1-Mavzu: Kirish. O‘zbekistonning eng yangi tarixi o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari


Yangi O’zbekistonda – yangi saylovlar


Download 0.56 Mb.
bet98/103
Sana05.01.2022
Hajmi0.56 Mb.
#227001
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103
Bog'liq
tarixdan m aruza

4. Yangi O’zbekistonda – yangi saylovlar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida, Mamlakatimiz siyosiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan saylov qonunchiligi bir qator qonun va qonunosti hujjatlaridan iborat bo’lsada, afsuski, hanuzgacha yaxlit bir hujjat shakliga keltirilmaganligini ta’kidlab, xalqaro norma va standartlarga javob beradigan O’zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish vazifasini qo’ygan edilar.Ushbu vazifaning ijrosi 2019 yilning 25- iyunida 18 bob,103 moddadan iborat Saylov kodeksi qabul qilinishida hamda 2019 yil 22-dekabrdagi saylovlarda va 2020 yil 5-yanvarda o’tkazilgan takroriy ovoz berish jarayonlarida ta’minlandi.Ushbu muxim siyosiy tadbirni o’tkazish uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 10253 ta uchastka hamda xorijdagi fuqarolarimiz ovoz berishi uchun 55 ta uchastkalar tuzildi.O’zbekistonning yangi tarixida birinchi marta MSK tomonidan 180 mingdan ortiq a’zolar saylov qonunchiligidagi yangiliklar bo’yicha o’qitildi.Shuningdek MSK ning 2019 yil 11-oktyabrdagi qarori bilan o’tkazilgan 20-oktyabrdan-20 noyabrgacha saylov qonunchiligi targ’ibot oyligi doirasida davra suxbatlari,debatlar va ommaviy axborotlarda chiqishlar orqali keng xalqimiz “YaNGI O’ZBEKISTON – YaNGI SAYLOVLAR” shiori ostidagi saylov qonunchiligi bo’yicha yangiliklar xabardor qilindi.Saylovlarning shaffof o’tkazilishini xamda xalqaro standartlarga mosligini 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlardan 800 dan ortiq xalqaro kuzatuvchilar kuzatdilar. Shuningdek Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar ko’rsatgan siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlaridan mahalliy kuzatuvchilar hamda ommaviy axborot vakillari,blogerlar ham faol kuzatdilar.Ular joylarda saylov jarayonlarini kodeks talablari doirasida o’tkazilishini ta’minladilar.Bundan tashqari respublikamizda 60 ta saylov uchastkasidagi saylov jarayoni to’g’ridan to’g’ri jaxon ommasiga transilyasiya qilindi.Bu jarayon jaxonda O’zbekistondagi saylovlar demokratik prinsiplarga mos holda o’tganligini ko’rsatdi.Prezidentimizning 2018 yil 4-oktyabrda qabul qilingan “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori milliy saylov tizimiga Saylov jarayonini boshqarishda axborot tizimi va Saylovchilarning yagona elektron ro’yxatini joriy qilishning xuquqiy asoslarini yaratishda muhim omil bo’ldi.



Saylovchilarning yagona elektron ro’yxati (SYaER) tegishli davlat organlari tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlar asosida shakllantirildi va yangilandi, ushbu ro’yxat joylardagi saylov komissiyalari tomonidan aniqlashtirildi. Aholini uyma-uy yurish natijasida saylov komissiyasi tomonidan saylovchilarning yagona elektron ro’yxatiga saylovchining JSIR yoki uning pasport ma’lumotlari yordamida saylovchini izlab topdi va familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan sanasi va yashash manziliga, uning ovoz berish huquqiga o’zgartirish kiritdi.Shuning uchun yuqorida aytilganidek xorijda yashayotgan fuqarolarimiz xorijdagi 55ta uchastkalarda ovoz berdilar.Xorijdagi fuqarolarimiz O’zbekistonda ovoz bergani yo’q.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling