1. mavzu: Kirish. Sanoat issiqlik texnolgik jarayonlari va qurilmalarining asosiy turlari “Elektrotermiya“


Download 10.95 Kb.
bet1/5
Sana22.10.2023
Hajmi10.95 Kb.
#1716350
  1   2   3   4   5

“Elektrotermiya“ - tushunchasi keng ma’noga ega bo‘lib, sanoatning turli sohalarida elektr energiyasini iste’mol qilgan holda issiqlik ishlovi beruvchi ko‘plab texnologik jarayonlarni o‘zida mujassamlashtiradi.

  • “Elektrotermiya“ - tushunchasi keng ma’noga ega bo‘lib, sanoatning turli sohalarida elektr energiyasini iste’mol qilgan holda issiqlik ishlovi beruvchi ko‘plab texnologik jarayonlarni o‘zida mujassamlashtiradi.

Elektrotermiyada elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylanishini ta’minlovchi quyidagi usullarni qayd etish mumkin.

  • Qarshilik usulda issiqlik ishlovi berish o‘tkazuvchan materiallardan tok oqib o‘tish oqibatida issiqlik ajralib chiqishiga asoslangan. Ushbu usul Djoul - Lens qonuniga asoslangan bo‘lib, bevosita va bilvosita issiqlik ishlovi berish qurilmalarida qo‘llaniladi.
  • Induksion usulda issiqlik ishlovchi berish
  • Dielektrik usulda issiqlik ishlovi berish
  • Elektr yoyi hisobiga issiqlik ishlovi berish usulida
  • Elektron va ionli -nurli kizdirish usuli
  • Plazmali qizdirish usuli
  • Lazer yordamida issiqlik ishlovi berish

Bevosita va bilvosita qizish. Qarshilik elektr pechlari va qurilmalari.

  • Qizdiruvchi elementlar - bilvosita qarshilik usulida issiqlik ishlovi beruvchi qurilmalarning asosiy ishchi qismi xisoblanib, elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirib berish uchun xizmat qiladi.
  • Haroratiga qarab qizdiruvchi elementlar quyidagilarga bo‘linadi:
  • - past harorat qizdiruvchi elementlari - 500 - 700 K;
  • - o‘rta harorat qizdiruvchi elementlari - 900 - 1200 K;
  • - yuqori harorat qizdiruvchi elementlari - 2500 - 3300 K.
  • Qizdiruvchi elementlar asosasn tarkibiga bir necha metall kirgan qorishmalardan yasaladi. Misol uchun nixrom deb ataluvchi qorishma tarkibiga (75 - 85) % nikel, (22-27)% xrom va boshqa qo‘shilmalar kiradi, yoki fexral’ deb ataluvchi o‘tkazgich tarkibi 13% gacha xrom, 4% gacha alyuminiy va 83% gacha temirdan iboratdir. Titan, bor va boshqa legirlovchilar qo‘shish orqali qizdiruvchi elementlarning ishchi haroratini ancha ko‘tarish mumkin.

Download 10.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling