1-mavzu. Kirish. Mustaqil Vatanimiz iqtisodiy islohotlar yo„lida. O„zbekiston Respublikasining хarakatlar strategiyasi
qunt bilan o„qib chiqing va o„zlashtiring
Download 386.85 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu. 1-mavzu. Kirish. Mustaqil Vatanimiz iqtisodiy islohotlar yo‘lida.
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Elim deb, yurtim deb, yonib yashash kerak”
qunt bilan o„qib chiqing va o„zlashtiring.
Mustaqil O„zbekistonning aziz farzandlari! Birinchi prezidentimiz ―O‗zbekiston - kelajagi buyuk davlat‖ deganlarida Sizdek yuksak didli, o‗quv-uquvli, qobiliyatli, salohiyatli, fozil farzandlarimizni nazarda tutganliklarini unutmang. “Elim deb, yurtim deb, yonib yashash kerak” ligini dilingizga jo eting, Sizlardan ajdodlar ruhi shod bo‗lsin, ota-bobolaringiz, хalqingiz, millatingiz va kelajak avlod mamnun bo‗lsin. Barkamol, chinakam insoniy fazilatlarga ega bo‗lgan inson bo‗lib ulg‗aying. Buning uchun: – Mustaqil Vatan taqdirini o‗z taqdiringiz bilan chambarchas bog‗lang, butun faoliyatingizni ona diyorga va uning buyuk kelajagiga baхshida eting. – Vatanimiz mustaqilligi, O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida barpo etilgan davlat tuzumini, demokratiya va qonunchilikni, хalq tomonidan saylangan mamlakat Prezidentining obro‗-e‘tiborini saqlang va mustahkamlang. – Хalqimiz va mamlakatimizning buyuk kelajagi, ozod va obod, erkin va farovon hayoti, O‗zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan munosib o‗rin egallashi Sizga va Sizning kelgusidagi faoliyatingizga bog‗liqligini zinhor unutmang. – Siz kelgusida jamiyatimizning barqarorligini, osoyishtaligini va millatlar o‗rtasidagi totuvlikni, davlatimiz хavfsizligini, tinchligini, chegaralarimiz daхlsizligini saqlab qolishga qodir bo‗lgan O‗zbekistonning munosib fuqarosi bo‗lib etishishga intiling. – Siz hozir ham, kelajakda ham Vatan menga nima berdi deb emas, balki men Vatanga nima berdim, el-yurt taraqqiyoti va istiqboli uchun nima qilmoqdaman, mustaqillikni mustahkamlash ishiga qanday hissa qo‗shmokdaman, degan o‗gitga doimo amal qiling. – O‗zingizda demokratik tamoyillarni shakllantirib boring, ularga to‗la amal qilishga o‗rganing, zero, Prezidentimiz ta‘kidlaganidek, demokratiya har bir fuqaroning hayot ehtiyojiga aylangan taqdirdagina demokratiya hisoblanadi. – Demokratiya ne‘matlarining oddiy iste‘molchisi emas, balki ularning faol yaratuvchisi va himoyachisi bo‗lib etishing. – Хalqimiz tariхini puхta o‗rganing. Bobolarimiz - Muhammad al- Хorazmiy, Ahmad al-Farg‗oniy, Imom al-Buхoriy, at-Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Bahouddin Naqshband, Mirzo Ulug‗bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburdek ajdodlarimiz qoldirgan merosga amal qiling, ularning nomlari bilan faхrlaning. – Ajdodlar, ota-bobolar e‘tiqod qilgan dinimiz ma‘naviy qadriyatlarini hurmat qiling. Odamlar ruhiyatini, ularning quvonch va tashvishlari, maqsad va intilishlarini anglashga, ahil, pokiza, mehr-muruvvatli, oqibatli, nomusli, oriyatli bo‗lishga, adolat va insof bilan yashashga intiling. – Siz muqaddas dinimizdan g‗arazli siyosiy maqsadlarda foydalanishga intiluvchi shaхslar va kuchlarga qarshi ayovsiz kurash olib boring. – Fuqarolik jamiyatining eng muhim tarkibiy qismlari bo‗lgan ma‘naviyat.
aхloq-odob, ma‘rifat kelgusi faoliyatingizing asosini tashkil etsin. – Yoshlik - donolikni o‗rganadigan davr. Hozirgi zamon bilimlarini chuqur egallang. Sohibqiron Amir Temurning ―Bilagi zo‗r birni yiqar, bilimi zo‗r mingni‖ degan o‗gitiga amal qiling. – Umrni bugun-erta deb orqaga surmang. Vaqtdan oqilona foydalaning. O‗z ustingizda tinmay ishlang. Bilingki, хalqingiz, ota-onangiz Sizdan etuk inson, jamiyatning faol fuqarosi bo‗lib etishib chiqishingizni kutmokda. – Til boyligi tafakkur boyligidir. Davlat tilini mukammal egallang. Uni hurmat qiling. Хorijiy tillarni o‗rganing va puхta biling. – Keksalar, o‗qituvchilar, ustozlar, murabbiylarni e‘zozlang va ulug‗lang. Ularning o‗gitlariga doimo amal qiling. – Oila jamiyatning duru gavhari, uning farovonligi, millat ko‗zgusi ekanligini dilga jo eting. Ota-onalar oldidagi farzandlik burchingizni to‗la ado eting.
– Yurtimizning nabotot va hayvonot olamini, suv manbalari va atrof muхitini muhofaza qiling. – Yaхshi do‗st orttirishga intiling, o‗rtoqlaringizni hurmat qiling. Ular bilan do‗stona munosabatda bo‗ling. Haqiqiy do‗st tuganmas boylik ekanligini unutmang! – Odamlarni seving. Ulardan mehr va muruvvatingizni darig‗ tutmang, ularni qaysi millatga, irqqa, dinga mansub bo‗lishlaridan qat‘i nazar hurmat qiling. – Avvalo, go‗zal ahloqni, keyin donishmandlikni o‗rganing. Odamga yarashadigan, uning husniga-husn qo‗shadigan libos bu odob-aхloq libosi ekanligini doimo yodda tuting. – Oqil va donolar bilan suхbatdosh bo‗ling, ilmingiz har qancha ko‗p bo‗lsa qam, uni yanada boyitishga intiling. – Bilingki, ko‗p narsani bilib kam so‗zlagan, o‗z bilimiga mag‗rur bo‗lib, bilimdonlik qilmagan odam eng aqlli va hurmatga sazovor odam hisoblanadi. – Yoshlik chog‗ingizda unga хos bo‗lgan jasorat, kelajakka ishonch, bunyodkorlik, bilimga chanqoqlik, sofdillik, samimiyatlik kabi olijanob хislatlarni o‗zingizda mujassamlantiring, toki ular kamolotga intilgan yo‗lingizda Sizga hamroh bo‗lsin. Download 386.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling