KONTSEPTSIYa (lot. conceptio — majmua, tizim) — 1) biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar; Kontseptsiya alohida ta`kidlanib, ochiq-oydin ifoda etiladi. Inson va borliq mohiyatiga ko`ra, Kontseptsiya bir butunlikni tashkil etadi. Masalani muayyan ijodkorning o`z Kontseptsiyasi yoki alohida olingan haqiqiy shaharsozlikning Kontseptsiyasi tarzida qo`yish ham mumkin.
Talabalar ushbu fanni o`zlashtirish jarayonida zamonaviy shaharlar paydo bo`lishi, rivojlanish tarixi va istiqbollarini o`rganib oladilar.
I bob. Shaharlarning paydo bo`lish tarixi. O`zbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksi.
I.1. Shaharlarning paydo bo`lish tarixi va shahar tushunchasi.
Bizning planetamizda birinchi shahar qaerda, qachon paydo bo`lganligi to`g`risida aniq ma`lumotlar yo`q. Lekin tarixiy arxeologik qazilmalarga tayanib birinchi yaqin sharqda Mesopotamiyada, SHumer davlatida eramizdan avval 4 mingchi yil oxirida, Misrda va Nil daryosi vodiysi quyilish oxirida, Hindstonda shaharlar paydo bo`lgan. O`rta Osiyoda Buyuk ipak yo`li bo`ylab, atrofida Farg`ona vodiysi, Samarqand, Buxora va Xorazm shaharlari eng qadimgi shaharlar sirasiga kiradi.
I.1-rasm. Ierixon, Falastin: miloddan avvalgi 9000 yillar
Ierixon bugungi kunda mavjudligini saqlab qolgan eng qadimgi shahardir. Uning hududida ilk bor odamlar 11 ming yil oldin joylasha boshlagan. Hozir u yerda 20 ming kishi yashaydi.
I.2-rasm. SHush, Eron: miloddan avvalgi 4200 yillar
Yunon manbalarida Suza deb ataladigan bu shahar o`z vaqtida Elamning markazi, Ahamoniylar saltanatining markazlaridan biri bo`lgan. Hozir bu mitti shaharda 65 ming kishi istiqomat qiladi. Vaholanki, u Eron tarixidagi eng yirik shaharchilik markazlaridan biri bo`lgan.
SHahar – bu bir-birlari bilan bog`liq bo`lgan ko`p turli korxona va zavodlar majmuasidan iborat. Har kuni shahar minglab tonna xomashyo va oziq-ovqatlar iste`mol qiladi. Minglab tonna sanoat va boshqa chiqindilarni chiqaradi. SHahar – bu qudratli muhandislik xo`jaligi. Bu son-sanoqsiz bino va inshootlar, yuzlab kilometr suv o`tkazgich quvurlari, elektr quvvati bilan ta`minlash, o`choqxonalar, oqava suvlarini tozalash inshootlari, yo`l tranport inshootlari kabi muhandislik inshootlaridan demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |