1-Mavzu: kommunal infratuzilma va uy-joy kommunal xo‘jaligi faoliyatini tashkil etish


Download 27.42 Kb.
Sana18.10.2023
Hajmi27.42 Kb.
#1707373
Bog'liq
1-mavzun


1-Mavzu: KOMMUNAL INFRATUZILMA VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
Reja

  1. Infratuzilma, kommunal infratuzilma tushunchalari. “Kommunal infratuzilmalarni tashkil etish va boshqarish” fanining predmeti va obyekti

  2. Kommunal infratuzilma obyektlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati


Infratuzilma (lotincha infra - ostida) — ishlab chiqarish va tovar muomalasi, shuningdek, inson hayot faoliyati uchun zarur bo’lgan me'yoriy sharoitni ta'minlashga xizmat qiluvchi turli-tuman yordamchi xizmat ko’rsatuvchi sohalar (tashkilot, korxona va muassasa) majmui; nomoddiy ishlab chiqarish sektori. Infratuzilma xizmatlari moddiy shaklga ega bo’lmagan tovarlar bo’lib, ular hayotiy ehtiyojlarni qondiradi. Infratuzilma zaruriy shart bo’lganidan uning ishlab turishini ta'minlashga iqtisodiy resurslarning bir qismi jalb etiladi1. Infratuzilma xizmat ko’rsatish sohasiga ko’ra ishlab chiqarish infratuzilmasi (ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatuvchi sohalar - yuk tashish transporti, elektr va issiqlik ta'minoti, yo’l xo’jaligi, suv xo’jaligi, ombor xo’jaligi, ilmiy konstruktorlik xizmati, axborot xizmati va b.) va ijtimoiy-maishiy infratuzilma (aholiga xizmat ko’rsatib, uning ehtiyojini qondiruvchi sohalar - maorif, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, maishiy xizmat va b.)ga ajraladi. Infratuzilma xizmati tovar bo’lganida oldi-sotdi etiladi. Uning asosiy vazifasi insonga xizmat ko’rsatish, ammo bu ish pulli, bepul va imtiyozli tarzda bajarilishi mumkin. Infratuzilma xizmatlarini xarakteriga ko’ra guruhlanganda bozor infratuzilmasi ajralib turadi. Chunki unda bozor munosabatlarini amalga oshiruvchi xizmatlar ko’rsatiladi. Qaysi darajada xizmat ko’rsatilishiga ko’ra, korxona, tarmoq ishlab chiqarish majmualari va hududiy infratuzilma ham mavjud. Infratuzilma sohasida yaratilgan xizmatlar ishlab chiqarish va inson uchun naf keltiradi. Infratuzilma xizmat ko’rsatishini tashkil etish uchun mablag’lar sarflanadi. Shuning uchun ularni hisoblash mumkin va ular yalpi milliy mahsulot tarkibiga kiritiladi. Infratuzilmani yaratuvchi mehnat ham unumli hisoblanadi. Infratuzilmaning samaradorligi ko’rsatilgan xizmatlarning sarf-xarajatlarga nisbati orqali aniqlanadi.
Kommunal infratuzilma - bu munitsipal (o’zini o’zi boshqarish) hududlar iste'molchilarining ehtiyojlari uchun mo’ljallangan hamda munitsipal hududlar chegaralarida joylashgan (to’liq yoki qisman), elektr, issiqlik, suv bilan ta'minlash, oqova suvlarni chiqarib tashlash va tozalash sohalarida foydalaniladigan ishlab chiqarish va mulk obyektlari, shu jumladan quvuro’tkazgichlar, elektr uzatish liniyalari va boshqa obyektlar majmuidir2.
Kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish” fanining predmeti - kommunal infratuzilma obyektlarini rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish bilan bog’liq tashkiliy-iqtisodiy munosabatlardan iborat.
Kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish” fanining o’rganish obyektlari kommunal infratuzilmani tashkil etuvchi tarmoqdagi barcha obyektlar, korxona va tashkilotlardir.
“Kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, kommunal infratuzilma obyektlari va korxonalarini boshqarish to’g’risidagi ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish” fanini o’qitishdan maqsad - talabalarga kommunal infratuzilma obyektlarini o’rganish va ularni boshqarishning mohiyati, kommunal infratuzilma korxonalarini boshqarishda axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, kommunal infratuzilma korxonalarini boshqarish usullaridan foydalanish, kommunal infratuzilma korxonalarini boshqarishda qaror qabul qilish, kommunal infratuzilma korxonalarining tashkiliy tuzilmalarini tahlil qilish, kommunal infratuzilma korxonalari boshqaruv faoliyatini tashkil etish, kommunal infratuzilma korxonalari ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida sifatni boshqarish, kommunal infratuzilma korxonalarida iste'molchilar bilan munosabatlarni boshqarish, kommunal infratuzilma korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarini boshqarish, kommunal infratuzilma obyektlarini boshqarishning xorijiy tajribalardan foydalanish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilim, amaliy ko’nikma, shuningdek iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuvini hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qiladi.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba:

  • kommunal infratuzilma obyektlarini boshqarishning mohiyati, kommunal infratuzilma obyektlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, kommunal infratuzilma obyektlarini boshqarishning samaradorligi to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;

  • kommunal infratuzilma obyektlarini boshqarishning ilmiy-uslubiy asoslarini, kommunal infratuzilma korxonalarini boshqarish usullarini, kommunal infratuzilma korxonalari boshqaruv faoliyatini, kommunal infratuzilma korxonalarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni, kommunal infratuzilma korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarini, kommunal infratuzilma obyektlarini boshqarishning xorijiy tajribalarini, kommunal infratuzilma obyektlarini boshqarish samaradorligini oshirish yo’llarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

- kommunal infratuzilma korxonalarini boshqarishda axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, kommunal infratuzilma korxonalarini boshqarish usullaridan foydalanish, kommunal infratuzilma korxonalarini boshqarishda qaror qabul qilish, kommunal infratuzilma korxonalarining tashkiliy tuzilmalarini tahlil qilish, kommunal infratuzilma korxonalari boshqaruv faoliyatini tashkil etish, kommunal infratuzilma korxonalari ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida sifatni boshqarish, kommunal infratuzilma korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarini boshqarish, kommunal infratuzilma obyektlarini boshqarishda innovatsion usullar va xorijiy tajribalardan foydalanishning uslubiy asoslari bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.

2.Kommunal infratuzilma obyektlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati


Kundalik hayotimizni elektr energiyasi va tabiiy gazsiz tasavvur etish qiyin. Qishning sovuq kunlarida uyni isitish, ovqat tayyorlash, choy qaynatish va boshqa yumushlarni o’z vaqtida bajarishda tabiiy gazning ahamiyati beqiyos. Uyimizda bir kun gaz yoki elektr energiyasi bo’lmasa, qanchalik noqulayliklarga sabab bo’lishi hammaga ayon.
Bugungi kunda butun dunyoda yoqilg’i-energetika muammolari ko’zga tashlanmoqda. Qazilma yoqilg’i zahiralarining kamayib borayotgani yuzaga kelgan taqchillik va narxlar sakrashining asosiy sababidir. Negaki, ular qayta tiklanmaydigan energiya resurslari hisoblanadi. Qayta tiklanmaydigan energiya manbai esa garchi zahirasi har qancha ko’p bo’lmasin, ishlatilavergach, bir kun kelib tugashi ayon. Shu boisdan ham mazkur muammo yonilg’i-energetika sohasida faoliyat ko’rsatayotgan juda ko’plab olimlar va mutasaddilarni bosh qotirishga majbur qilmoqda.
Oxirgi yillarda kommunal xizmat ko’rsatish sohasi jiddiy islohotlarga muhtoj bo’lib qolgan edi. Maqsad-vazifasi bir bo’lgan kommunal xizmat ko’rsatish korxonalari faoliyatida hamkorlik, birdamlik yo’q edi. Natijada ta'minotda ko’plab muammolar yuzaga kelib, iste'molchi va ta'minotchi munosabatlarida bir-birini tushunmaslik, huquq va majburiyatlarni bajarmaslik holatlari ko’paygan edi.
Prezidentimiz SH.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, “Bugungi kunda mamlakatimizning urbanizatsiya darajasi 35,5 foizni tashkil etadi va hozirdan boshlab zarur choralar ko’rilmasa, ushbu ko’rsatkich yaqin kelajakda pasayishi mumkin”3.
Urbanizatsiya (lotincha urbanus — shaharlik) jamiyat rivojida shaharlar, shahar madaniyati va shaharlarga xos boshqa munosabtlarning rivojlanish jarayoni hisoblanadi. Urbanizatsiya qishloq aholi punktlarining shaharlarga aylanishi, shahar atrofi zonalarining kengayishi va qishloq aholisining shaharlarga ko’chib borishi hisobiga yuz beradi.
Agar urbanizatsiya jarayonlari Yetarlicha tartibga solinmasa shaharlar aholisining soni va u Yerda mavjud infratuzilma, uy-joy, ish o’rinlari soni o’rtasida katta tafovut paydo bo’ladi. Bu esa, shaharning umumiy qiyofasini ayanchli ahvolga olib kelishi bilan bir qatorda juda ko’plab ijtimoiy va iqtisodiy muammolar, masalan, ishsizlik, narx-navoning ortishi, uy-joy tanqisligi, ta'lim va sog’liqni saqlash muassasalarining Yetishmasligi kabilarni keltirib chiqaradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi «Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-5623-son farmoni aynan ana shu muammolarning paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, urbanizatsiya darajasini har tomonlama puxta o’ylab, aql bilan tartibga solish uchun qabul qilindi. Mazkur farmonga asosan yangi tashkil etilgan Urbanizatsiya agentligining asosiy vazifasi ham aynan shu jarayonlarni tartibga solishdan iborat bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 sentyabr kuni aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash bo’yicha ustuvor vazifalarga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazdi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko’ra4, yig’ilishda tariflarni erkin bozor talablari asosida belgilash va sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilish kerakligi ta'kidlangan. Qolaversa, toza ichimlik suvi ishlab chiqarish va tarqatish inshootlari hamda iste'molchilarni 2022 yil oxiriga qadar 100 foiz hisoblagichlar bilan ta'minlash lozimligi qayd etildi.
Hozirda respublika bo’yicha 27 ming kilometr yoki 38 foiz suv tarmoqlari avariya holatida bo’lsa, 2 mingta yoki 20 foiz suv nasoslari ishdan chiqqan. Shaharlarning faqat 79 tasida (57 foiz) kanalizatsiya tizimi mavjud, uning ham 23 foizi ta'mirga muhtoj.
Nazorat uchun savollar

  1. “Infratuzilma” so’zi qanday ma'noni anglatadi?

  2. Kommunal infratuzilmaning tashkil etuvchilarini sanab bering.

  3. “Kommunal infratuzilma obyektlari menejmenti” fanining predmeti va obyekti nimalardan iborat?

  4. “Kommunal infratuzilma obyektlari menejmenti” fanining maqsadi va vazifalarini aytib bering.

  5. Fanni o’rganishda talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qanday talablar qo’yiladi?

  6. Kommunal infratuzilma obyektlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati nimalardan iborat?

1 Узбекистон миллий энциклопедияси. 4-жилд. Зебуннисо-Конигил. Тадрир дайъати: М.Аминов, Т.Даминов, Т.Долимов ва б. Т.: «Узбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2002. — 704 б.
6

2 https://pandia.ru

3 Узбекистан Республикаси Президента Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. 2019 йил 28 декабрь. http://uza.uz

4 https://www.press-service.uz


Download 27.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling