1-mavzu. Kirish. Jamiyat taraqqiyotida energiyadan foydalanishning ahamiyati Reja
Download 175.6 Kb.
|
1 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy savollar
Ekologiyani yaxshilashga qaratilgan harakatlar. Hamma rivojlangan davlatlarda atrof muhitda ifloslovshi moddalarning va uchib chiqib ketayotgan gazlarning belgilangan normada bo`lishi shartligini nazorat qiluvshi qonunlar majmuasi ishlab chiqilgan va bu qonunlarning bajarilishini nazorat qiluvshi davlat va jamoat tashkilotlari mavjuddir. Havoning sanitar – gigienik holatini baholashda mezon sifatida havo tarkibidagi zararli moddalarning ruxsat etilgan eng yuqori konsentratsiyasi REK qiymati qabul qilingan. REK ning qiymati ilmiy izlanishlar asosida aniqlanadi. Zararlangan havoning ta’siri qancha vaqt davom etishiga qarab, havo tarkibidagi zararli moddalar uchun belgilangan REK qiymati turlicha bo`lishi mumkin.
Hozirda atrof – muhitga chiqarib tashlanayotgan zararli chiqindilarning absolyut miqdorini kamaytirishning qonunlar bilan cheklash to`g`risida xalqaro talablar ishlab chiqilmoqda. Bu ruxsat etilgan eng yuqori chiqindi (RESh) normasini belgilashdir. Amalda hozir RESh larning vaqtinchalik normalari joriy etilgan. Sanoat korxonalari, elektr stansiyalar va transport vositalarining ishlash jarayonida atrof – muhitga chiqarayotgan zararli moddalarning belgilangan normalari ishlab chiqilgan va bu normalarning bajarilishi barsha davlatlar uchun shartdir. Atrof – muhitning ifloslanishiga qarshi olib boriladigan har qanday tadbir va choralar unumli natija berishi uchun ishlab chiqarish jarayonidagi salbiy ta’sirlarni butunlay yo`qotsh kerak bo`ladi. Ammo bu tadbirlar rejali ravishda butun mamlakat miqyosida va xatto xalqaro miqyosda olib borilishi kerak. Atorf – muhitning ifloslanishiga qarshi keng ko`lamdagi harakatlar xalqaro xarakterga ega bo’lib, siyosiy faktorlar bilan bog`liq bo`lgan xalqaro hamkorliklar asosida amalga oshirilishi kerak. Insonning har qanday faoliyati atrof – muhit bilan bog`langan, o`zi esa shu muhitda shakllangan va shuning uchun ham u atrof – muhit bilan doimo keng ma’nodagi muloqatda bo’lishga majbur. Energiyaning ikkilamchi resurslari.Bu resurslarga issiqlikdan ikkinchi marta foydalanish va boshqa yordamchi energiya resurslar kiradi. Issiqlik energiyasining deyarli yarmi energetik qurilmada isrof bo`ladi. Bu holat bilan, albatta kelishib bo`lmaydi. Hozirga kelib, MDH davlatlaridagi ikkilamchi energiya resurlarning miqdori 360 mln. tonna shartli yoqilg`ini tashkil etmoqda. Hozirda MDH davlatlaridagi barcha issiqlik elektr stansiyalarida yiliga 460 mln. tonna shartli yoqilg`i isrof bo`lmoqa. Issiqlikning deyarli yarmi, bug` turbinasini sovutish jarayonida ishlatilgan suv bilan birga chiqib ketmoqda. Bu suvning harorati 27 – 30 S ni tashkil etadi. Bu suvni yana turbinani sovutish uchun ishlatishdan oldin pastroq haroratgacha sovutiladi. Isitilgan suv past potensialli energiya manbaidir va undan energiya manbai sifatida foydalanish oson ish emas. Ammo issiqlik nasoslari yordamida bu jarayonni boshqarish mumkin. Issiqlik nasoslari yordamida sovutilayotgan suvdan ajratib olingan issiqlik ko`p qavatli uylarni va ishlab chiqarish binolarini isitish uchun ishlatilishi munkin. Kunning issiq kunlarida issiqlik nasoslaridan xonalarni sovutish uchun kodentsioner sifatida foydalanish ham mumkin. Ikkilamshi energiya resurslariga chorvachilik va parandachilik majmualarida hosil bo`ladigan organik chiqindilarni ham kiritish mumkin. Bu chiqindilarni maxsus qurilmalarda chiritish natijasida biogaz olish mumkin va uni shu xo`jaliklarning o`zida issiqlik va elektr energiyaga o`zgartirib ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Xuddi shuningdek, katta shaharlarda hosil bo`ladigan katta miqdordagi maishiy chiqindilarni qayta ishlovchi va ulardan biogaz oladigan sanoat qurilmalari ham mavjuddir. Ikkilamchi energiya resurslarining bir necha boshqa turlari ham bo`lib, ulardan ham unumli foydalanish elektr va issiqlik energiyasining tannarxini kamaytirishga xizmat qiladi. Elektromexanik tizimlarni ishlatishda, masalan asinxron motorlarni kaskad sxemalar bo`yicha bosqarilganida energiya isroflarining asjsiy qismi elektr energiya sifatida elektr tarmog`iga qaytariladi. Nazariy savollar 1. Fanning maqsadi. Jahon miqyosida energiya resurlaridan foydalanish dinamikasi? 2. Energetika tizimining boshqa tizimlar bilan bog‘liqliigi? 3. Jahon va Respublikamizda energiya resurslaridan foydalanish? 4. O‘zbekiston energetikasining rivojlanish tarixi? 5. O‘zbekistonda elektr energetikaning taraqqiyoti va istiqbollar? Download 175.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling