1 Mavzu: Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar


Reja: Axborot uzatish muhiti


Download 1.54 Mb.
bet18/51
Sana21.04.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1375754
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   51
Bog'liq
1 Mavzu Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar

Reja:

  1. Axborot uzatish muhiti

  2. Aloqa kanallari

Axborot uzatish muhiti deb, kompyuterlar o‘rtasida axborot almashinuvini ta’minlovchi axborot yo‘llariga (yoki aloqa kanallariga) aytiladi. Ko‘pchilik kompyuter tarmoqlarida (ayniqsa, mahalliy tarmoqlarda) simli yoki kabelli aloqa kanallari ishlatiladi, baholanki, simsiz tarmoqlar ham mavjuddir.
Aloka kanallari (AK) istalgan axborot uzatish tizimining, umumiy bo‘g‘imidir.
Fizik tabiati bo‘yicha aloqa kanallari quyidagilarga bo‘linadi:
mexanik - axborotning moddiy tashuvchilarini uzatish uchun ishlatiladi;
akustik - tovushli signal uzatiladi;
optik - yorug‘lik signali uzatiladi;
еlektr - еlektr signal uzatiladi.

Еlektr va optik aloqa kanallari quyidagicha bo‘lishi mumkin:

simli, signallarni uzatish uchun fizik o‘tkazgichlar (еlektr simlar, kabellar, svetovodlar va b.) ishlatiladi;
simsiz (radiokanallar, infraqizil kanallar va b.), signallarni uzatish uchun еfir bo‘yicha tarqaladigan еlektromagnit to‘lqinlardan foydalaniladi.

Uzatilayotgan axborotni tasvirlash shakli bo‘yicha aloqa kanallari quyidagicha bo‘ladi:

analogli (uzluksiz) - axborot analog kanallar bo‘ylab uzluksiz shaklda tasvirlangan, ya’ni biror fizik kattalikning uzluksiz qiymatlari qatori ko‘rinishida uzatiladi;
raqamli - axborot raqamli kanallar bo‘yicha u yoki bu fizik tabiatdagi raqamli (diskret, impulsli) signallar ko‘rinishida uzatiladi;
O‘tkazish qobiliyati bo‘yicha quyidagi aloqa kanallari bo‘lishi mumkin:
past tezlikli, ularda axborotni uzatish tezligi 50 dan 200 bit/s gacha; bu ham kommutatsiyalanadigan (abonentli telegraflar), ham kommutatsiyalanmaydigan telegraf aloqa kanallari;



Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling