1-mavzu. Kirish. Shaharlarning paydo bo’lish tarixi va shahar tushunchasi. O’zbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksi. Kirish
Download 0.73 Mb.
|
1-mavzu. Kirish. Shaharlarning paydo bo’lish tarixi va shahar tushunchasi. O’zbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholi yashash joyi
SHahar aloqa tizimi – transport, pochta, telegraf aloqasi, radio va televidenie.
SHahar – bu moddiy va ma`naviy madaniyat durdonalari yaratilib kelingan taraqqiyot beshigidir. SHu bilan bir qatorda hozirgi zamon shaharlarining biror – bir voq`eligi o`z – o`zicha mavjud bo`lmasdan, balki butun boshqa narsalar bilan ajralmaydigan bir butunlikni tashkil etadi. SHahar o`zining ko`p qirrali bo`lishiga qaramay oldimizda butun bir hayotiy organizm sifatida namoyon bo`ladi. SHahar organizm qanday tuzilganligini va unda shaharsozlik va arxitekturaga nima tegishli ekanligini tushunishni talab qiladi. Daniyada shahar deb, aholisi 250 kishidan ortiq bo`lgan aholi yashash joyiga aytiladi. Yaponiyada - 30 ming, sobiq Ittifoq Respublikalarida pastki chegarasida 5 -12 ming kishini tashkil etadi. Mesopatamiyada bir necha minglab odamlar yashagan, 1-2 asrlarda buyuk Rim shahrida 1,5-2 mln. aholi yashagan. SHaharga ta`rif berishda turli mamlakatlarda turlicha mezonlardan foydalaniladi, aholi soni, aholi yoki qurilish zichligi, aholining ko`pchiligi band bo`lgan mehnat turi, shaharning tarixan shakllangan mavq`ei, ma`muriy funktsiyalar va boshqa mezonlar yoki ularning qo`shilmalari. Sobiq Ittifoq Respublikalarida shahar tushunchasi mezonlari qonunlarida ko`zda tutilgan edi. Masalan: Rossiyada u yoki bu aholi yashash joyini shahar toifasiga kiritish uchun aholisi eng kamida 12 ming kishini tashkil etishi kerak, shu bilan bir qatorda aholisining 75% dan ko`prog`i qishloq xo`jaligidan boshqa ish bilan mashg`ul bo`lishi shart. Aholi yashash joyi – doimiy aholisining to`planishi moddiy fondlar (binolar, inshootlar, yo`llar, muhandislik tarmoqlari va boshqalar) bilan mustahkamlangan hududning bir qismidir. SHaharsozlik – bu ijtimoiy–iqtisodiy, sanitariya – gigienik, texnik – qurilish, transport va arxitektura – badiiy masalalarni birgalikda hal etuvchi shahar va aholi yashash joylarini rejalashtirish va qurilish nazariyasi va amaliyoti to`g`risidagi tushuncha. Ijtimoiy – iqtisodiy masalalar shahar va qishloq rivojlanishining kelajagini, tabiiy va hududiy resurslarni iqtisodiy samarali foydalanishni, aholining o`sishini, aholiga optimal madaniy – maishiy xizmat ko`rsatishni tashkil qilishni hisobga olgan holda aholi joylashuvi tizimini tanlashda hal qilinadi. Texnikaviy – qurilish masalalari aholi yashash joylari qurilishi uchun tanlangan hududlarning muhandisona-geologik va geografik sharoitlarini (shamol, temperatura, namlik, shamol yo`nalishi xalk xo`jaligi uchun hamda dengiz, ko`l yoki daryo kabi suv zahiralari bo`lishi shart) o`rganish, qurilish texnikasining darajasi va zamonaviy vositalarni aniqlash, transport va piyodalar aloqalarining ratsional tizimini hal etish, hududlarni muhandisona tayyorlash va muhandisona obodonlashtirish (ichimlik suvi yetkazish, oqava suvlar o`tkazgich, issiq, sovuq suv, gaz va elektr ta`minoti va boshqalar) va hokazolarni hal qilish bilan bog`liqdir. Aholi punktlari shaharlarga, shaharchalarga, qishloqlar va ovullarga bo`linadi. Aholining soniga qarab shaharlar quyidagilarga bo`linadi: eng yirik — aholisining soni bir milliondan ortiq kishidan iborat; yirik — aholisining soni ikki yuz ellik mingdan bir milliongacha kishidan iborat; katta — aholisining soni yuz mingdan ikki yuz ellik minggacha kishidan iborat; o`rtacha — aholisining soni ellik mingdan yuz minggacha kishidan iborat; kichik — aholisining soni ellik minggacha kishidan iborat bo`lgan shaharlar. Aholining soniga qarab shaharchalar quyidagilarga bo`linadi: katta — aholisining soni yigirma mingdan ortiq kishidan iborat; o`rtacha — aholisining soni o`n mingdan yigirma minggacha kishidan iborat; kichik — aholisining soni o`n minggacha kishidan iborat bo`lgan shaharchalar. Aholining soniga qarab qishloqlar va ovullar quyidagilarga bo`linadi: yirik — aholisining soni besh mingdan ortiq kishidan iborat; katta — aholisining soni uch mingdan besh minggacha kishidan iborat; o`rtacha — aholisining soni bir mingdan uch minggacha kishidan iborat; kichik — aholisining soni bir minggacha kishidan iborat bo`lgan qishloqlar va ovullar. Vaqtinchalik ahamiyatga molik va aholi tarkibi doimiy bo`lmagan hamda iqtisodiyot tegishli tarmog`ining xizmat maqsadidagi obyektlari bo`lgan binolar va inshootlarning guruhlari (vaxta usulida ishlovchi neftchilar, gazchilar, izlanuvchilarning shaharchalari hamda uylari), shuningdek yakka uylar (temir yo`l nazoratchilarining, o`rmonchilarning uylari, dala shiyponlari va boshqalar) ushbu binolar va inshootlar ma`muriy, ishlab chiqarish yoki hududiy munosabatlarda shaharsozlik faoliyatining qaysi tegishli subyektlari bilan bog`liq bo`lsa, o`sha subyektlar tasarrufida bo`ladi. Aholi punktining turiga qarab shaharsozlik to`g`risidagi qonun hujjatlarida shaharsozlik hujjatlarining tarkibi, ularni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi belgilanadi. Yangi aholi punktlarini joylashtirish hamda mavjudlarini rivojlantirish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy va investitsiyaviy rivojlantirishning uzoq muddatli prognozlariga, O`zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirishning bosh tarhiga, hududlarni rejalashtirish tarhlariga hamda tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalariga, aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurishga oid shaharsozlik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Aholi punktlarini tashkil etish hamda qayta tashkil etish, ularning maqomi va chegaralarini o`zgartirish tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Aholi punktlari chegaralaridagi yerlar aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga, shaharsozlik va yer to`g`risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ulardan foydalanishning tartibga solinishini amalga oshiruvchi mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo`ladi. Aholi punktlarining yerlaridan foydalanish shartlari va tartibiga doir shaharsozlik talablari shaharsozlik to`g`risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Kattaligi turlicha bo`lgan shaharlarda ularning xalq xo`jaligi tuzilishi, ularni ijtimoiy mehnat bo`linishidagi bajaradigan roliga asosan mos keladi. Kon sanoati, hamda qayta ishlash sanoatining boshlang`ich tarmoqlari kichik va o`rta shaharlarga, hamda shahar toifasidagi qishloqlar tomon tortiladi (CHirchiq, Angren, Olmaliq, Bekobod, Krasnogorsk va boshqalar). Bugun biz XXI asr shaharsozligi haqida o`ylashimiz lozim. Bu faqat kelajak uchungina emas, balki bizning hozirgi kun amaliyotimiz uchun ham muhimdir. SHaharlarimiz bosh tarxlari 25 yil muddatga tuziladi. Hozirgi zamon shaharsozligi bu faqatgina sanoat emas, balki fan va texnika birligi hamdir. Bilimning ko`p sohalari yutuqlarini shaharsozlikchalik yuqori darajada birlashtiradigan ilm yo`qdir. Bu yerda hozirgi zamon shaharsozligi muammolari majmualarini hal etishda kuchli kompyuterlardan foydalanish talab etiladi. Urbanizatsiya - bu ishlab chiqarish asosida ko`chalarning rivojlanishi va to`planishi, ijtimoiy aloqalar shakllari, shahar turmush tarzining aholi yashash joylarining barcha tarmoqlariga yoyilishi bilan bog`liq bo`lgan ko`p qirrali, keng (ya`ni butun dunyoni qamrab olgan) ijtimoiy – iqtisodiy jarayon. Bu so`zning birorta tor tushunchalari, ya`ni shaharlarning ham shahar aholisining o`sishi, umum aholi sonida shahar aholisi salomatligining ortishi va hokazo, uni tavsiflash uchun yetarli emasdir. SHahar sonining va shahar aholisining ortishi shahar aholisi salmog`ining kamayishida ham yuz berishi mumkin. Mamlakat yoki region ularning urbanizatsiyalashish darajasiga qarama – qarshi qo`yilishi mumkin, ya`ni butun aholi yashash tizimida shahar aholisining salmog`i oshganligi, lekin urbanizatsiyalashishi darajasi yuqori bo`lishi, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa, aksincha shahar aholisining darajasi past bo`lishi mumkin. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling