1-mavzu kirish. Maxsus va ixtisoslashgan traktorlar. Traktorsozlikda ushbu yo’nalishning rivojlanish tarixi. Ixtisoslashgan traktorlarga qo’yiladigan alohida ekspluatatsion talablar kirish
Download 287.5 Kb. Pdf ko'rish
|
1-мавзу ИТ
Maxsus traktorlar Ayrim ishlab chiqarish tarmoqlarida mobil quvvat talab qiluvchi ishlar xususiyatlari faqat shu tarmoq ishlarini bajaruvchi har xil sinfdagi maxsus traktorlarning yaratilishini taqozo kilgan. Bu esa traktorsozlikda nisbatan yangi yo’nalish paydo bo’lishiga olib kelgan. Bu yunalishda asosiy e'tibor mavjud traktorlarni takomillashtirish yoki ularning imkoniyatlarini oshirishga emas, balki bajarilishi lozim bo’lgan ish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda fakat shu tarmoqda ishlatishga mo’ljallangan mobil quvvat vositasini yaratishga qaratiladi. Shuning uchun bunday traktorlar sanoat traktorlari deb ham ataladilar. Sanoatning maxsus mobil quvvat vositalaridan foydalanish ko’proq talab qilinadigan tarmoqlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 1.Tog’-kon geologiyasi tashkilotlari; 2.Yo’l qurilishi va ta'miri hamda ayrim umumqurilish ishlari bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar; 3.O’rmon sanoati hamda o’rmon xo’jaligi ishlari bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar; 4.Turli maqsadlarda yangi yerlarni o’zlashtirish bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar; 5.Shahar kommunal xo’jaligi tashkilotlari va b. Maxsus va ixtisoslashgan traktorlar quyidagi asosiy belgilari bilan tasniflanadilar: Qo’llanilish sohasi vazifasi va ixtisoslashuvi bo’yicha a)qishloq xo’jaligi; Ekin turi va ishlash sharoiti bo’yicha: ixtisoslashgan qishloq xo’jaligi traktorlari: paxtachilik traktorlari, uzumchilik, lavlagichilik, tamaki yetishtirish, sholichilik, urug’chilik, bog’dorchilik, sabzavotchilik, issiqxonalarda ishlatiluvchi, chorvachilik, qiyalikda ishlatiluvchi, kichik o’lchamli traktorlar va motobloklar. 1.1-rasm.Qishloq xo’jaligi ishlari uchun ixtisoslashtirilgan traktorlardan namunalar: a-paxtachilikka ixtisoslashtirilgan MTZ-80K uch g’ildirakli traktori; b-qiyalikda ishlashga moslashtirilgan MTZ-82 K traktori; c- choy yetishtirish va tamakichilikda ishlatiluvchi o’zyurar shassi; d- T-70 C-tor koleya va zanjirli lavlagichilik traktor Bulardan tashqari qishloq xo’jaligida mashina va qurollarni old tomoniga osish mumkin bo’lgan traktorlarning alohida turi-o’zi yurar shassilardan (O’Ush) ham foydalaniladi. b)sanoat: Bulduzer va yuklagich bilan jixozlangan, yer tekislash uchun mo’ljallangan umummaqsadlardagi traktorlar; zaif tuproq sharoitida yer tekislash va melioratsiya ishlarini olib borishga mo’ljallangan botqoqda yura oluvchi traktorlar; c)Ish turi va ishlash sharoitiga qarab ixtisoslashtirilgan traktorlar: Ortgichlarva buldozer bilan jihozlangan-ortish, yertekislash, tuproq eltish ishlari uchun traktorlar; Magistral o’tqazgich, quvurlarini yotqizish, mantaj qilish va joylashtirilishini mexanizatsiyalash uchun quvur joylashtirgich traktorlar; Tog’-kon qazilma ishlari olib boriladigan tor sharoitlarda ishlovchi yerosti traktorlari (shaxtalar, tunnel qurilishishlari); Tor sharoitlarida kichik hajmli yer kovlash va tozalash ishlarini bajaruvchi- kichik hajmli traktorlar. Download 287.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling