1-mavzu: Kirish. Yordamchi tarix fanlarining maqsad va vazifalari. Reja


Download 30.64 Kb.
bet3/8
Sana05.01.2022
Hajmi30.64 Kb.
#223937
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu maruza matni

Numizmatika (numismatics. Lotinchadan numisma - moneta, tanga) - yordamchi tarix fani sohasi bo‘lib, tangalar va tangalardan iborat xazinalarni tarixiy, iqtisodiy, madaniy yodgorlik sifatida o‘rganadi. Numizmatika shuningdek, Tangalarni zarb qilish ishlarini ham o‘rganadi. tangalar va ularning tarixini o‘rganuvchi yordamchi tarix fani sohasi, tangashunoslik. Qadimiy pullarni, ashyosi, shakli, vazni, yozuvlari, zarb etilgan joyi va vaqtini tekshiradi. «Numizmatika» termini o‘rta asrdan e’tiboran tanga pullar haqidagi fanning nomi sifatida ishlatila boshlandi. Tanga — bu belgilangan formadagi metall quymasi. U o‘zining og‘irligiga, qiymatiga, sifatiy tarkibiga ega bo£ladi va qonuniy muomala vositasi hisoblanadi. Pullar, ular qanday ko‘rinishga ega bo‘lishdan qat’i nazar, qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, xazina to'plash, to‘lov vositasi, jahon puli funksiyalarini bajaradi. Numizmatika tanga va qog‘oz pullarning, orden va medallarning yuzaga kelish tarixini o‘rganadi, shu asosda fanning turli sohalariga, jumladan tarix va arxeologiya, siyosiy iqtisod, tilshunoslik va san’atshunoslikka oid masalalarni hal etish ishiga yaqindan yordam beradi. Birinchi tanga pullar er.avv. XII asrga oid bo‘lib, ular dastavval Xitoyda, keyinchalik Hindistonda muomalaga chiqarilgan. Chunonchi, Gerodot va Ksenofotlarning ma’lumotiga ko‘ra, birinchi oltin hamda kumush tangalar eramizdan oldingi VII asrda Kichik Osiyoning Lidiya davlatida zarb qilingan. Keyinchalik Qora dengiz bo‘yidagi ko‘pgina grek mamlakatlari va davlatlaridagi yirik shaharlarda tanga pullar zarb etishgan. Demak, er.avv. VII asrda tangalar 0 ‘rta Yer dengizi rayonlarida paydo bo‘lgan. Lidiya (kichik Osiyo davlati) va Grek oroli Egina bu yerda chiqarilgan tanga pullarning vatani hisoblanadi. Keyinchalik u butun Elladaga va uning koloniyasi Eron, Italiyaga tarqaldi. Ruscha «moneta» so‘zi aslida lotincha bo‘lib, Pyotr I davrida keng ishlatila boshlangan. Qadimgi Rimda Yunna Moneta deb ishlatilgan. Xudo Yunona sharafiga shunday deb nomlangan. Moneo ogohlantiraman, saqlayman, bashorat qilaman degan ma’nolarni bildiradi. Rimliklar Yunona sharafiga Kapitoliy tepaligida ibodatxona qurdilar. Xuddi shu ibodatxona huzurida er.avv. IV asrning 2-yarmida Rimda birinchi marta pul chiqarish ustaxonasi ochilgan. Bu yerda yalpoq, mis pullar — asslar zarb qilingan. Rim yozma manbalarida «moneo» termini bilan bir qatorda «numizma» termini ham uchraydi.


Download 30.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling