1-mavzu. Kirish. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining o‘rganish obyekti, maqsadi va vazifalari. Reja


Download 1.53 Mb.
bet48/67
Sana19.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1623168
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   67
Bog'liq
O\'TSQ O\'Q 2022 iyun Hamidova Sh, Eshniyazova M

Kommunikativ jihat – bu muloqotdagi individlarning o‘zaro ma’lumot almashinishidir.
Interaktiv jihat – bu individlar muloqotda nafaqat bilim va g‘oyalar, balki harakatlar bo‘yicha ham o‘zaro ta’sirini tashkil etishdan iborat.
Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni o‘rnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish har bir kishi uchun muhimdir. Har bir kishining o‘z “Meni” atrofdagilar bilan bo‘ladigan muloqot jarayonida shakllanadi, shaxsning hayot yo‘llari avval oilada, bog‘cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri – bu muloqotga bo‘lgan ehtiyojdir. Muloqotga bo‘lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Shuning uchun biz doimo muloqotga bo‘lgan ehtiyojlarimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir bo‘lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, lekin ayrim hollarda esa biz qoniqmaslikni his qilamiz.
Shaxs muloqotini shakllantirishda uning yoshi, jinsi, kasbi, dunyoqarashini hisobga olgan holda ish olib borish lozim. Masalan, biz kichik yoshdagi bolalarga kattalarga nisbatan qo‘llaydigan so‘zlarni ishlatmaymiz. Har bir yosh davriga kiradigan kishilarga o‘ziga xos so‘zlar qo‘llaniladi. Bunda so‘zning ta’sir kuchi hisobga olinadi. Shaxsni temperament xususiyatlariga qarab muloqot usullarini qo‘llash katta ahamiyatga ega. Shaxsda ko‘nikma, bilim, malakalarning hosil bo‘lishida muloqotning o‘rni beqiyos. Oddiy ko‘nikma (“to‘g‘ri o‘tir, qo‘lingni yuv, joyingga bor, salom ber”) lar ham muloqot orqali singdiriladi.
Shaxs muloqotini shakllanishida uning tarbiyalanganlik darajasi muhim o‘rin egallaydi. Masalan, shaxsga kuchli ta’sir etadigan so‘zlarni qo‘llasangiz ham u qabul qilmasligi, sizning bergan ko‘rsatmalaringizga amal qilmasligi mumkin. Chunki u yoshligidan muomala madaniyatini egallashi kerak. Muloqotning shakllanishida maqsad to‘g‘ri qo‘yilishi lozim. Muloqot ta’lim-tarbiya jarayonida, turli vaziyatlarda rivojlanadi. Masalan, oilada, mahallada, jamoada, guruhda. Agar oilada kattalar bir-birlariga qo‘pol munosabatda bo‘lsalar, bola ham ularga taqlid qilib atrofdagilar bilan nizolarga borishi mumkin.
Demak, muloqot birgalikdagi рarakat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan, aloqa almashish, bir-biriga ta’sir etish, boshqalarni tushinish, odamlar o‘rtasida kontakt o‘rnatish va rivojlantirish jarayoni.
Muloqot hayot kechirishning bir shaklidir. Muloqotning o‘zaro birgalikdagi harakati va kommunikativ jihatdan tashqarida uning pertseptiv jihati munosabat ishtirokchilarining uning jarayonida amalga oshiriladigan o‘zaro idrok etish yuzaga keladi. Taniqli psixolog S.L.Rubinshteyn shunday deb yozgan edi: “Kundalik hayotga odamlar bilan muomalaga kirisharkanmiz, biz ularning xulq-atvoriga mo‘ljal olamiz. Negaki biz ularning tanqidiy ma’lumotlariga ma’lumotlari mohiyatini go‘yo o‘qib ya’ni mag‘zini chaqib chiqamiz va shu yo‘sinda kontekstda mujassamlashadigan matnning ichki psixologik jihati mavjud bo‘lgan mazmunini aniqlaymiz”.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling