1-mavzu. Kirish. Kompyuter grafikasi va dizayn haqida asosiy tushunchalar. Kompyutеr grafikasi paketlarining asosiy tushunchalari
Download 1.14 Mb.
|
kg daftar
________ 1-mavzu. Kirish. Kompyuter grafikasi va dizayn haqida asosiy tushunchalar. Kompyutеr grafikasi paketlarining asosiy tushunchalari Bu mavzuda kompyuter grafikasining texnik jihatlari, ya’ni zamonaviy texnologiyalarda aniqroq mo‘ljalni olishga va oldimizga qo‘yilgan masalani yechimini topish uchun to‘g‘ri usulni tanlashga, hamda mustaqil ravishda yangi programmalarni o‘zlashtirishga yordam beruvchi bilimlar yoritiladi. Shuningdek, ranglarning joylashish holatlari, tasvirlarni saqlash, fayllar formatlari va ular orasidagi farqlar keltirilgan bo‘lib, ular ixtiyoriy grafik ma’lumotlarga ishlov berish jarayonini yengillashtirishga va tezlashtirishga imkon beradi. Inson tashqi dunyo haqidagi axborotning asosiy qismini ko’zlari yordamida qabul qiladi. Ko’rish tizimi turli obyektlarning tasvirini qabul qiladi. Ko’rish tizimi turli obyektlarning tasvirini qabul qilib oladi. Ular yordamida insonda tashqi muhit va undagi obyektlar haqida tasavvur paydo bo’ladi. KOMPYUTER GRAFIKASI – kompyuterda turli tasvirlarni (rasm, chizma, animatsiya) hosil qilish masalalari bilan shug’ullanuvchi AT sohasi. KOMPYUTER GRAFIKASI – bu, avvalo, keng tarqalib borayotgan dastur ta’minotidir, ya’ni kompyuter grafikasi mavjuda va yangi yaratilayotgan dasturlarga tayanadi. U hatto dasturlarning o’ziga zeb berishda ham juda keng qo’llaniladi. KOMPYUTER GRAFIKASI – kompyuter yordamida tasvirlarni yaratish, saqlash va qayta ishlashni o’rganish bilan bog’liq faoliyat sohasi. KOMPYUTER GRAFIKASI – EHM yordamida grafik obyektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o’zgratirish va tharirlashdir. Kompyuter grafikasi uzoq yillar davomida vujudga kelib, 1960 yillarda ham to’laqonli graifk tizimlar mavjud bo’lgan. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi (KG) va kompyuter animatsiyasi (KA) atamalaridan foydalaniladi. Kompyuter grafikasi tushunchasi statik tasvilrar bilan ishlashning barcha ko’rinishlarini o’z ichiga olsa, kompyuter animatsiyasi dinamik o’zgaruvchi tasvirlar bilan ishlaydi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling