o'qituvchiga nutqida ko'p uchraydigan va shevachiligi tufayli sodir bo'ladigan.
orfografiya va orfoepiya xatolarini bartaraf etishda yordam beradi
II. “O`zbek tilining sohada qo`llanilishi”fanining pedagogika va psixologiya fanlari bilan bog'liqligi.
Ma'lumki, pedagogika ta'lim-tarbiya prinsiplarini belgilaydi. Ona tili o'qituvchisi boshqa fan o'qituvchilari kabi ana shu prinsiplarni yaxshi egallab, ularni amalda qo'llay olishi kerak.
Pedagogika, ayniqsa, uning didaktika qismi ona tili o'qitish metodikasining ham nazariy asosi hisoblanadi. Ona tili o'qitish metodikasi didaktikaning onglilik, faollik, puxta o'zlashtirish, izchillik, ko'rgazmalilik, nazariyani amaliyotga bog'lash kabi barcha prinsiplariga tayanadi.
O'qituvchi o'z o'quvchilarining psixologik qobiliyatlarini o'rganish, ona tili materiallarini tushuntirishda ularni hisobga olishi kerak. O'qituvchining darsda o'z faniga o'quvchilarining havasini uyg'ota bilishi, materialni esda saqlab qolish yo'llarini qo'llashi o'qitish samaradorligini yanada oshiradi.
Orfografiya va punktuasiya o'qitish maktab ona tili kursining tarkibiy qismidir. Savodxonlik o'quvchining aqliy taraqqiyotida, madaniy saviyasida muhim o'rin tutadi. Savodxonlik o'quvchida tilga havas uyg'otadi, uning til sezgirligini oshiradi.
O'quvchilarning ko'rish, eslash kabi xotiralarini yaxshilashda mashqlarning ahamiyati juda katta. Mashqlarning qiziqarli, hayotiy, estetik va tarbiyaviy jihatdan puxta bo'lishini talab etadi. Shuning uchun o'qituvchi mashq uchun misol tanlashda xushyorlik ko'rsatishi zarur. O'quvchilarning qiziqishini, qobiliyatini, til sezgirligini, faoliyatini, o'ziga xos xususiyatini e'tiborga olish ta'lim ishida o'ziga xos o'rin tutadi.

Download 21.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling