1-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari 1-mashg’ulot Reja


Download 192.46 Kb.
bet22/49
Sana02.01.2022
Hajmi192.46 Kb.
#195342
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49
Bog'liq
SMT

Oromiy yozuvi. Qadimgi Sharqda oromiy yozuvning paydo bo‘lishi bevosita semit qabilalari uyushmasiga kirgan oromiylar bilan bog‘liq. Dastavval Suriyaning cho‘l qismida istiqomat qilgan oromiylarning Suriya va Mesopotamiyaning dehqonchilik uchun qulay bo‘lgan unumdor vohalariga kelib o‘rnashishi miloddan avvalgi II ming yilning oxirida sodir bo‘lgan. Miloddan avvalgi XI-VIII asrlarda oromiylarning Mesopotamiya hududida bir qancha kichik davlatlari vujudga kelgan. Suriyaning Damashq va Xamat xududlari oromiylarning muhim markazlari hisoblangan. Bu qabila nomi bilan atalgan oromiy yozuvi shimoli-g‘arbiy semit tiliga mansub bo‘lib, qadimgi yahudiy va finikiya tili bilan qardosh. Taxminan, miloddan avvalgi I ming yillikdan oromiy yozuvida finikiya harflari qo‘llanila boshlangan. Ossuriya davlati tomonidan oromiylarni ommaviy ravishda ko‘chirilishi, Tigr va Yefrot daryolari oralig‘idagi hududda oromiylarning keng tarqalishi, savdogar va tijoratchilar tomonidan savdoda oromiy tilining keng qo‘llanilishi miloddan avvalgi I ming yillikda Mesopotamiyada oromiy tilining asosiy muloqot tiliga aylanishiga olib kelgan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda o‘rganish uchun qulay 22 harfdan iborat oromiy yozuvi Old Osiyoda hukmron bo‘lgan akkad, shumer va urartu mixxatlarining qo‘llanilishini keskin kamaytirgan.

  Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda ko‘plab xalq va elatlarni o‘z tasurruviga birlashtirgan Kichik Osiyodan Sirdaryo bo‘ylari va Shimoli-g‘arbiy Hindistongacha ulkan sarhadlarni tarkibiga qamrab olgan dunyoning eng qadimgi va ulkan imperiyasi ahamoniylar Eronida oromiy tili asosiy muloqot, ma’muriy boshqaruv va ish yurituvchi tilga aylangan.

Oromiy kotib Eronda mahalliy fors, Midiyada (midiyalik), O‘rta Osiyoda parfiyalik, baqtriyalik, so‘g‘dlik va xorazmlik amaldorning og‘zaki talaffuzi davomida ma’muriy va boshqa ishlarni oromiy tilida rasmiylashtirgan. Tabiiyki, har bir viloyat (satraplik) amaldori oromiy kotibga ma’muriy ishlarni o‘z tilida bayon etgan. Kotib esa ayni bir paytda har bir amaldorning mahalliy tilda bayon etgan fikrini oromiy tiliga o‘gira borgan. «Ayni shu jarayon tufayli, - deb ta’kidlaydilar arxeolog va tarixchi – lingvist olimlar E.V.Rtveladze, V.A.Livshits, oromiy va mahalliy (O‘rta Osiyoda – parfiya, baqtriya, so‘g‘d, xorazm) tillarining o‘ziga xos leksik va grammatik mutanosibligi yuzaga kelgan. Bu bilan bir vaqtda oromiy tiliga mahalliy tillarning ta’siri kuchaygan, oromiy tiliga ayniqsa mahalliy ma’muriy atamalar va iboralar kirib borgan, oromiy so‘zlar tuzilishi o‘zgara borgan».

O‘rta Osiyoda oromiy xatining eng qadimgi namunasi miloddan avvalgi V-IV asrga oid. Sopol idish – xum sirtiga bitilgan bu yozuv arxeolog olim M.Mambetullayev tomonidan Katta Aybuyirqal’a shahrini o‘rganish davomida topilgan. Mutaxassislar fikricha bu xat bo‘lagi tili xorazm emas, balki oromiy bo‘lgan. Garchand shunday bo‘lsada, bu xat oromiy yozuvining Oks va Yaksart oralig‘idagi sarhadda tarqala boshlaganligining ilk namunasi sifatila muhim ahamiyat kasb etadi.



Download 192.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling