1-Mavzu: Kirish. Kasbiy faoliyatda hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha. Ta’lim tехnоlоgiyasining mоdеli
Download 0.8 Mb.
|
Хаёт фалоти хавфсизлиги
O’qituvchi__________________________________
13-Mavzu: Gidrometeorologik xavfli hodisalar bilan bog’liq favqulodda vaziyatlar hamda ularda xavfsizlik qoidalariga rioya etish. Maʼlumki, inson manfaati, uning qadr-qimmati, salomatligi va xavfsizligini taʼminlash - kundalik hayotimiz jabhalarida dolzarb, ustuvor va muhim oʼrinni egallaydi. Insoniyatning rivojlanish tarixi tabiiy ofatlar va texnogen halokatlar bilan bogʼliqdir. Turli xil favqulodda vaziyatlar odamlarning qurbon boʼlishi, ularning sogʼligi yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishi, jiddiy moddiy talofatlar keltirib chiqarishi hamda odamlar hayot faoliyati sharoitini izdan chiqarishiga olib keladi. Respublikamizda yuzaga kelishi mumkin boʼlgan tabiiy ofatlardan biz sel, suv toshqini, qor va yer koʼchkilari alohida eʼtibor qaratamiz, chunki Oʼzbekiston hududining geografik oʼrni va iqlim sharoitlari sel, qor koʼchkilari, koʼchkilar va toshqin hodisalarining sodir boʼlishiga zamin yaratadi. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 455-sonli «Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi toʼgʼrisida»gi Qaroriga 1998yil muvofiq tabiiy ofatlar geologik xavfli hodisalar, gidrometeorologik xavfli hodisalar hamda favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlarga boʼlinadi. Gidrometeorologik xavfli hodisalarga: odamlar oʼlimiga, aholi punktlarini, baʼzi sanoat va qishloq xoʼjaligi obʼektlarini suv bosishiga, infratuzilmalar va transport kommunikatsiyalari, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyati buzilishiga olib kelgan va shoshilinch koʼchirish tadbirlari oʼtkazilishini talab qiladigan suv toshqinlari, suv toʼplanishi va sellar; aholi punktlaridagi, sanatoriy, dam olish uylaridagi, sogʼlomlashtirish lagerlaridagi odamlarning, sayyohlar va sportchilarning jarohatlanishiga va oʼlimiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin boʼlgan qor koʼchkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqalar kiradi. Tarixdan hammamizga maʼlumki, mamlakat iqtisodiyotiga yetkazgan juda katta miqdordagi moddiy zarari hamda insonlarni oʼlimi bilan bogʼliq favqulodda vaziyatlar sodir boʼlgan, 1969 yil 5 maydagi Namangan viloyatining Norin, Qoradaryo va Sirdaryo daryolarining oʼzanidan toshgani, 1991 yil 4 may kuni Аngren shahar Jigariston qoʼrgʼonida sodir boʼlgan koʼchki oqibatda 56 nafar fuqaro halok boʼlgan. Bu vaziyat boʼyicha Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish Davlat xizmati mutaxassisi ogohlantirish koʼrsatmasi taqdim etilgan. Lekin, shahar rahbariyatining mazkur koʼrsatmaga beparvoligi va masʼuliyatsizligi oqibatida oʼz vaqtida bajarilmay, aholi xavfsiz hududga koʼchirilmagan. Buning ustiga, ayni buloqlarning koʼzi ochilib, yer boʼshashgan bir paytda, koʼchki xavfini oldini olaman deb savodsizlarcha yondoshib, koʼchki faollashgan joyda bulьdozer ishlatgan. Oqibatida esa nimalarga olib kelgani hammamizga ayon. Аslida, favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasidagi asosiy eʼtibor, favqulodda vaziyatlar sodir boʼlganda ularning oqibatlarini tugatishga emas, balki favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yaʼni oldindan oʼtkazilib ularning roʼy berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar roʼy bergan taqdirda esa, odamlar sogʼligʼini saqlash, atrof muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirishga qaratilishi lozim. Xususan, Toshqinlar, sel oqimlari, qor koʼchish va yer koʼchki hodisalari bilan bogʼliq favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni himoya qilish boʼyicha ishlarni oʼz vaqtida va samarali tashkil etish, shuningdek ularning ehtimol tutilgan oqibatlarini tezkorlik bilan tugatish maqsadidaOʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 fevralь kunidagi “Toshqinlar, sel oqimlari, qor koʼchish va yer koʼchki hodisalari bilan bogʼliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish borasidagi chora-tadbirlari toʼgʼrisida” PQ-585-sonli Qarori bilan “Xavfli gidrometeorologiya va geologiya hodisalari bilan bogʼliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish boʼyicha ishlarni tashkil etish tartibi toʼgʼrisidagi nizom” va “Toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz oʼtkazib yuborishni taʼminlash, qor koʼchish va yer koʼchki hodisalari xavfini kamaytirish boʼyicha Toshqinga qarshi hukumat komissiyasining asosiy vazifalari va faoliyatini tashkillashtirish, vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimiyat organlarining toshqinlar, sel oqimlari, qor koʼchish va yer koʼchki hodisalari bilan bogʼliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish boʼyicha funktsiyalari belgilab berildi. Har yili yakunida Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi yil davomida amalga oshirilgan respublika hududida toshqinlar, sel oqimlari, qor koʼchish va yer koʼchki hodisalari bilan bogʼliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish borasidagi amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilib, kelgusi yil uchun kechiktirib boʼlmaydigan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga joriy etadi. Toshqin suvlari va sel oqimlarini Oʼzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʼylab barqaror va xavfsiz oʼtkazib yuborish boʼyicha amalga oshiriladigan ishlar samaradorligini oshirish, aholini va iqtisodiyot tarmoqlarining ijtimoiy obʼektlarini toshqin va xavfli sel hodisalarining salbiy taʼsiridan himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 21 yanvardagi “2014-2015 yillarda va istiqbolda 2020 yilgacha suvlarni Oʼzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʼylab barqaror va xavfsiz oʼtkazib yuborish dasturini tasdiqlash toʼgʼrisida” 13-son va 2017 yil 21 dekabrdagi “Daryolar oʼzanlarini tozalash va qirgʼoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi toʼgʼrisidagi Nizomni tasdiqlash toʼgʼrisida” 1009-son Qarorlari shular jumlasidandir. Mamlakatimizda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish boʼyicha keng koʼlamli, chuqur va puxta oʼylangan islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 iyundagi “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5066-sonli Farmoni, 2017 yil 2 iyundagi “Аholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-3030-sonli Qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatlarda tizimda innovatsion rivojlanishga ham katta eʼtibor qaratilgan, xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 iyundagi PF-5066-sonli Farmonining 1-bandida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimini takomillashtirishning eng muhim yoʼnalishlaridan biri sifatida “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan maqsadli va ilmiy-tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, ular yuz berganda iqtisodiyot obʼektlari faoliyati barqarorligini oshirish” belgilangan. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling