shaharsozlik reglamenti — hududlarni va aholi punktlarini qurishning belgilangan qoidalari, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chog`ida aholi punktlarining hamda aholi punktlariaro hududlarning yer uchastkalaridan va boshqa ko`chmas mulk obyektlaridan foydalanish ko`rsatkichlari hamda turlarining yig`indisi;
shaharsozlik faoliyati — davlat organlarining, fuqarolar o`zini o`zi boshqarish organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish, yer uchastkalaridan foydalanish turlarini belgilash, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish, binolarni, inshootlarni hamda ularning majmualarini shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini, shuningdek mazkur hududlar hamda aholi punktlarining milliy, tarixiy-madaniy, ekologik, tabiiy o`ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish sohasidagi faoliyati;shaharsozlik hujjatlari — hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to`g`risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar;yakka tartibdagi uy-joy — yakka tartibda uy-joy qurish va tomorqa xo`jaligini yuritish uchun mo`ljallangan bir yer uchastkasida joylashgan bir yoki bir nechta turar-joy binolari va ularga taalluqli bo`lgan tomorqa-xo`jalik imoratlari va hovli inshootlari.
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИНГ ШАҲАРСОЗЛИК КОДЕКСИ
(Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2002 й., 4-5-сон, 63-модда; Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2004 й., 25-сон, 287-модда; 2006 й., 27-сон, 245-модда, 41-сон, 405-модда; 2011 й., 1-2-сон, 1-модда)
[ОКОЗ:
1.09.00.00.00 Тадбиркорлик ва хўжалик фаолияти / 09.13.00.00 Шаҳарсозлик ва архитектура / 09.13.01.00 Умумий қоидалар]
I боб. УМУМИЙ ҚОИДАЛАР
1-модда. Шаҳарсозлик тўғрисидаги қонун ҳужжатлари
Шаҳарсозлик тўғрисидаги қонун ҳужжатлари ушбу Кодекс ва бошқа қонун ҳужжатларидан иборатдир.
Қорақалпоғистон Республикасида шаҳарсозлик соҳасидаги муносабатлар Қорақалпоғистон Республикасининг қонун ҳужжатлари билан ҳам тартибга солинади.
Агар Ўзбекистон Республикасининг халқаро шартномасида Ўзбекистон Республикасининг шаҳарсозлик тўғрисидаги қонун ҳужжатларида назарда тутилганидан бошқача қоидалар белгиланган бўлса, халқаро шартнома қоидалари қўлланилади.
Do'stlaringiz bilan baham: |