1-Mavzu: Kirish. Kasbiy faoliyatda hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha. Ta’lim tехnоlоgiyasining mоdеli


Vaqt va soat haqida tushunchaga ega


Download 0.8 Mb.
bet37/84
Sana09.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1469195
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   84
Bog'liq
Хаёт фалоти хавфсизлиги

2.Vaqt va soat haqida tushunchaga ega
Agar, kichkintoy sizsiz xafa bo‘lsa, uning kutishlarini soatlar yengillashtira oladi — kattalar qancha vaqtdan so‘ng kelishini bilgach, u o‘zini tetik va xotirjam his qiladi.
3. Xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi
Maktabgacha yoshdagi bola qanday joylarga chiqish mumkin emasligini, qayerga barmoqni cho‘zish, qanday buyumlarni olish taqiqlanganini yaxshi bilishi kerak. Bunda ikkita qoida ishlashi darkor: birinchidan, xavfli narsalarni uning qo‘li yetadigan joylardan uzoqlashtirish, ikkinchidan, ushbu buyumlar va joylar nima uchun xavfli ekanini bolakayga ishonchli tarzda tushuntirish hamda taqiqni buzish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytish lozim.
“Bolaning qo‘li yetadigan joylardan dorilar, teshadigan narsalar, pichoq va qaychilar, gadjetlar uchun quvvatlantiruvchi jihozlarni olib qo‘yish kerak. Imkon bo‘lsa, rozetkalarni maxsus qoplamalar bilan yopib chiqqan ma’qul.
Uyning barcha derazalari panjaralar bilan to‘silgani ma’qul. Agar, o‘rnatish imkoni bo‘lmasa, derazalarni yopib qo‘yish kerak. Yozgi vaqtda ularga to‘rlar o‘rnatish zarur.
Bolaga gazdan foydalanishga ruxsat bermang, chunki u gaz plitasi konforkasini ochishi, ammo yondirmaganini yoddan ko‘tarishi mumkin”.


4. Yordam so‘ray oladi
Kichkintoy nimadir ro‘y berganida sizga, qo‘shnilaringiz yoki boshqa yaqinlaringizga qanday qo‘ng‘iroq qilishni bilishi kerak. Bugungi kunda bu kabi ishlarni bajarish ancha oson — uydan ketar ekansiz, uy telefonidan so‘nggi qo‘ng‘iroq qilingan raqam sizniki bo‘lishini ta’minlang, o‘shanda maktabgacha yoshdagi bola telefon go‘shagini ko‘tarib, atigi bitta tugmachani bosishi talab etiladi, xolos. Agar, bolangizda ham telefon bo‘lsa, unda eng muhim raqamlarga tez terish funktsiyasini ishga tushirib qo‘ying.
5. Favqulodda vaziyatda o‘zini qanday tutishni biladi
“Bolani qulflab ketish kerak emas. Uni eshikni ochib-yopishga o‘rgatish kerak. Kutilmagan vaziyat ro‘y berganda, u binoni tark eta olishi uchun imkoniyatga ega bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, uni begonalarga eshikni ochmaslikni ham o‘rgatish zarur. Bolani kimdir eshikni taqillatsa, o‘zini qanday tutish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishni yoddan chiqarmang. Aks holda, mittivoy xato qilishi, ishonib qolishi va begonalarni uyga kiritishi mumkin”.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling