Suyuqlikka ta’sir etuvchi kushlar
Suyuqlikning oquvchanligi (uning zarrachalari harakat-chanligi)
natijasida
ularga bir joyga to‘plangan kuchlar ta’sir qilmasligi mumkin, faqat esa uning hajmi
(massasi) yoki yuzasi bo‘yicha uzluksiz taqsimlangan kuchlar ta’sir
qilishi
mumkin.
Tinch holatda turgan suyuqlikka ikki toifali bo‘lgan tashqi kuchlar ta’sir
qiladi: massa va yuzaki kuchlar.
Massa kuchlari suyuqlik massasiga (bir jinsli suyuqliklar
uchun va ularning
hajmi bo‘yicha) proporsional. Bular og‘irlik va inersiya kuchlari hisoblanadi.
Yuzaki kuchlar – bu suyuqlik hajmning sirtiga ta’sir etuvchi kuchlar. Bu
kuchlarga o‘sha hajmga suyuqlikning yonma-yon joylashgan hajmlar ta’siri yoki
o‘sha suyuqlikka tegib turuvchi boshqa jismlar ta’siri bevosita sabab bo‘ladi.
Bunga ochiq idishdagi suyuqlikning sirtiga atmosfera bosimining ta’sirini
misol
qilish mumkin.
Massa kuchlari yuzaki kuchlari singari birlik kuchlari ko‘rinishida ko‘rib
chiqiladi.
Massa kuchlari massa birligiga, yuzaki kuchlari
esa maydon birligiga
taalluqli.
CHunki massa kuchi massaning tezlanishga ko‘paytmasiga teng, unda
yagona massa kuchi tezlanishga mos keladigan miqdorga teng.
Misol uchun, og‘irlik
kuchi
mg
G
ga teng,
yagona massa kuchi
g
m
mg
m
G
m
G
ga teng.