1-mavzu. Kirish. Numizmatika fani va uning vazifalari. Reja


Download 20.35 Kb.
bet2/3
Sana09.02.2023
Hajmi20.35 Kb.
#1178818
1   2   3
Bog'liq
M1

Tanga tipi – tasvir elementlarining barqoror kompozisiyasi, unga tanganing old va orqa tomonidagi yozuvlar ham kiradi. Bu holatda tangadagi yozuvning mazmuni ahamiyat kasb etmaydi.
Avers – old tomon, tanganing yuzini, old tomonini tasvirlar yoki emitentni ko’rsatuvchi tangadagi yozuvlar orqali aniqlash mumkin. XIII asrgacha hukmdorning portreti, XIV asrdan boshlab gerblar tanganing old tomonini ko’rsatib bergan. Odatda ular bir – birini to’ldirib borgan va tanganing bir tomonidan bo’lsa, davlat yozuvi bo’lgan tomon avers hisoblanadi. Ammo shunday tangalar ham borki, ular yuqoridagi fikrlarga mos kelmaydi. Masalan, XVI asrda zarb etilgan Riga talerlarining har 2 tomonida ham shahar gerbining tasviri berilgan. Uning bir tomonida yozuvning boshi yangi kumush dinor va keyingi tomonida yozuvning oxiri berilgan. Bu holatda yozuv boshlangan tomon avers hisoblanadi.
Revers – orqa tomon. Bu tushuncha ham avers kabi shartli hisoblanadi. Hozirgi kunda bu holatga aniqlik kiritishn sohasida bahslar davom etmoqda, ammo bu bahslarda bu tushunchalar tangani ta’riflashda o’ng’aylik bo’lishi uchun kashf etilganligi yoddan ko’tarilmoqda.
Emitent – Tanga zarb etish huquqiga ega bo’lgan shaxs, xo’jayin, sohib tangani o’zining nomidan chiqaradi. O’rta asrlarda bunday huquqga - hukmdor, imperator, qirol, feodal respublikasi, erkin shahar ega bo’lgan.
Tanga huquqi – zarb etish huquqi – davlatning suveren huquqlaridan biridir. Bu huquq imtiyoz shaklida taqdim qilinishi, sotilishi, ijaraga berilishi, garovga qo’yilishi mumkin.
Tanga regaliyasi – tanga zarb qilish huquqiga ega bo’lganlarning imtiyoz sifatida zarb qilishdan foyda ko’rishi. Ba’zan tanga huquqi bilan tenglashgan holatda bo’ladi.
Legenda – tangadagi yozuv. Odatda gorizontal yoki aylana shaklida bir yoki bir necha qatordan iborat bo’ladi. Ayrim hollarda vertikal va butsimon shaklda bo’ladi. Ba’zan esa tasvirning o’ziga yoziladi. Tanga zarb qilingan vaqt ham tanga yozuviga kiradi. XV asrgacha Yevropada tangalarida kamdan – kam hollarda ularning chiqarilgan vaqti yozilgan bo’lgan.

Download 20.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling