1-mavzu: kirish. Reja


Download 159.85 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.08.2020
Hajmi159.85 Kb.
#127399
Bog'liq
KIRISH


1-MAVZU: KIRISH. 

 

Reja: 

 

1. 


Transport vositalari konstruktsiyasi fanining maqsad va vazifalari. 

2. 


O’zbekistonda avtomobil sanoatining taraqqiy etish tarixi 

3. 


Avtomobil  transportining  respublika  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishidagi 

ahamiyati 

 

1. 

Transport vositalari konstruktsiyasi fanining maqsad va 

vazifalari

Fanni  o‘qitishdan  maqsad  talabalarda  transport  vositalarining  tasnifi, 

tuzilishi,  ishlash  jarayoni  hamda  muayyan  ekspluatatsiyasion  sharoitda  samarali 

ishlash imkoniyatini aniqlash va uning konstruksiyasini shu sharoitda qay darajada 

moslashganligini  baholash  usullari  bo‘yicha  yo‘nalish  profiliga  mos  bilim, 

ko‘nikma va malaka shakillantirishdir. 

Fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

avtomobil  sanoati,  transportining  taraqqiyot  va  istiqbollari,  transport 



vositalarini  turlari,  qismlari,  uzellari,  mexanizmlari,  tizimlaming  o‘zaro 

joylashuvini bilish; 

mexanizm agregatlarining vazifasi, tuzilishi va ishlashini bilish; 



avtomobilning  ekspluatatsion  xususiyatlarining  o‘lchagich  va 

ko‘rsatkichlarini va ulaming me’yorlami bilish; 

avtomobilning 



ekspluatatsion 

xususiyatlarini 

ko‘rsatkichlarini 

aniqlash va tahlil etishni bilish; 

avtomobilning  texnik  tavsif  va  o‘lchamlari  hamda  tashqi  sharoitning 



ekspluatatsion xususiyatlarigata’sirini bilish. 

Ushbu fan ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari hamda kurs 



ishi kabi o‘qitish turlaridan iborat. 

Fanni o‘qitish jarayonida zamonaviy yangi pedagogik texnologiyalar, 



zamonaviy kompyuter texnologiyalari, virtual o‘quv jihozlari, animatsiyali darslik 

va o‘quv qo‘llanmalardan foydalanish ko‘zda tutilgan. 

“ Transport vositalari ” fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr: 

xalq xo‘jaligida transport vositalarining ahamiyati; 



transport vositalarining ishlash qobiliyati; 

transport  vositalarini  takomillashtirish  yo‘nalishlari  haqida  tasavurga 



ega bo‘lishi; 

transport vositalarining asosiy ilmiy-texnik muammolari va taraqqiyot 



istiqbollari; 

transport vositalariga asosiy texnik-iqtisodiy talabalar; 

transport  vositalari  samaradorligi  mezonlarini  bilishi  va  ulardan 



foydalana olishi; 

transport  vositalarining  foydalanish  xususiyatlariga  tegishli  asosiy 



ko‘rsatkichlami aniqlash; 

transport vositalarini hisoblash va muayyan ishlatish sharoitlari uchun 



ulami komplektlash; 

transport 



vositalarining 

muayyan 


foydalanish 

sharoitlariga 

moslashuvini va samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalami ishlab chiqish; 

transport  vositalari  konstruksiyasini  tahlil  qilish  va  baholash 



ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. 

 

2. O’zbekistonda avtomobil sanoatining taraqqiy etish tarixi 



 

Mamlakatimizda  istiqlolga  erishganimizning  dastlabki  yillaridanoq  puxta 

o‘ylangan  va  bosqichma-bosqich  amalga  oshirib  kelinayotgan  islohotlar  o‘z 

natijalarini  bermoqda.  Istiqlol  yillarida  avtomobilsozlik,  kimyo  va  neft-kimyo, 

oziq-ovqat,  qurilish  materiallari  sanoati,  telekommunikatsiya  uskunalari  va  keng 

turdagi  maishiy  elektronika  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  kabi  tarmoqlar  jadal 

taraqqiy etib, sanoatimizning lokomotivlariga aylandi. 

Bugun  birgina  avtomobilsozlik  sohasi  haqida  so‘z  yuritadigan  bo‘lsak, 

mamlakatimiz  istiqlolga  erishgandan  so‘ng  o‘z  faoliyatini  boshlagan  Asaka 

avtomobil  zavodida  yengil  avtomobillarning  uchta  rusumi  ishlab  chiqarilgan 

bo‘lib,  o‘sha  paytda  transport  vositalari  haqida  gap  ketganda  birgina  vodiyning 

Asaka  shahri  tilga  olinar  edi.  Hozirda  esa  Toshkent,  Samarqand  va  Xorazm 

viloyatlari  ham  O‘zbekiston  avtomobil  sanoatining  markazlari  sifatida  tilga 

olinmoqda.  Mazkur  zavodlar  yengil  va  yuk  avtomobillari,  maxsus  transport 

vositalarining  100  dan  ortiq  turlarini  ishlab  chiqarmoqda.  Bu  esa  o‘tgan  davr 

mobaynida    yurtimiz  avtomobil  sanoati  qanday  shiddat  bilan  rivojlanganini 

ko‘rsatadi. 

1996  yil  19  iyul  kuni  Asakada  «O’zDaewooAvto»  qo‘shma  korxonasining 

ishga 

tushirishi 



bilan 

mamlakatimiz 

iqtisodiyotida 

butunlay 

yangi 



avtomobilsozlik  tarmog‘iga  asos  solindi.  Mazkur  tarixiy  sanadan  boshlab,  to 



bugungi  kunga  qadar  Asaka  avtomobil  zavodida  eng  zamonaviy  standartlarga 

javob beradigan, qulay, ishonchli va tejamkorligi jihatidan xorijiy avtoulovlar bilan 

raqobatlasha oladigan avtomashinalar ishlab chiqarilmoqda. 

2008  yil  mart  oyida  O‘zbekiston  avtomobil  sanoati  hayotida  muhim  voqea 

ro‘y berdi. Zavod negizida «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi va «General 

Motors»    kompaniyasi  ta'sischiligida,  yangi  «GM  Uzbekistan»  korxonasi  tashkil 



etildi.  Buning  natijasida  o‘zbek  avtomobillari  yanada  zamonaviy  va  ko‘rkam 

avtomobil  rusumlari  hisobiga  kengaya  boshladi.  «Chevrolet»  brendi  ostida 

«Captiva» rusumli avtmobil ishlab chiqarilishi boshlandi. Shu yilning noyabr oyida 

esa  Asaka  avtomobil  zavodi  konveyeridan  o‘zida  ko‘rkam  va  keng  interyerni 

mujassamlashtirgan millioninchi avtomobil - «Lacetti» avtomobili chiqdi. 

Qisqa  davr  ichida  zavodda  «General  Motors»  kompaniyasining  yana  ikki 

yangi  global  rusumi  -  «Spark»  va  «Kobalt»avtomobillarini  ishlab  chiqarish 

o‘zlashtirildi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012  yil  22  noyabrdagi  «2013-

2015  yillarda  Xorazm  viloyatining  sanoat  salohiyatini  rivojlantirish  dasturi 

to‘g‘risida»gi  1856-sonli  qarori  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining  2013  yil  21  fevraldagi  «Xorazm  viloyatida  «Damas»  rusumli 

yengil 

avtomobillarni 



ishlab 

chiqarishni 

tashkil 

qilish 


chora-tadbirlari 

to‘g‘risida»gi  51-sonli  qaroriga    muvofiq    viloyatda  «GM  Uzbekistan» 

aksiyadorlik    jamiyatining    Xorazm  viloyat  filiali  -  «Xorazm  avto»  zavodi  ishga 

tushirildi. 

2014  yilning    birinchi  yarmida  «Damas»  va  «Orlando»  rusumli 

avtomobillarni  yig‘ish  boshlandi.  Shu yilning o‘zida 30,7 ming dona«Damas» va 

«Orlando» avtomobillari ishlab chiqarildi. Bundan tashqari,  yurtimizdagi  kichik 

biznes  egalari  va  xususiy  tadbirkorlarga  qulaylik  yaratish  maqsadida  «Labo» 

avtomobilini  ishlab  chiqarish  ham  yo‘lga  qo‘yildi.  Natijada,  1996  yilda  uchta 

rusumdagi avtomobillarni ishlab chiqarish bilan o‘z faoliyatini boshlagan zavodda 

bugun o‘n bitta rusumdagi yengil avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. 

Avtomobilsozlikni  rivojlantirish  va  uning  ishlab  chiqarish  salohiyatini 

yuksaltirishda  mahalliylashtirish  muhim  o‘rin  tutishi  hech  kimga  sir    emas.  Bu 

iqtisodiyotni  barqaror  taraqqiy  ettirish,  yangi  ish  o‘rinlari  tashkil  etish,  ishlab 

chiqarishga  yangi  va  samarali  texnologiyalarni  tatbiq  qilishni  jadallashtirish 

imkonini beradi. 

Agar  zavod  tashkil  topgan  1995-1996  yillarda  «O‘z-DongJu»,  «O‘z-

DongVon»,  «O‘z-TongXong»,  «O‘z-SeMyung»    kabi  10  ga  yaqin  qo‘shma 

korxonalar faoliyat  yuritgan  bo‘lsa,  hozirgi kunda «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik 

kompaniyasi  tarkibidagi  35  dan  ortiq  yirik  qo‘shma  va  mahalliy  ishlab  chiqarish 

korxonalari  ishlab  turibdi.  Bundan  tashqari,  300  dan  ortiq  xususiy  korxonalar 

«O‘zavtosanoat»  AK  tizimidagi  yirik  korxonalar  uchun  zaruriy  materiallarni 

yetkazib bermoqda. 

2011 yili O‘zbekistonda «General Motors» korporatsiyasi bilan hamkorlikda 

dvigatellar  ishlab  chiqaradigan  yangi  qo‘shma  korxona  faoliyati  yo‘lga 

qo‘yilganini ham alohida ta'kidlash joiz. Mahalliylashtirish Dasturi asosida  tashkil  

etilgan  «General  Motors  Powertrain  Uzbekistan»  qo‘shma  korxonasi  yiliga  132 


mingdan ortiq dvigatel ishlab chiqarish quvvatiga ega. Muhimi shundaki, «Yevro-

5»  Xalqaro  ekologik  standartlariga  to‘la  javob  beruvchi  o‘zimizda  ishlab 

chiqarilayotgan  ushbu  dvigatellar    Asaka  avtomobil  zavodiga  yetkazib  berilishi 

bilan birga, qator xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilinmoqda. 

 

Yuk  avtomobillari  va  avtobuslar  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan  Samarqand 



avtomobil  zavodi  tashkil  etilgan  birinchi  yildayoq  ikki  xil  rusumdagi  avtobus  va 

uch  xil  rusumdagi  yuk  avtomobillarini  ishlab  chiqarish  o‘zlashtirildi.  Shundan 

so‘ng,  korxona  yil  sayin  rivojlanib,  2002  yilning  dekabr  oyida  xalqaro  ISO 

9001:2000  standarti  bo‘yicha  Sifat  Menejmenti  Tizimi  bilan  sertifikatlangani 

diqqatga sazovordir. 

Raqamlarga e'tibor beradigan bo‘lsak, «Samavto» MCHJ da 2007 yilda 384 

ta  yuk  avtomobili  va  1116  ta  avtobus    ishlab  chiqarilgan  bo‘lsa,  bugungi  kunda  

3800  dan  ziyod  avtobus  va  yuk  avtomobillari  ishlab  chiqarilmoqda.  Mazkur 

transport  vositalari    mamlakatimiz  ko‘chalariga  ko‘rk  qo‘shish  bilan  birga 

hamyurtlarimiz uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilmoqda. 

Xozirgi  kunda  Navoiy”  erkin  iqtisodiy  zonasida  Eron  bilan  hamkorlikda 

Navoiy Motors qo‘shma korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Ushbu loyihaning 

qiymati  12  million  dollarga  teng  deb  baholangan  bo’lib,  O‘zbekiston 

“avtomobilsozlik sanoatida tub burilish yasashi kutilmoqda”. 

Ushbu  korxonada  Xitoyning  Oshan  brendi  ostida  dastlab  ichki  bozor 

yo‘ltanlamas,  pikap,  miniven  kabi  kuzovli  avtomobillar  yig‘ish  yo‘lga  qo‘yiladi. 

Korxona yiliga 30 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. 

Bundan tashqari, “Qo‘qon”  erkin iqtisodiy zonasida 2022-yildan Xitoyning 

Silk Road Company kompaniyasi bilan hamkorlikda narxi taxminan 3 ming dollar, 

tashqi  ko‘rinishi  Mercedes  AMG’ni  eslatadigan  elektromobillar,  2023-yildan  esa 

Hyundai  kompaniyasi  bilan  hamkorlikda  Ioniq  va  Hyundai  Kona  elektromobil 

ishlab chiqarilishi boshlanishi kerak. 

Hyundai  tomonidan  vodiyning  boshqa  viloyati  —  Namanganda  tijorat 

avtomobillari  va  avtobuslar  ishlab  chiqarish  bo‘yicha  avtozavod  qurish  loyihasi 

ham  amalga  oshirilayotgani,  korxona  2020-yil  birinchi  choragida  ilk  mahsulotni 

taqdim  etishi  aytilgan.  Popda  esa  2019-yil  sentabridan  UzFoton  brendi  ostida 

mikroavtobuslar chiqishi kerak edi. 

3.  Avtomobil transportining respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi 

ahamiyati 

Har  qanday  hududning  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyoti  va  aholining  hayot 

darajasini ko‘tarishda transportning o‘rni va mohiyati beqiyosdir. Transport sanoat 

bilan qishloq xo’jaligi  o’rtasidagi ishlab chiqarish aloqalarini, mamlakatning turli 

hududlari  o’rtasidagi  mahsulot  almashinishi,  uning  tashqi  savdosinita’minlaydi 

Yangi  hududlarni  o’zlashtirishdan  oldin  ularga  transport  yo’llari  o’tkaziladi. 



Hozirgi  zamon  shaharlari  hayotini  transportsiz  tasavvur  qilib  bo’lmaydi  . 

Transportning mudofaa ahamiyati ham juda kattadir. 

Transport  moddiy  ishlab  chiqarishning  muhim  tarmoqlaridan  biri 

hisoblanadi.  Uning  rivojlanish  darajasi  mamlakat  iqtisodiyotiga,  unda  ishlab 

chiqarish kuchlarining joylashish va rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 

Transport  avvalo,  ishlab  chiqarish  infratuzilmasi  bo‘lib,  uning  ishlab 

chiqarish  xarajatlari  va  tovar  narxiga  ta’siri  yuqoridir.  Tarmoqning  rivojlanishi 

tabiiy  resurslarni  o‘zlashtirish,  sanoat  va  agrar  soha  integratsiyasi  chuqurlashishi 

hamda  milliy  xo‘jalikning  jahon  bozoriga  qo‘shilishining  shart-sharoitlarini 

yaxshilaydi.  Transportning  texnikaviy,  savdo-sotiq  va  madaniy  aloqalarda  ham 

ahamiyati katta. 

Transport  mamlakatimiz  iqtisodiy  rivojlanishida  muhim  shart-sharoit  va 

omillardan  biri  hisoblanadi.  Bu  sohada  (aloqa  bilan  birga)  YAIMning  9,8  foizi 

yaratilmoqda,  iqtisodiyotda  band  bo‘lganlarning  1,5  foizi  mehnat  qilmoqda. 

Transport  sohasining  iqtisodiy  ko‘rsatkichlari  keyingi  yillarda  birmuncha  turg‘un 

xarakterda  bo‘lib,  bu  sohadagi  investitsion  faollikning  pasayishi,  tarkibiy 

siljishlarning  sekinlashishi,  xususiylashtirish  va  tadbirkorlikning  rivojlanish 

darajasi  hamda  umuman  iqtisodiy  o‘sish  sur’atlari  va  xorijiy  investitsiyalarning 

jalb  etilish  darajasini  pastligi  bilan  izohlanadi.  Mamlakat  transport  tarmog‘i  temir 

yo‘l,  avtomobil,  havo,  quvurlar  va  daryo  suv  yo‘llaridan  iborat.  Transportning 

barcha  turlari  yordamida  respublikada  har  yili  xalq  xo‘jaligi  uchun  zarur 

bo‘ladigan turli-tuman yuklar va yo‘lovchilar tashiladi. 

 

Nazorat uchun savollar: 

1. 


Mamlakatimizda  avtomobil  sanoati  yo’lga  qo’yilishi  bilan  tashkil 

etilgan korxonalarni sanab o’ting? 

2.    Mamlakatimizda  ishlab  chiqarilayotgan  avtomobillar  haqida  o’z 

fikringiz? 

3.      «GM-Uzbekistan»  YoAJ  Ko  qo’shma  korxonasi  haqida  qanday 

ma’lumotga egasiz? 

6. Avtomobillarga agrеgat va ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalar 

maxsulotlari qaysilar? 

7.  «SamAvto» qo’shma korxonasi mahsulotlari. 

 

 



 

 

 



 

Download 159.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling