Metrologiya - o‘lchovlar haqidagi fan, (yunon. metron - o‘lchov, logos - tushuncha, bilim; o‘lchovlar haqida tushuncha) o‘tmishda turli mamlakat va xalqlar orasida amalda bo‘lgan og‘irlik, masofa va sath olchovlarini o‘rganadi.
Paleografiya - (yunon. paleos - qadimiy, grapho - yozaman; qadimiy yozuv) yordamchi tarix fani sohalaridan biri bolib, yozuv, grafik shakllar tarixini o‘rganadi. Paleografiyaning alohida tarmoqlari mavjud bo‘lib, ular yozuv belgilarni, yozuv ashyolarini, yozuv qurollarini, filigran (suvtamg‘a - qog‘ozga oddiy qaraganda ko‘rinmaydigan qilib tushirilgan, yoruqqa tutganda ko‘rinadigan raqam, surat, belgi: ruschada - водяные знаки) larni, qog‘ozdagi ko‘rinadigan belgilarni va tasvirlarni, badiiy bezaklarni, muqovalarni va boshqa shu kabilarni ularning tarixiy taraqqiyot darajalarini o'rganadi. Qadimiy qoiyozma asarlarning qog‘ozi, muqovasi, siyohi, yozuvi va yozish usullarini tekshiradi. Qadimgi qo‘lyozmalarning xati va tashqi ko‘rinishlarini o‘rganuvchi fan, shuningdek uning tarmoqlari ham mavjud bo‘lib, ular quyidagilardir: epigrafika (qadimgi yozuvlarni o‘rganadigan fan) va papirologiya (papirus qog‘oziga yozilgan qadimiy qo‘l yozmalami o‘rganuvchi fan).
Do'stlaringiz bilan baham: |